va Yaponiya) doirasida jam langan bo‘lib, dunyo bo ‘yicha tashqi investit-
siyalarning 80% va ichki investitsiyalaming 50—60% m ana shu uchlik his-
sasiga to ‘g‘ri keladi.
BM T ning savdo va rivojlanish bo'yicha konferensiyasi (YUNKTAD)
«chet eldan bevosita investitsiya kritish» tushunchasiga quyidagicha ta ’rif
beradi: «Bu chegara orqali investitsiyalash bo‘lib, unda bir iqtisodiyot re-
zidenti boshqa iqtisodiyotda uzoq m uddatli m anfaatni q o ‘lga kiritadi».
Bunda «uzoq muddatli manfaat» deganda bevosita investor bilan bevosita
investitsiyalanuvchi korxona o'rtasida uzoq m uddatga amaliy munosabat
o ‘rnatish nazarda tutiladi. Buning natijasida bevositd investor bevosita
investitsiyalanuvchi korxonani boshqarishda hal qiluvchi ovozga ega bo ‘ladi.
Qaror topgan an ’anaga ko'ra, agar bevosita investor chet eldagi korxona
oddiy aksiyalaming 10 va undan ko'proq foizini sotib olsa, bevosita in
vestitsiyalash amalga oshgan hisoblanadi. Agar bevosita investor afilyatsi-
yalangan korxonalarga yoki shu’ba korxonalarga ega b o ‘lsa, investitsiya
kiritish bilan bog'liq bevosita m unosabatlar ushbu tuzilmalarga ham taal-
luqli bo'ladi, chunki ular ona gruhning bir qismidir.
Dostları ilə paylaş: