Bug‘lanish
Bug„lanish tana yuzasidagi suyuqlikning ma‟lum issiqlik sarflanishi bilan
tarqatilishi va muhitga shu yo„l bilan ziyoda haroratning berilishidir. Buning
natijasida teri harorati pasayadi. Bug„-lanish ancha-muncha issiqlik sarflanishi
evaziga bo„ladi, 1 l ter suyuqligining teri yuzasidan (tananing me‟yoriy haroratida)
bug„-lanishiga 580 kkal energiya sarflanadi. Shu boisdan ham muhit harorati
yuqori bo„lganida va jismoniy ish bajarilganida oshiqcha issiqlikning muhitga
berilishida bug„lanish katta ahamiyat kasb etadi.
Tanadan issiqlikning muhitga to„g„ridan-to„g„ri konveksiya va nurlanish
(radiatsiya) yo„llari bilan berilish miqdori muhit haroratiga teskari bog„lanishda
bo„lib, u tana haroratiga yaqinlashishi bilan (o„rtacha 33 °C) ushbu yo„llar bilan
issiqlik o„tkazish minimal holga tushib qoladi. Bunday sharoitda issiqlikning
muhitga berili- shida bitta yo„l u ham bo„lsa bug„lanish bilan amalga oshiriladi,
chunki bug„lanish muhit harorati bilan to„g„ri bog„lanishga ega, ya‟ni tashqi
harorat qancha yuqori bo„lsa bug„lanish shuncha jadallashadi.
Lekin bug„lanish tezligi muhit havosining namligi bilan teskari bog„lanishda,
ya‟ni tanani o„rab olgan havo qancha yuqori namlikka ega bo„lsa uning yuzasidan
bug„lanish shuncha kam sodir bo„ladi va shunga yarasha ushbu yo„l bilan
issiqlikning muhitga berilishi ham qiyinlashadi. Shuning uchun ham nam joyda
issiqlikka chidash ancha qiyin yoxud yozning issiq kunlari botqoqlik,
qamishzorlarda jismoniy ish bajarish og„ir kechadi.
Bunday paytlari bug„lanish yo„li bilan issiklikning muhitga berilishi
konveksiya tezligiga bog„liq, ya‟ni tana yuzasiga tegib turgan havo qanchalik tez
almashinib tursa ushbu yo„l bilan oshiqcha issiqlik muhitga shuncha tez beriladi.
Tana yuzasida sodir bo„ladigan bug„lanish ikki ko„rinishda ya‟ni
sezilmaydigan va seziladigan holda bo„ladi. Sezilmaydigan bug„lanish
to„qimalararo suqlikning teri yuzasiga oz miqdorda (10 ml/soat) doim chiqib
turishi oqibatda bo„ladi. Bunday bug„lanish yana o„pkadan chiqadigan havoning
namligi bilan ham yuzaga keladi. Har ikkala sezilmaydigan bug„lanish orqali tana
issiqligining muhitga berilishi umumiy issiqlik yo„qotishning 20 % tashkil qiladi
(ko„pi bilan).
Sezilarli bug„lanish teri yuzasiga chiqqan ter suyuqlingining bug„lanishi
bo„lib, bunda qayd qilinganidek, ancha-muncha issiqlik muhitga o„tkaziladi. Odam
kuchli jismoniy ish bajarganda 1 soat davoimida 3 l gacha ter suyuqligi ajratadi.
Agar shu ter suyuqligining hammasi bug„lansa 2000 kkal\soat issiqlik yo„qotilishi
mumkin (580 kkal/l · 3 l
ter
/soat, 580 kkal - 1 l ter suyuqligi bug„langanida
yo„qotilgan issiqlik).
Shu narsa diqqatga sazovarki teri yuzasiga ajralib chiqqan ter suyuqligi
bug„langandagina tana soviydi, agar ter suyuqligi bug„-lanmasdan oqib tushaversa
teri harorati pasaymaydi, chunki bug„lanish bo„lgandagina, yuqorida qayd
qilinganidek, tegishli energiya (issiqlik) sarflanib shuni evaziga harorat pasayadi.
Ter suyuqligi teri tarkibidagi ter bezlaridan ajraladi, ularning umumiy soni
odamda 2 mln atrofida bo„lib, hammada bir xil bo„lmaydi. Shu sababli har kimning
terlashi turlicha.
Ter suyuqligi osh tuzining past kontsentratsiyali eritmasidir (NaCl - 300 mg
%), unda mochevina (21 mg %), glyukoza (20 mg), amminokislotalar (6,5 mg %),
ammoniy (6 mg %), hamda juda kam miqdorda sut kislotasi bo„ladi. Terning
reaksiyasi kislotali (pH = 4,2–7,0). Tana haroratini bir xil saqlash markaziy nerv
tizimidagi, aniqrog„i gipotalamusdagi issiq va sovuqqa sezgir nerv markazlari va
ular bilan ikki tomonlama nerv aloqasiga ega bo„lgan teridagi issiqni hamda
sovuqni sezadigan retseptorlar faoliyati tufayli amalga oshiriladi. Teridagi sovuqni
sezadigan retseptorlar issiqni sezadiganidan ko„p, ularning qo„zg„alishi (past
harorat ta‟sirida) gipotalamusdagi tegishli markazlarni qitiqlab ko„proq issiqlik
hosil qilish va mavjud issiqlikni muhitga kam chiqarish iloji ko„riladi (teridagi qon
tomirlari torayadi, muskullarda qaltirash holati yuz beradi va hokazo). Issiqni
sezuvchi retseptorlar qitiqlanib tegishli impulslar gipotalamusga yetib borgandan
keyin u joydagi maxsus markazlardan issiqlikni tezroq muhitga o„tkazish uchun
teri qon tomirlarining kengayishi, ter suyuqligi ajralishi kabi mexanizmlarni ishga
tushiradigan impulslar tarqaladi.
Tana harorati va uning muskul faoliyati davrida o„zgarishi. Tananing turli
qismlarida aytib o„tilganidek harorat har xil bo„ladi, bunda asosiy omil hujayra va
to„qimalarda boradigan metabolik jarayonlarning jadalligidir. Shunga ko„ra odam
tinch turganida eslatilgan jarayon ichki a‟zolarda kuchliroq bo„ladi, shuning uchun
ham bunday holatda jigar, yurak, bosh miya va hazm a‟zolarining harorati boshqa
a‟zolarga qaraganda bir oz yuqori bo„ladi. Jismoniy faoliyat boshlanishi bilan esa
bevosita qisqarib ish bajaradigan muskullarda harorat boshqa a‟zolarga qaraganda
ko„tariladi.
Odam tanasining ichki qismida joylashgan a‟zolar(jigar, yurak, buyraklar,
bosh miya, hazm a‟zolari) harorati bir-biridan qisman farq qilsada (0,1 °C) ularni
bir xil haroratga ega deb qabul qilingan va ular harorati tana yadrosining harorati
deyiladi. Ichki a‟zolar va muskullarni tashqaridan qoplab turgan teri harorati tana
yuzasining harorati deyiladi.
Tana yadrosi bilan uning yuzasi orasidagi harorat farqi maksimal holda 20 °C
–ga chiqishi mumkin. Odatda odam qulay sharoitda bo„lganida bu farq 4 °C–
dan oshmaydi. Mana shu farq ichki a‟zolardan haroratning peshma-pesh tashqi
yuzaga berilib turishi uchun yetarlidir.
Tana yadrosining harorati tinchlik paytida 1 °C-ga ko„tarilib yoki pasayib
turadi. Bunday o„zgarish yalang„och odam sovuq yoki issiq sharoitda davomli
suratda turib qolsa kuzatiladi.
Tana yadrosining haroratini aniq bilish uchun yurak ichidagi qon haroratini
maxsus asboblar bilan o„lchash kerak. Chunki qon harakat qilib barcha ichki
a‟zolar haroratini tenglashtirib turadi. Shu yo„l bilan tana yadrosining harorati
o„lchanganida uning 36,6-37,0 °C tengligi aniqlangan. Lekin ushbu usulni har
qanday sharoitda ham qo„llayverish qiyin, shuning uchun tana yadrosi harorati
ko„pincha to„g„ri ichakda o„lchanadi uni (rektal harorat deyiladi). Rektal harorat
ham haqiqiy tana yadrosi haroratidan farq qiladi (0,2-0,5 °C).
Jismoniy faoliyat metebolizm jarayoning oksidlanish yo„li bilan tanada
issiqlik hosil bo„lishini 20 martagacha(tinchlik holatiga nisbatan) ko„tarishi
mumkin. “Standart” odamda (70 kg) tinchlik paytida issiqlik hosil bo„lishi 65-68
kkal/soat bo„lsa, og„ir bo„lmagan mashq bajarilganida bu ko`rsatkich 300 kkal/soat
og„ir, mashq bajarilganida esa 600-900 kkal/soat gacha chiqish mumkin.
Jismoniy ish bajarilishining 15-30 minutigacha tana yadrosi harorati
ko„tarilib boradi, keyin odatda ishning oxirigcha o„zgarmay qoladi. Bunday harorat
o„zgarishida ichki a‟zolar harorati 41°C-gacha ko„tarilishi mumkin.
Teri yuzasining harorati jismoniy ish qilish tufayli tana yadrosi haroratiga
o„xshab ko„tarilmaydi, balki 2°C gacha pasayadi (unchalik davomli bo„lmagan
ishda) (22-rasm).
Umuman olganda jismoniy mashq bajarish bilan tana harorati 1-2 °C-ga
oshadi. Bu holat nerv markazlari va muskullar faoliyatiga ijobiy ta‟sir qiladi, nerv
va muskul tolalarining o„tkazuvchanligi, labilligi oshadi. Yana tana haroratining
jismoniy ish qilish tufayli ko„tarilishi natijasida gemoglobindan to„qimalarda O
2
ajralishi yaxshilanadi va qon yopishqoqligi biroz kamayadi. Bu holat odatda
razminka jarayonida amalga oshirilib bevosita mashq qilishni yengillashtiradi.
11-rasm. Tredbanda 5 m/sek tezlik bilan yugurishda teri va rektal
haroratning o‟zgarishi (muhit harorati – 29-31,50 C ). Uzluksiz chiziq – shamol
berilib turganda; uzlukli – shamol bo‟lmagnida.
Issiq iqlim va yuqori namlik sharoitida davomli va og„ir mashq qilish tana
haroratining oshib ketishiga (haroratning muhitga berilishi qiyinlashishi sababli)
olib keladi. Oqibatda issiq urish holati yuz berib nafas olish, yurak urishi
tezlashadi, arterial qon bosimi pasayib ketadi, ba‟zan hushdan ketish hollariga
ham olib keladi. Shuning uchun bunday o„lkalarda jismoniy mashq kilish
sutkaning nisbatan salqin soatlari va havo konvektsiyasi yaxshi joylarda
o„tkazilishi maqsadga muvofiq.
|