Termiz davlat universiteti botanika kafedrasi


Vazifa: Quyidagi topshiriqni bajaring va jadvalni to’ldiring



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/30
tarix21.07.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#62857
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Botanikadan Amaliy mashg\'ulotlar

Vazifa: Quyidagi topshiriqni bajaring va jadvalni to’ldiring. 
1- guruhga. Toifali jadval tuzish metodi
 
2- guruhga. Krossvord o’yin metodi 
3- guruhga. BBB metodi 
Bilaman 
Bildim 
(mavzudan olingan yangi 
ma’lumotlar) 
Bilishni istayman 
(qiziqtirgan savollar) 


 
 
 
 
 
 
5-AMALIY MASHG’ULOT 
 
5-Mavzu: Ildizning birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi. Ildizmevalar 
anatomiyasi. (2-soat) 
Ildizning birlamchi anatomik tuzilishi.Ildizlar anatomik tomondan birlamchi, ikkilamchi va 
uchlamchi tuzilishga ega bo’ladi. Ildizning birlamchi tuzilishi ildiz o’suv konusidan meristema 
hujayralarining faoliyati natijasida hosil bo’ladi. Bunday tuzilish barcha yopiq urug’li va ochiq 
urug’li o’simliklarning so’ruvchi hududida uchraydi. Bu ba’zi o’zgarishlar bilan bir pallali va 
ochiq urug’li o’simliklarning o’tkazuvchi hududida ikkilamchi hosil qiluvchi to’qima(kambiy 
va po’kak kambiysi) hosil bo’ladi va undan ildizning ikkilamchi tuzilishi shakllanadi. 
Sho’radoshlar oilasida (lavlagi va boshqalarda) kambiy bir necha marotaba hosil bo’ladi va 
natijada ildizning uchlamchi tuzilishi yuzaga keladi. 
So’ruvchi hududning ko’ndalang kesimida uchta qism farqlanadi: epiblema, birlamchi 
po’stloq vaq markaziy silindr. Epiblema bir qator hujayralardan iborat bo’lgan qoplovchi 
to’qima bo’lib, ularning ko’pchiligida ildiz tuklari hisobiga so;’ruvchi hududning hajmi bir 
necha barobar kengayadi. Ildiz tuklari va epiblemaning ayrim hujayralari orqali suv va suvda 
erigan mineral moddalar ildizga suriladi. Bu moddalarni birlamchi po’stloq qabul qiladi va uni 
markaziy silindrga o’tkazadi. 
Birlamchi po’stloq quyidagi uch qismdan iborat bo’ladi: tashqi - ekzoderma; o’rta - 
mezoderma va ichki- endoderma. Ekzoderma hujayralari bir yoki bir necha qator bo’lib 
joylashadi va bir-biriga yaxshi yopishgan bo’ladi, ularning ayrimlarmmg qobig’i po’kaklangan 
yoki yog’ochlashgan bo’ladi. Mezoderma po’stloqning katta qismini egallagan bo’lib, uning 
hujayralari g’ovak bo’ladi. 
Endoderma markaziy silindrni mustahkamlaydi, suv va unda erigan mineral moddalarni 
markaziy silindrga o’tishini ta’minlaydi. U bir va bir necha qator hujayralardan tashkil topgan. 
Ularning hujayra qobig’i po’kaklangan yoki ko’pincha yog’ochlashgan bo’ladi. Endoderma 
qavatida o’zidan suv va havoni o’tkazadigan yupqa po’stli hujayralar ham uchraydi, bu 
hujayralar o’tkazuvchi hujayralar deb ataladi. Po’stloq mana shu hujayralar orqali markaziy 
silindr bilan munosabatda bo’ladi. Endodermaning ichki tomonida bir qator yupqa po’stli 
peritsikl hujayralari joylashadi (bu yon ildiz hosil qiluvchi qavat ham deb ataladi). 
Peritsikldan yon ildiz o’sib , dastlabki po’stloqdagi hujayralar orqali o’tib, tashqariga 
chiqadi. 
Markaziy silindrda halqasimon va spiral naylar joylashgan. Bu naylar ildiz markaziga 
yetganda yiriklashadi. Yog’och naylar oralig’ini galma-gal joylashgan dastlabki lub tolalari 
egallaydi. Ildiz markazini o’zak to’ldirib turadi. Binobarin, ildizda yog’ochlik va lub har xil 
radiusda joylashadi, bular asosiy parenximadan foydalanib turadi. Ildiz kesmasining rasmi 
daftarga chizib olinadi, undagi to’qimalar ko’rsatiladi. a. amaliy ish. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin