Termiz davlat universiteti botanika kafedrasi



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/30
tarix21.07.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#62857
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Botanikadan Amaliy mashg\'ulotlar

Ishlash tartibi. Makkajo’xori poyasining bo’g’im oralig’idagi sirtiga yaqin joylarini olib bir 
nechta yupqa kesmalar tayyorlanadi. So’ngra tayyorlangan kesma mikroskopda tekshiriladi. 
Kesmaning sirti tomonida epiderma , bundan ichkariroqda dastlabki po’stloq hujayralar hamda 
birmuncha zich joylashgan sklerenxima tolalarini ko’rish mumkin. Bu tolalar ko’p qirrali yoki 
dumaloq shaklli, qalin po’stli yog’ochlashgan hujayralardan iborat. 
Mexanik to’qima halqasining tagida ko’p qirrali, yupqa po’stli parenxima joylashadi. 
Parenxima hujayralari orasida mayday periferik (chetki) o’tkazuvchi bog’lamlar joylashgan. Bu 
kam sklerenxima bilan o’ralgan bo;ladi. 
Sklerenxima hujayra po’sti xlor-sink-yodda qo’ng’ir tusga, safranin ta’sirida esa qizil tusga 
kiradi. 
3- 
amaliy Sklereid - toshsimon hujayralar 
Bu hujayralar har xil shakldagi juda qalin po’stli parenxima hujayralardir.Sklereid- toshsimon 
hujayralarning po’sti tarkibida qumtuproq bo’lib, o’zaro zich birikkan.Bular o’simlikning turli 
organlarida: o’simlik poyasi va bargida, nok va behi mevasining etida,shaftoli o’rik danagida, 
bodom, yong’oq po’chog’ida uchraydi. 
4- 
amaliy ish .Nokning toshsimon hujayrasini tekshirish. 
Asbob va materiallar hamda reaktivlar: mikroskop, suv ,lanset, pinset buyum oynasi
qoplag’ich oynalar, mayda asboblar, fiksirlangan nok mevasi,floroglutsin, xlorid kislota. 


Ishlash tartibi: Nok mevasining yumshoq etida qattiq, sarg’ish rangli dumaloq donachalar 
bo’ladi, anashu tuzulmalar bir necha qattiq holga kelgan toshsimon hujayralardir. 
Teshkirish uchun nok mevasi etidan lansetda ozgina olinib , buyum oynasidagi suv tomchisiga 
qo’yiladi va obyekt asta qoplag’ich oyna bilan yopilgach, mikroskop stolchasiga qo’yilib undagi 
toshsimon hujayra topib olinadi. Bu hujayralar yaxshiroq ko’rinishi uchun buyum oynasidagi 
toshsimon hujayralar salgina bosib eziladi. Bunga floroglutsin bilan xlorid kislota tomizilsa, 
toshsimon hujayra bir oz vaqt o’tgach qizil tusga kiradi, nok mevasining eti esa rangsizligicha 
qoladi. Bu hol toshsimon hujayralar po’sti yog’ochlashganligini ko’rsatadi. Sklereid (toshsimon) 
hujayralarning rasmi daftarga chizilib, nomi yoziladi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin