Termiz davlat universiteti botanika kafedrasi


Vazifa: Quyidagi topshiriqni bajaring va jadvalni to’ldiring



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/30
tarix21.07.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#62857
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
Botanikadan Amaliy mashg\'ulotlar

Vazifa: Quyidagi topshiriqni bajaring va jadvalni to’ldiring. 
1- guruhga. Toifali jadval tuzish metodi
 
2- guruhga. Domino o’yini metodi 
3- guruhga. BBB metodi 
Bilaman 
Bildim 
(mavzudan olingan yangi 
ma’lumotlar) 
Bilishni istayman 
(qiziqtirgan savollar) 
 
 
4-AMALIY MASHG’ULOT 
 
4-Mavzu: O’tkazuvchi to’qimalar. Traxeidlar. Naylar. Elaksimon naylar 
O’tkazuvchi nay-tolali bog’lamlar (2-soat). 
 
Kerakli asbob va materiallar: Mikroskop, lupa, buyum va qoplag’ich oynalar, buyum oynasi, 
qoplag’ich oyna, suvdon pintset, igna. 
O’tkazuvchi to’qimani o’rganish.O’simlik Organizmida suv, suvda erigan mineral va organik 
moddalar har xil tezlikdagi doimiy harakatda bo’ladi. O’simlikdagi o’tkazuvchi to’qimalar 
majmuasi, ya’ni ksilemadan suv va unda erigan mineral moddalar pastdan yuqoriga, ya’ni 
ildizpoyadan bargga koriariladi^koriariluvchi oqim), floemada esa assimiltsiya natijasida hosil 
bo’lgan organik moddalar yuqoridan pastga, ya’ni barglardan poya va ildizlarga harakatlanadi 
(tushuvchi oqim). Ko’tariluvchi oqim nay va traxeidlar orqali harakatlanadi. Kapillar naylar gulli 
o’simliklarning hamma yog’ochligida uchraydi. Kapillar silindr shaklida bo’lib, ichida 
ko’ndalang to’siqlar bo’lmaydi, po’sti notekis qalinlashib yog’ochlangan bo’ladi. Nayning po’sti 
spiral, halqasimon narvonsimon, to’rsimon va nuqta shaklida qalinlashgan bo’ladi. Traxeidlar 
ignabargli 
daraxtlarda, 
paporotniksimonlarda 
uchraydi. 
Traxeidlar 
ingichka 
uchli 
yog’ochlashgan qalin devorli o’lik prozenxima hujayralardir. 
Elaksimon nay va yo’ldosh hujayralar orqali esa organik moddalar ildizga tushadi. Elaksimon 
nay lub to’qimaning bir qismi bo’lib, cho’ziq elaksimon shakldagi hujayralardan tashkil topgan. 
Elaksimon nayning traxeidlar va kapillarlardan farqi shuki elaksimon nay hujayralarda 
sitoplazma hujayra qobig’i bo’ylab joylashadi, yadro bo’lmaydi. Elaksimon nay va yo’ldosh 
hujayralar prokambiy yoki kambiyning bitta hujayrasida hosil bo’ladi. Yo’ldosh hujayralarning 
yadrosi bo’lmaydi. 
O’tkazuvchi to’qimaning yuqorida sanab o’tilgan barcha elementlari birga qo’shilib , 


o’tkazuvchi bog’lamni hosil qiladi. Bu bog’lam tarkibiga, asosan, o’tkazuvchilardan tashqari
mexanik to’qimalar va g’amlovchi parenxima to’qimalari ham kiradi. Shuning uchun bular 
ko’pincha o’tkazuvchi bog’lam deb ataladi.O’tkazuvchi bog’lam, ko’tariluvchi va tushuvchi 
bog’lam ikki qismdan: yog’ochlik(ksilema) va lub(floema)dan iborat bo’ladi. Yog’ochlik 
tarkibiga suv naylari (kapillarlar), traxeid, yog’ochlik paraenximasi va yog’ochlik tolalari
libriform kiradi. 
Yog’ochlik parenximasi po’sti biroz yog’ochlangan yirik hujayralardan iborat. Bu 
hujayralarga har xil oziq moddalar zaxirasi to’planadi. Yog’ochlik tolasi(libriform) qalin po’stli 
o’tkazuvchi bog’lamni mustaxkam qiladi. Lub tarkibida yo’ldosh hujayralar bilan birga 
elaksimon nay , lub parenximasi, lub tolalari kiradi. 
Lub parenximasida ham yog’ochlik parenximadagi kabi har xil oziq moddalar zaxirasi 
to’planadi. Lub ancha pishiq, elaksimon tolalardan iborat. Tola lubni ancha mustaxkam qilib 
turadi. 
Lub va yog’ochlikning joylashishiga qarab, o’tkazuvchi bog’lamlar quidagi 4 guruxga: 
Kollateral, bikollateral, konsentrik va radikal bo’g’imlarga bo’linadi. Bikollateral o’tkazuvchi 
bog’lam, bunda lub hujayralari yog’ochlik hujayralarining ikki tomonida joylashadi(masalan , 
oshqovoqda).Kollateral bog’lamlar:floema va 
ksilema bir -biriga yonma-yon joylashib turadi, amma tashqi tomondan floema , ichki tomonda 
esa ksilema joylashadi(masalan, jo’xorida). 
Kontsentrik o’tkazuvchi bog’lamda esa lub hujayralari yog’ochlikni batamom o’rab 
oladi(masalan, gulsapsarda). Radial o’tkazuvchi bog’lamlar ildizning birlamchi tuzilishiga xos 
bo’lib bog’lamning asosiy qismini ksilema tashkil etadi. Ksilema ildizning markazida radial 
nurlar xosil qilib joylashadi. Ksilema nurlari orasida esa floema bo’ladi. 
O’tkazuvchi bog’lamlar o’simlikda uning eng datlabki hujayralar guruxidan hosil bo’ladi. 
Bir pallali o’simliklarda prokambial hujayraning hammasi o’tkazuvchi bog’lamga aylanadi. 
Bunda o’simliklarda o’tkazuvchi bog’lam yog’ochlashmaydi(eniga qarab osmaydi), shuninh 
uchun bular yopiq bog’lam deb ataladi. Ikki pallali o’simliklarda o’tkazuvchi bog’l;am 
yog’ochlashadi, chunki bunda prokambiyning hammasi o’tkazuvchi bog’lamga aylanmaydi
ya’ni prokambiy hujayralarining yog’ochlik bilan lub o’rtasida qolgan bir qismi ikkilamchi 
paydo qiluvchi to’qima-kambiyni hosil etadi. Kambiy hujayralari tangental bo’linib ikkilamchi 
to’qima- ikkilamchi lub va ikkilamchi yog’ochlikni vujudga keltiradi. Mana bunday 
tugallanmagan bog’lamni ochiq bog’lam deb ataladi.Ba’zi o’simliklarda o’tkazuvchi to’qima 
ayrim bog’lam holda emas, balki yaxlit halqa shaklida bo’ladi, ya’ni poyaning sirtida lub halqasi 
va bularning o’rtasida kambiy joylashgan bo’ladi. 
1-amaliy ish. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin