noyob ilmiy obyektlar ro ‘yxati»ga kiritish va m onitoringini olib borish;
ilmiy va ishlab chiqarish korxonalarining nazariy va amaliy innovatsiya
faoliyati; innovatsion texnologiya-elektron im zo va uni ro‘yxatga olish
m arkazlari faoliyatini huquqiy tartibi; respublika
innovatsion amaliyot
jarayoni holati.
Yapon innovatsion m enejm enti usullari Evropa va Amerika usullari-
dan keskin farq qiladi (1.8-jadval). Bu bilan yaponlar unumliroq boshqaradi,
deb bo‘lmaydi. Yevropa va Yaponiyaning usullari faqat boshqa tekislik-
larda yotadi va ularning bir-biri bilan kesishishi juda kam ro ‘y beradi.
U n in g asosiy farqi nim a? A w a la m b o r bu boshqaruvning nim aga
yo‘naltirilganligiga bog'liq. M asalan, Yaponiyada
boshqaruv m arkazida
m ehnat resurslari yotadi. Yapon boshqaruvchisi korxona samaradorligini
oshirish uchun m ehnat unumdorligini oshirishga harakat qiladi. Yevropa
va Amerikada esa asosiy maqsad kam ish va harakat qilib, ko‘p darom adga
erishish yotadi. M enejm ent b o ‘yicha yapon mutaxassisi Xideki Iosixara
yapon boshqaruvini 6 ta xususiyatini ko‘rsatib o ‘tgan.
1. D oim iy bandlik kafolati va o ‘zaro ishonch sharoitini mavjudligi,
b u n day kafolatlar kadrlar qo'n im sizlig in i
kam aytiradi va xodim larni
barqaror faoliyat ko‘rsatishlari uchun ishonch tug'diradi. Bu esa xodim
larni keyinchalik vertikal (lavozim ) zinapoya b o ‘yicha ko‘tarila olishi
mumkinligiga ishontiradi va korxonada jam oat b o ‘lib ishlashga undaydi.
2. Korparatsiyaning birdamligi va u uchun qimm atli deb hisoblangan
narsalarning mavjudligi. Agarda barcha ishchilar va boshqaruvchilar kor
xona siyosati haqida axborot beruvchi bitta axborot bazasidan m a’lumot
olishadigan bo'lsa, bu barcha xodimni bir bo'lib harakat qilishga undaydi.
3. Axborotga asoslangan boshqaruv televizorlar ishlab chiqaruvchi fir-
m alarda ko'pincha axborot yig'ib olish sistemasidan foydalanishadi.
4. Sifatga qaratilgan boshqaruvda ko‘pincha yapon firmalaming boshqa-
ruvchilari sifatni nazorat qilishga katta ahamiyat berishadi. Ishlab chiqarish jara
yonida ularning asosiy masalasi sifat haqidagi aniq ma’lumotlami olishdir.
5. Ishlab chiqarishda boshqaruvning doimiy mavjudligi.
Qiyinchilik-
larni va m uam m olarni joriy hal qilish uchun yaponlar boshqaruv perso-
nalini ishlab chiqarish majmualarida joylashtiradi. Bu m uam m o tez hal
b o‘lishiga xizmat qiladi. Yangiliklarni rivojlantirish uchun yangiliklar tak-
lif qilish sistemasi va sifat to ‘garaklari keng q o ‘llaniladi.
6. Tozalik va tartibni ushlab turish. Yapon m ahsulotlarining yuqori
sifati ishlab chiqarishda tozalik va tartibga rioya qilish orqali kelib chiqa-
di. Yapon boshqaruvchilari shunday tartib o ‘rnatishga harakat qiladiki, bu
tartib ham yuqori sifatli mahsulot
ishlab chiqarishga undasin, tozalik va
tartibga rioya qilishga chaqirsin.
U m um an olganda yapon boqaruvi insonlarga xos tuyg‘ular va xususi-
yatlarni rivojlantirishga qaratilgan. Bular kelishilganlik, guruhli m o‘ljal olish,
43
xodim larni aqliy xususiyatlari, bandlik barqarorligi va boshqaruvchilar
ham da xodimlar o'rtasida birdam lak aloqalaridir.
Dostları ilə paylaş: