Pedagogika tarixi fani haqida ma`lumot. Eng qadimgi davrlardan XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji. Mashg‘ulot mavzusi


Qadimgi Rimda pedagogik g‘oyalar rivoji. Mark Fabiy Kvintilian



Yüklə 125,4 Kb.
səhifə29/32
tarix28.11.2023
ölçüsü125,4 Kb.
#166805
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Maruza 3

Qadimgi Rimda pedagogik g‘oyalar rivoji. Mark Fabiy Kvintilian – mashhur rimlik notiq va pedagog. O‘z maktabi tajribalari va antik dunyodagi pedagogik fikrlarga asoslanib, ba’zi pedagogik muammolar aks etgan birinchi maxsus pedagogik qo‘llanma – «Notiqni tarbiyalash haqida» asarini yaratgan.
Kvintilian bolalarni tarbiyalashga e’tibor qaratib, bola shaxsi rivojlanishida uning tabiiy qobiliyatlarini hisobga olishga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, «Bilishga intilish irodaga bog‘liq, majburan o‘qitish mumkin emas» (Kvintilian «O vospitanii oratora», 1-qism, 3, 8-betlar).
Kvintilian bolalar katta tantalarda ishtirok etadigan hamda kattalarning nojo‘ya xatti-harakatlarining guvohi bo‘ladigan Rim jamiyatining yuqori qatlamlaridagi oila tarbiyasini qattiq tanqid qiladi. U ota-onalardan bola ta’sirlanuvchan bo‘lishi, unda yaxshi va yomonlikning oson ildiz otishini esda tutishni talab qildi hamda tarbiyachi-pedagoglarni tanlashda ham bunga e’tibor qaratishni uqtiradi.
XII asrda Rossiyada pedagogik adabiyotlarning nashr etilishi. Rus pedagog-olimlarining pedagogik g‘oyalari. 988-yilda xristian dinini qabul qilingan Krill va Mefodiylar grek alfabiti asosida kirill alifbosini ishlab chiqdilar. Sharqiy slavyan tili rus yozuvi uchun asos qilib olindi. Kiev Rusiga xristan dini bilan birga vizantiya madaniyatining ayrim elementlari ham kira boshlagan.
U vaqtlarda maktablar cherkov va monastor qoshida ochilar edi. Rus knyazlarning maslahati bilan 988-yilda knyaz Vladimir cherkov binosini qurib poplar tayinladilar va nomdor kishilarning, o‘z mulozimlarining bolalarini yig‘ib o‘qitdi.
1028 yilda knyaz Yaroslov Novgorod shahrida “oqsoqollar va poplarning” bolalaridan 300 ga yaqinnini to‘plab kitob o‘qitgan.
Yuqoridagi ikki faktdan ma`lum buo‘ishicha Rossiyada maktablar X asr oxiri XI asr boshlarida ochilgan. Rossiyadagi dastlabki maktab cherkovlar va monastorlar huzurida ochilgan va kutubxonalar tashkil etilgan.
XI-XII asrlarda Kiyev davlatining madaniyati g‘arbiy Yevropadagi yirik davlatlarning madaniyatidan ancha kuchli edi. Rus knyazlari va boyarlari orasida o‘qimishli, madaniyatli kishilar bo‘lgan. Knyaz Yaroslov birinchi marta kutubxona ochgan, uning tashubbusi bilan grek timlidagi kitoblar rus tilida tarjima qilingan.
Knyaz Svyatoslov ma`lumotli kishilarni o‘z atrofiga to‘plagan. Svyatoslav o‘z zamonasining eng ma`rifatli kishisi edi. XI asr oxirida “Svyatoslav to‘plami” nashr qilingan.
Kiev rusning madaniyati – rus, ukrain va belarus xalqlari madaniyatining o‘sishiga asosiy manba bo‘lgan. Bu kabi faktlar shuni ko‘rsatadiki, XI-XII asrlar qadimgi rusda madaniyat va maorif rivojlangan. Ana shunday davrda rus pedagogik to‘plamlari vujudga keldi: “Izmagarad” (zumrad) “Izbornik Svetoslava”,”Zlatuystroy”, “Zlatoust” kabilar. Bu to‘plamlarda bola tarbiyasi haqidagi fikrlar tavsiya qilingan “Vladimir Monamaxning bolalarga nasihati” asari juda katta ahamiyatga ega. U bu asarida bolalarni Vatanni sevishga, Vatanni dushmanlardan himoya qilishga, harakatchan mehnatsevar, va botir kishilar bo‘lishiga chaqiradi. U bolalarni insonparvar, kattalarni hurmat qiladigan, kichiklarni izzat qiladigan bo‘lib tarbiyalashlarini talab qiladi.
XVI asrning ikkinchi yarimida cherkovlar qoshida maktablar ochila boshlaydi. Lekin bu maktablar rus ma`rifatining talabini qondira olmas edi. Natijada “Savod ustalari” tashkil qilingan.

Yüklə 125,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin