Pedagogika tarixi fani haqida ma`lumot. Eng qadimgi davrlardan XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji. Mashg‘ulot mavzusi


Qadimgi Yunoniston faylasuflari tarbiya to‘g‘risida



Yüklə 125,4 Kb.
səhifə28/32
tarix28.11.2023
ölçüsü125,4 Kb.
#166805
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Maruza 3

Qadimgi Yunoniston faylasuflari tarbiya to‘g‘risida. Yunonistonda maktab va madaniyatning tez rivojlanishi pedagogika nazariyasining ham tug‘ilishiga imkoniyat yaratdi.
Pedagogika nazariyasiga olim va faylasuflardan Suqrot, Platon, Arastu va Demokritlar asos soddilar. Ular o‘z qarashlari bilan ta’lim -tarbiya rivojlanishiga juda katta xissa qo‘shdilar. Quiida biz bu faylasuf olimlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Suqrot er.av. (469-399y)da yashab ijod etgan. Suqrotning fikricha tarbiyadan kutilgan maqsad, buyumlar tabiatini o‘rganish bo‘lmay, balki kishining bilim olishi, axloqni kamol toptirishi bo‘lmog‘i lozim edi. Suqrot faylasuf bo‘lishi bilan birga ajoyib notiq ham edi. U keng maydonlarda so‘zga chiqib, axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o‘tkazar, tinglovchilarni savol-javob yo‘li bilan haqiqatni topishlariga undar edi. Suhbatning bu usuli «Suqrot usuli» deb atalgan. U pedagogika olamiga ana shunday savol-javob metodini ya’ni «Evristik» suhbat metodini yangi (savol berish va savolni to‘ldirish) metodini olib kirdi. U tarbiyada axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya mezonini ishlab chiqdi. Lekin Suqrotning axloqiy qarashlarida tengsizlikni yaqqol sezish mumkin. Uning fikricha axloq faqat imtiyozli «mumtoz» largagina xos, «mumtoz» kishilar haqiqiy axloqning yagona egalari bo‘lganliklari uchun hokimiyat ham ularning qo‘llarida bo‘lmog‘i kerak deydi.
Platon er.av. (424-347) yillarda yashagan. U Suqrotning shogirdi bo‘lib «obyektiv idealizm» nazariyasining asoschisidir. U tanadan tashqarida mavjud bo‘lgan narsalar haqidagi nazariyani ilgari suradi.
Platon arestokratiyaning abadiy hukmronligi haqidagi nazariyani ilgari suradi. Uning fikricha ideal aristokratik davlat 3 xil ijtimoiy guruhlardan iborat bo‘lishi, ya’ni bular: faylasuflar, jangchilar, hunarmandlar va dehqonlar guruhidan iborat bo‘lishi lozim. Faylasuflar davlatni boshqaradilar, jangchilar ularni har qanday dushmandan himoya qiladilar, uchinchi guruh esa mexnat qilib, mo‘l hosil etishtirib faylasuflar va jangchilarni boqadilar degan fikrni ilgari suradi.
Shuningdek, u qullarni ham saqlanib qolishini aytib uning tasavvurida qullar xam, xunarmandlar ham, huquqsiz doiralar, pastkashlik, qanoat va itoatkorlik fazilatlarigina hunarmand kosiblarga va dehqonlarga xos deb takidlaydi.
Tarbiya - deydi Platon davlat tomonidan tashkil etilmog‘i, hukmron guruhlarning manfaatlarini ko‘zlamog‘i lozim. Platonning fikricha bolalar 3 yoshdan boshlab 6 yoshgacha davlat tomonidan tayinlab qo‘yilgan tarbiyachilar rahbarligida tarbiyalanishini tavsiya etadi.
7 yoshdan 12 yoshacha esa davlat maktablarida taxsil olib, ularga o‘qish, yozish, hisob, musiqa va ashula darslari o‘rgatiladi.
12-16 yoshgacha bo‘lgan bolalar jismoniy mashqlarni o‘rgatadigan «Polestra» maktabida, 18 yoshga qadar dunyoviy fanlarni o‘qitadigan maktablarda, 18-20 yoshgacha esa «Efeb» maktablarida taxsil olib harbiy ta’lim o‘rgatiladi.
Uning fikricha, «Efeb» maktabini tugatgandan so‘ng qobiliyatli va iqtidori bo‘lgan yigitlar falsafa ilmini o‘rgatadigan uchinchi bosqich oliy ta’limnio‘taydilar.
Platon tarbiya tizimida asosan jismoniy mexnatga nafratni singdirish, quldorlar manfaatini himoya qilish maqsadi nazarda tutiladi.
Uning pedagogika tarixida tutgan o‘rni shundaki, u dastlab maktabgacha tarbiya to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surib, yoshlarga ta’lim berishning izchillik tizimini ishlab chiqqanligidadir.
Yunon faylasuf olimlaridan yana biri Arastudir. U er, av. (384 -322) yillarda yashagan.
Arastu uch xil tarbiya ya’ni: jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya aqidalarni ishlab chiqib, tarbiyaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan.
Arastu birinchi bo‘lib yoshni davrlarga bo‘lish mezonini ishlab chiqishga uringan olimdir.
U insonni yoshlik yillarini 3 davrga, ya’ni: 0-7 yoshgacha; 7 - 14 yoshgacha; 14-21 yoshgacha bo‘lgan davrlarga bo‘ladi. U oilaviy tarbiyaga doir bir kancha tavsiyalar beradi. Uning fikricha,bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalanadi, go‘dakning yoshiga mos keladigan ovqatlar bilan boqish, turli xarakatli mashklar orqali uni chiniqtirib borish kerak deydi. O‘g‘il bolalar 7 yoshdan boshlab davlat maktablarida o‘qishlari lozim deb uqtiradi. U jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya bir-biri bilan uzviy bog‘langan deb hisoblaydi. U bolalarga boshlang‘ich ta’lim berish vaqtida jismoniy mashqlar qilish bilan bir qatorda o‘qish, yozish, grammatika, rasm va musiqani o‘rgatish kerak deb ta’kidlaydi. o‘smirlar maktabda jiddiy ma’lumot olishlari, ular: adabiyot, tarix, falsafa, matematika, astronomiya va boshqa fanlarni o‘rganishlari lozim deydi.
Arastu xotin-qizlarning tarbiyasi erkaklarning tarbiyasiga o‘xshashi mumkin emas, chunki xotin-qizlarning tabiati erkaklarning tabiatidan farq qiladi deb hisoblaydi.
Arastu Platondan farq qilib, bola tarbiyasida oila tarbiyadan chetlashtirilmaydi. Axloqiy tarbiya berish asosan oila zimmasida ekanligini uqtiradi.
Demokrit, er, av, (460-370) yillarda yashagan. U tarbiyani tabiatga muvofiqlashtirish masalasini birinchi bo‘lib ilgari surgan olim bo‘lib, u "Tabiat bilan tarbiya bir-biriga o‘xshaydi" deydi. «Ta’lim mexnat asosidagina go‘zal narsalarni hosil qiladi» deb tarbiya ishida mexnatning roli beqiyos ekanligini takidlaydi. Uning xizmati shundaki, u inson kamolatida mexnat tarbiyasining roliga katta e’tibor berib, yoshlarga mexnat tarbiyasi berishning usullarini ko‘rsatib berganligidadir.

Yüklə 125,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin