Plastinka shaklida to’rsimon naychalar bo’ladi. Bunga protoplazma bilan to’lgan yo’ldosh
hujayra kelib tushadi.
Bundan tashqari, floema tarkibiga, ichida zaxira moddalari bo’ladigan
parenxima hujayralari kiradi. Makkajo’xorining lub tolalari bo’lmaydi. Ksilema va floemani
po’sti juda qalin bo’lgan sklerenxima mexanik to’qimasi o’rab olgan bo’ladi. Makkajo’xorining
mikroskopda ko’ringan yopiq tolali naylar bog’lamlarining rasmi daftarga chizib olinadi.
2-
amaliy ish.
. Qovoqning o’tkazuvchi nay- tolali bog’lamini tekshirish
Asbob va materiallar: mikroskop, qovoq poyasidan tayyorlangan mikropreparat.
Ishlash tartibi. Mikropreparat mikroskop ostida ko’riladi.O’tkazuvchi bog’lam qovoq
poyasida ikkita doira shaklida joylashadi.Ichki doira bog’lami yirik, tashqi doira bog’lami mayda
bo’ladi. Yirik bog’lam mikroskopda ko’rish
uchun kattalik qiladi, shuning uchun preparatni
siljitib, mayda bog’lami qidirib topiladi. Shu ravishda ayrim bog’lam tuzilishi ko’zdan kechirilsa
po’sti qalin ksilema naylarini va floemaning to’rsimon naylarini ko’rish mumkin.Floema lub
bog’lamining tashqi va ichki tomonida joylashgan bo’ladi, shuning uchun bu xildagi bog’lam
bikollateral bog’lam deb ataladi.Floemada to’rsimon naylar yaqqol ko’rinib turadi, buni
kattaligidan teshikli plastinkadan topib olsa bo’ladi. To’rsimon naylardan ichida protoplazmasi
bo’lgan, uchburchak ko’rinishli mayda yo’ldosh hujayralar kelib tutashadi.Floema
tarkibida
yuqorida ko’rsatib o’tilganlardan tashqari, yana lub tolasi va g’amlovchi
parenxima
bo’ladi.Lubning barcha elementlari hujayra po’sti uncha qalin bo’lmagan sellulozadan iboratdir.
Ksilema tarkibiga hujayra po’sti har xil qalinlikda bo’lgan spiral to’rsimon , halqasimon naylar
kiradi.Naylar tevaragida va oralig’ida hujayra po’sti qalinlashgan yog’ochlik parenximasi va
yog’ochlik tolalari joylashadi.
Ochiq nay tola bog’lamida lub tolasi bilan yog’ochlik tolasi orasida to’gri to’rtburchak
ko’rinishida sal cho’ziq hujayralardan iborat kambiy joylashadi.Kambiy hujayralari to’g’ri qator
shaklida
joylashib, po’sti ichida tirik modda bo’ladi va tez bo’linib ko’payib turadi. Buning
natijasida ichki tomondan yog’ochlik hujayralari, tashqi tomondan lub hujayralari vujudga kelib
turadi.Shunday qilib, bog’lam yog’ochlik va lubning ko’payishi hisobiga yo’g’onlasha boradi.
Kambiydan paydo bo’lgan bu yangi elementlar ikkilamchi lub va ikkilamchi yog’ochlikka ichki
tomonidan, ikkilamchi lubga tashqi tomonidan (prokambiy ishtirokida vujudga keladigan)
dastlabgi yog’ochlik va dastlabki lub kelib tutashadi. Kambiyli mana bunday nay-tola bog’lamga
ochiq bog’lam deyiladi. Qovoq palagi poyasidagi yuqorida sanab o’tilgan nay-tola bog’lam
elementlari mikroskopning katta qilib ko’rsatadigan obyektivida tekshirilib,
rasmi daftarga
chizib olinadi.
Dostları ilə paylaş: