Pedagogika tarixi fani haqida ma`lumot. Eng qadimgi davrlardan XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji. Mashg‘ulot mavzusi


ENG QADIMGI DAVRLARDAN XX ASRDA JAXON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJI



Yüklə 125,4 Kb.
səhifə27/32
tarix28.11.2023
ölçüsü125,4 Kb.
#166805
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Maruza 3

ENG QADIMGI DAVRLARDAN XX ASRDA JAXON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJI


Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim davlatlarida maktab va tarbiya. Qadimgi Misr murakkab davlat tizimiga va keng miqyosli xo‘jalikka ega bo‘lgan mamlakat bo‘lgan. Misr davlati va xo‘jaligini boshqarish uchun xat-savodli, bilimdon kishilar zarur bo‘lgan. Shu tufayli Misr flr’avnlari va a’yonlari xat-savodli va bilimdon xodimlar tayyorlashga alohida ahamiyat berganlar. Misrda o‘qitish, ta’lim -tarbiya berish maskani maktablar edi. Mamlakatning hamma shaharlari va yirik qishloqlarida maktablar bor edi. Maktablarda fir’avnlar, a’yonlar, amaldorlar, ruhoniylarning bolalari va o‘qishga havaslari bo‘lgan kishilarning farzandlari ham o‘qiganlar.
Misrda boshlang‘ich, o‘rta va oliy maktablar bo‘lgan. Boshlang‘ich maktablarga bolalar 5-6 yoshdan jalb etilib, harflar o‘rgatilib, savodi chiqarilgan. Bolalar maktabda husnixat bilan shug‘ullanib, ular har kuni 3 sahifa yozishlari kerak bo‘lgan. Misrdagi o‘rta va oliy maktablarning ko‘pchiligi mirzolar tayyorlab chiqarganlar. Uni «Mirzolar maktabi» ham deyishgan.
Misr fir’avnlarining markaziy mahkamasi qoshida podsho xazinasi uchun maxsus amaldor mirzolar tayyorlaydigan maktablar ham bo‘lgan. Bu maktablar katta tajribaga ega bo‘lgan bilimli ustoz-o‘qituvchilar bilan ta’minlangan bo‘lgan. Maktablarda matematika, geometriya, astronomiya, tarix, tibbiyot, adabiyot kabi dunyoviy va diniy bilimlar o‘qitilgan.
Misr maktablarida intizom juda qattiq bo‘lib, u tan jazosi bilan mustahkamlangan. O‘sha vaqtda yozilgan «Nasihatlar»da: «Ey mirza, dangasalik qilma, yo‘qsa jazoga duchor bo‘lasan. Qo‘lingda kitob bo‘lsin, ovoz chiqarib o‘qigin va o‘zingdan ko‘p biladiganlar bilan maslahat qilib ish tut. Bir kun ham yalqovlik qilma yo‘qsa kaltak eysan. Axir bolaning qulog‘i yelkasida bo‘ladi-da, qachon ursang, shunda uning qulog‘iga gap kiradi»,-deb yozilgan.
Spartada dexqonchilik yaxshi rivojlangan bo‘lib, bu qullar mexnati evaziga asoslangan edi. Spartada qullar shafqatsiz ta’qib ostiga olinar edi. Shu sababli ular tez-tez qo‘zg‘olon ko‘tarib turar edilar.
Tarbiya ishlari davlat ixtiyorida bo‘lib, asosiy maqsad bolalarni baquvvat, jismonan sog‘lom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalashdan iborat edi.
Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda tarbiyalangan, so‘ng «Agella» deb atalgan maktabda o‘qishgan. O‘qish muddati 7-18 yoshgacha davom etgan. Shu maktabda hukumatning taniqli kishisi «pedanom» butun tarbiyaviy ishga rahbarlik qilgan.
«Efeb» maktabida 18-20 yoshga qadar tahsil olganlar. Bu maktabda harbiy hizmatga tayyorlanar va o‘zlarini siyosiy bilimlarini oshirishni davom ettirar edilar. Bu maktabda istehkomlar qurishni, harbiy aslahalarni ishlata bilishni, garnizonlarda xizmat qilishni, dengizchilik o‘rgatilgan. Bundan tashqari «Demos» (xalq) maktabi ham mavjud edi. Afinada quldorlik jamiyati ichida tabaqalanishning tarbiya sohasiga o‘tkazgan ta’siri shundan iborat bo‘ladiki, mukammal tarbiya olish faqat badavlat quldorlarning bolalarigagina xos bo‘lib qoldi. Aholining ko‘pchiligi bolalarini maktablarda o‘qita olmaganligi sababli ularga kasb — hunar o‘rgatar edilar. Ayrim xat savodli kishilar bolalariga o‘zlari hat savod o‘rgatganlar. Bu usul ham davlat tomonidan qonunlashtirib qo‘yilar edi.

Yüklə 125,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin