Adolf Distervergning rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi. Atoqli nemis pedagogi Fridrix Vilgelm Adolf Disterverg (1790-1866) XIX asr o‘rtalarida demokratik pedagogikaning taraqqiyparvar namoyandasidir. Disterverg pedagoglik sohasida samarali ish olib borish bilan bir vaqtda, adabiy va metodik ishlarni ham muvaffaqiyat bilan bajarib turdi. U «Nemis o‘qituvchilarini o‘qitish uchun qo‘llanma» (1835) degan kitobini nashr qildirdi. Ushbu kitobda Disterverg ta’limning umumiy vazifalarini va tamoyillari to‘g‘risidagi o‘zining taraqiyparvar qarashlarini bayon qilib berdi. Disterveg umuminsoniy tarbiya g‘oyasini himoya qilib chiqdi, shu ideyaga tayanib turib, pedagogika masalalarining yukori toifaviy va shovinistik manfaatlarini ko‘zlab hal kilishga qarshi kurashdi. Uning fikricha, maktabning vazifasi «chinakam prussiyaliklar» emas, balki insonparvar kishilar va ongli fuqarolar tarbiyalab etishtirishdir. Odamlarda insoniyatga va o‘z xalqiga bo‘lgan muhabbat bir-biriga chambarchas bog‘langan holda rivojlantirilishi lozim. Disterveg “inson – mening nomim, nemis – mening lakabimdir” deydi.
Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi.Mashhur donishmand, chexoslaviyalik gumanist-pedagog Ya.A.Komenskiy demokratik pedagogikaning asoschisi sifatida bashariyat tarixidan o‘rin oldi. U o‘zining amaliy hayotini, pedagogik faoliyatini, ilmiy asarlarini, xalq bolalarini o‘qitish va tarbiyalashda bag‘ishladi.
A.Ya.Komenskiyning xizmati shundaki, u yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash haqidagi fan pedagogika fanining vazifalarini payqabgina qolmasdan, balki pedagogik ilmining poydevorini qurdi va rivojlanish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tdi.
Yan Amos Komenskiy 1592 yil 25 martda Chexoslavakiyaning Moraviyada “Chex qarindoshlari” jamoasiga taalluqli oilada tug‘ildi. Komenskiylar oilasi Moraviyada Koman qishlog‘idan ko‘chib kelishgan, shuning uchun ham ularni bu yerda Komnachilar oilasi deb atalgan.
Komenskiy nemis dvoryanlari va katolik cherkovi zulmiga qarshi kurashda aktiv qatnashdi. Reaksiya kuchlari chex jamoasi a`zolarini va Komenskiyni ta`qib ostiga oldilar. U quvg‘inda hayot kechirdi.
Komenskiy 1627 yilda chex tilida “Chex didaktikasi” asarini yozishga kirishdi. Katolik zulmi va quvg‘in kuchaygach, Komenskiy va boshqa jamoa a`zolari Polshaning Leshno shahrida o‘rnashdilar.
Komenskiy Leshnoda maktab ochib o‘qituvchilik qildi. 1632-38 yillarda bu asarni qayta ishlab lotin tilida tarjima qiladi va uni “Buyuk didaktika” deb ataydi. Komenskiy 1631 yilda “Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi” 1633 yilda “Fizika”? 1632 yilda “Astranomiya”, 1632 yilda “Onalar maktabi” kabi asarlarini yaratdi. Komenskiy Shvesiyada borib maktab islohoti o‘tkazishga kirishdi va maktablarda lotin tili o‘qitish metodikasini ishlab chiqdi.
1648 yilda Komenskiy Leshnoga qaytib Shvesiya hukumatining topshirig‘iga asosan “Lotin tilining muqaddimasi”, “Latinizm zali”, “Tillarining engi yaxshi metodi” kabi asarlarini nashr qildi.
1660 yilda Komenskiy Vengiriyaga boradi va maktablar ochdi. U o‘qitish jarayonini jonlashtirish, bolalarga bilimga qiziqish uyg‘otish uchun “Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi asari” asosida 8 ta o‘quv pyesasini yozdi va ulardan “O‘yin maktab” kitobini tuzdi. 1654 yil Komenskiy “Hislar vositasi bilan idora qilingan narsalarnitng suratlari” nomli asarini yozdi. Bu asar Yevropaning ayrim mamlakatlari maktablarida XIX asrning ikkinchi yarimigacha darslik sifatida foydalandi.
Komenskiy Leshno shahri vayron bo‘lgach, Gollandiyaga ko‘chib bordi va Amsterdam shahrida o‘rnashib qoldi. Umrining oxirigacha shu erda yashadi va 1670 yil 15 noyabrda Amsterdam shahrida vafot etdi. Komenskiy umrining so‘nggi yillarini xalqlar o‘rtasida tinchlik o‘rnatish va tinchlikni saqlash muamolarini o‘rganishga bag‘ishladi.
U otashin vatanparvar edi. U umr bo‘yi o‘z vatanining mustaqilligi uchun kurashdi. Uning barcha asarlari chuqur vatanparvarlik hissi bilan sug‘orilgan. Komenskiy dindor odam edi. Uning pedagogikaga oid barcha asarlarida o‘sha davrning ta`siri ko‘rinadi. Komenskiy dunyo qarashicha uning didaktik ta`limotiga 16-17 asr tabiat falsafasining va Bekonning seneualistik falsafasining ta`siri kuchli. Komenskiy idrok qilingan narsalarning hammasi, avvalo sezgilarda mavjuddir deb hisoblaydi.
Hamma bolalar uchun yagona tipda maktab bo‘lishi kerak. Jinsi, tabaqasi, ota-onasining mol mulkidan qat`iy nazar hamma bolalarga umumiy majburiy ta`lim berish kerak degan talablari uning ruhiga singigan demokratizm ifodasidir. U o‘g‘il va qiz bolalarni ham o‘z ona tilida o‘qitishini talab qildi.
Uning dunyoqarashidagi ayrim xususiyatlar uyg‘onish davri madaniyatning ta`siri ostida vujudga keldi. Komenskiy inson eng mukammal va eng go‘zal mavjudotdir deb ta`lim berdi. Tabiat ko‘rsatgan yo‘ldan borganda uning ruhi ham kamolga etgan zotdir. Komenskiy maktabini insonparvarlik ustaxonasi deb bildi. Komenskiy tarbiyasining maqsadini dindan keltirib chiqardi. Uning fikricha tarbiyaning uch vazifasi bor: 1. O‘zini va tevarak atrofidagi olamni bilish (aqliy tarbiya). 2. O‘z-o‘zini boshqarish (axloqiy tarbiya). 3. Xudoni tanish (dinniy tarbiya).
Komenskiy o‘rta asr pedagogikasidan farqli o‘laroq bolaga aqliy tarbiya berishni muhim ish, deb hisoblaydi.
Komenskiy tarbiyaning roliga yuksak baho bergan. Inson faqat tarbiya tufayligina insonga aylanadi, insonga bolalik chog‘idan tarbiya berilishi lozim.
Tarbiyaning tabiatga mosligi haqidagi fikr dastlab Aristotel asarlarida uchraydi, lekin u bu masalani batafsil yoritmagan. Russo, Pestalossi, Disterveglarning asarlarida ham tarbiyaning tabiatga uyg‘unligi haqida fikr yuritilladi, lekin ular tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lish masalasini turlicha tushunadilar.
“Buyuk didaktika” asarida bayon etilgan asosiy fikrlardan biri tarbiya va o‘qitishning tabiatga uyg‘un bo‘lishi haqidagi g‘oyadir.
Tarbiyaning tabiatga moslik tamoyilini birinchi marotaba Komenskiy nazariy va amaliy jihatdan ishlab chiqdi.
Komenskiy inson tabiatining bir qismi va u tabiatining bir qismi sifatida uning eng asosiy umumiy qonuniyatlariga buysunadi, deb hisoblaydi. Uning fikricha, tabiatning bu qonuniyatlari o‘simliklar va hayvonot olamiga ham, shuningdek insonga nisbatan ham o‘z ta`sirini o‘tkazib turadi.
Komenskiy maktabning aniq tartibini tabiatdan olmoq kerak, tabiatni ham o‘z harakatlarida namoyon qilayotgan jarayonlarini kuzatishga asoslanib bilish lozim, deb ta`lim beradi. Ta`lim-tarbiya “Bolaning tabiiy qobiliyatlariga moslansa, yengil va osonroq o‘qitish mumkin”.
1. O‘qishni o‘z vaqtida, ya`ni kishining fikri boshqa narsalarga bo‘linmasdan turib boshlash kerak.
2. Bolaning aqli o‘qitish uchun yetarli darajada tayyorlagan bo‘lishi lozim.
3. O‘qitishda umumiydan xususiyga qarab borishi lozim.
4. Osonroq narsalarni o‘rgatishdan qiyinroq narsalarini o‘rganishga o‘tish kerak.
5. O‘rganiladigan material ko‘plik qilib, bolani qiynab qo‘ymasin.
6. Hamma narsani sekin-asta o‘rgata borish lozim.
7. Bolaning yoshiga to‘g‘ri kelmaydigan narsalarni unga majburan o‘rgatmaslik kerak.
8. Hamma narsa tashqi sezgi organlari orqali idrok etilishi zarur.
9. O‘qitishni har doim bir usulda olib borish kerak.
Go‘daklikda jismoniy jihatdan o‘sadi va sezgi organlari rivojlanadi. Bolalik davrida eslash qobiliyati, til va qo‘li rivojlanadi. O‘smirlik davrida tafakkuri o‘sadi. Yetuklik davrida iroda takomillashadi.
Komenskiy bolalarni 6 yoshga qadar Onalar maktabida tarbiyalashni taklif qiladi. Bolalik davrida jamoalar va qishloqlarda ona tilida olti yillik boshlang‘ich maktab bo‘lishi lozim. O‘smirlar uchun shaharlarda lotin maktabi yoki gimnaziya bo‘lishi kerak.
Komenskiy hamma uchun umumiy maktab bo‘lishi lozim degan fikrni ilgari surdi. Uning fikricha onalar maktabida bolalar boshlang‘ich ma`lumot, tabiat ilmi sohasida suv yer, havo, olov, yomg‘ir, qor, muz, tosh, temir, daraxt, o‘simlik, qush, ho‘kiz va hokazolar nima ekanligini bilib olishlari kerak.
Bolalarni yoshlik chog‘idanoq uy ruzg‘or ishlariga, mehnatga o‘rgatish kerak. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda ozodalikka, mehnatsevarlikka, kattalarni hurmat qilishga, mo‘minqobillik, rostgo‘ylik, odillikka o‘rgatish kerak.
Uning fikricha, lotin maktabi, gimnaziyada grek tillari, ona tili va hokazo fanlar o‘qitilishi kerak.
Akademiyada ilohiyot, yuridik va tibbiyot fakultetlari bo‘lishi kerak. Komenskiy didaktik prinsiplar deganda quyidagilarni nazarda tutadi:
1.Onglik va faollik.
2. Ko‘rsatmalilik.
3. Izchilik va tizimlilik.
4. Mashq qilish, bilim va malakalarni puxta egallash.