Termiz davlat universiteti botanika kafedrasi



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/30
tarix21.07.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#62857
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Botanikadan Amaliy mashg\'ulotlar

Ishlash tartibi. Ma’lumki, qovoq poyasi ko’p qirrali bo’ladi, mana shu ko’p qirrali poyadan 
ko’ndalangiga bir nechta, yupqa kesma tayyorlanadi. Bu kesmalardan eng yupqasi olinib, buyum 
oynasidagi suv tomchisiga joylanadi, usti qoplag’ich oyna bilan yopirilib, mikroskopda 


tekshiriladi. Bunda epiderma to’qimalari ostida yorug’lik nuruni kuchli ravishda singdiruvchi 
kolenxima hujayralarini ko’rish mumkin. Shuning uchun birinchi qarashda ayrim yulduzsimon 
shakldagi hujayralar yaltirab ko’rinadi: mana shu ko’rinishdagi narsa burchakli kollenxima 
hujayrasidir.Burchakli kolenxima hujayrasi qovoq poyasining qirralarida yaxshi ko’rinadi. 
Kollenximaning sellulozadan tashkil topgan po’sti xlor-sink-yod ta’siri ostida binafsha tusga 
kiradi. 
Sklerenxima. Bu to’qima ko’pincha poya epidermasining ostida naytolali bog’lam atrofida 
joylashadi.Sklerenxima to’qimasi prozenxima hujayralaridan (bu ko’pincha tola deb ham 
yuritiladi) tashkil topgan. Bu to’qima hujayralarining po’sti ba’zan shu qadar qalinlashib 
ketadiki, natijada uning markazida hujayra hajmi kichrayib qoladi. 
Sklerenxima hujayrasining po’sti sellulozalashgan yoki yog’ochlashganligini aniqlash uchun 
har xil mikrokimyoviy reaksiyadan foydalaniladi. Masalan, fluroglutsin bilan xlorid kislota 
yog’ochlashgan hujayra po’stini qizil tusga, xlor- sink-yod esa sariq tusga bo’yaydi. 
Dastlabki sklerenxima dastlabki meristemadan, ikkilamchi sklerenxima esa kambiydan 
vujudga keladi.Sklerenxima to’qimasi daraxtlarda bo’lsa - libriforom, tolali o’simliklarda esa 
tola deyiladi. 
2- 
amaliy ish 
Makkajo’xori poyasining sklerenxima to’qimasini tekshirish 
Asbob va materiallar hamda reaktivlar: mikroskop, jo’xori poyasi, lezviya, buyum va 
qoplagich oynalar, pipetka, cho’tkacha, suv, floroglutsin, safTanm, xlor- sink-yod eritmasi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin