Termiz davlat universiteti botanika kafedrasi


Vazifa: Quyidagi topshiriqni bajaring va jadvalni to’ldiring



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/30
tarix21.07.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#62857
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Botanikadan Amaliy mashg\'ulotlar

Vazifa: Quyidagi topshiriqni bajaring va jadvalni to’ldiring. 
1- guruhga. Toifali jadval tuzish metodi
 
2- guruhga. Domino o’yini metodi 
3- guruhga. BBB metodi
 
10-AMALIY MASHG’ULOT 
 
10-mavzu: To’pgullar va ularning turlari. (2-soat) 
 
Kerakli asbob va materiallar: Mikroskop, lupa, buyum va qoplag’ich oynalar, buyum oynasi, 
qoplag’ich oyna, suvdon pintset, igna. 
Ishni bajarish tartibi. 
 
Ob’ektlar yangi yoki fiksirlantan holda olinib, shtativ lupa va buyum ninalari yordamida analiz 
qilinadi. Gul qismlarini o’rganishda kosachaborglarining, tojbarglarining joylashishiga, 
changchilarning soniga, ularning yirik-maydaligiga, gulqo’rg’ondagi o’rniga, urug’chi va uning 
xoialari soniga e’tibor beriladi. Burchoqdoshlar oilasining vakillaridan zigomorf gulning 
tuzililishi 
analiz 
qilinadi. 
Bunda 
kosachabarglarning 
tutashganligi, 
tojibarglarning 
tabaqalashganligi, ya’ni yelkan, qayiqcha va eshkak qismlariga ajralishi va qayiqchaning ikkita 
tojibarglar tutashganligidan hosil bo’lganligi aniqlanadi. Changchilar o’nta ekanligi, to’qqiztasi 
tutashib o’sib, bittasi alohida ekanligi belgilanadi. 
To’pgullar klassifikasiyasini o’rganish maqsadida xilma -xil to’pgullardan namuna olib , lupa 
bilan sinchiklab ko’riladi va ular qaysi tur xiliga mansub ekanligi aniqlanadi. 
Bitta gul bandida bir nechta gul joylashib, hammasi uchun umumiy bo’lgan o’rama 
gulyonbargchali gullar to’pgul deb ataladi. To’pgul o’simliklarga nisbatan yakka gullilar juda oz 
miqdorda uchraydi. Masalan, lola, ko’knori, piyon, magnoliyaning guli yakka gul. 
To’pgullarning kelib chiqishi biologik jixatdan katta afzalikka ega. Masalan, gulning 
changlanishi uchun birmuncha qulayligi, hashoratlarni jalb etadigan bo’lishi, o’tkir hidliligi, 
to’pgul ichidagi gullarning birin - ketin ochilishi va boshqalar. 
To’pgullar ikki xil: botrik, ya’ni monopodial shoxlanuvchi va simoz, ya’ni simpodial 
shoxlanuvchi bo’ladi. Botrik to’pgullar monopodial shoxlanuvchi, asosiy o’q qismi gul bilan 
tugamaydigan noaniq gullarni o’z ichiga oladi. Bu gruppaga kirgan gullarning rivojlanishi 
akropetal bo’lib, pastdan yuqoriga tomon asta -sekin ochilib borishi bilan xarakterlanadi. Bu 
gruppaga quyidagi to’pgullar misol bo’ladi 
1. Shingil- to’pgulning markaziy o’q qismida ko’plab gullar kichik boshlari bilan joylashgan 
bo’ladi (shirach, akatsiya, sholg’om va boshqalar). 
2. Boshoq -markaziy o’q qismiga bir necha gul birin -ketin bandsiz holatda joylashgan bo’ladi 
(zubturum). 
3. So’ta -tuzilishiga ko’ra markaziy o’q qismi yo’g’onlashib, etli bo’lishi bilan boshoqdan farq 
qiladi (makkajo’hori). 
4. Qalqoncha- gul bandining ikkinchi tartiblari bir hil tartiblilari bir hil uzunlikda bo’lmaganligi 
sababli barcha to’p gullari bir tekis joylashadi. Natijada qavariq tuzilgan bo’ladi (oqbosh va 
sariqboshda). 


5. Oddiy soyabon- markaziy o’q qismi qisqarib, barcha gul bandlari deyarli bir hil uzunlikda 
bo’ladi. Shu sababli hamma gullar bir tekisda joylashadi (piyoz, olma, olchada). 
6. Boshcha - markaziy o’q qismi qisqargan, ikkinchi tartiblarni ham qisqa, gullari bandsiz, zich, 
bir -biriga taqalib joylashgan (sebarga, bedada). 
7. Savatcha - markaziy o’q qismi kengaygan, shakli likopcha simon, cheti o’rama barglar bilan 
qoplangan, ichkari qismida ko’plab bandsiz gullar joylashgan bo’ladi (kungaboqar, sachratqi
bo’tako’z). 
Simoz - simpodial yoki sohta dixotmok shohlanuvchi to’pgullarning uchki qismidagi gullari 
dastlab ochila boshlashi olan xarakterlanadi. Gullash tartibi yuqoridan pastga ko’rinishda 
bo’ladi. Simoz to’pgullar monoxaziy, dixaziy va preyoxaziy ko’rinishlarda bo’ladi. To’pgul 
morfologik tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab bo’ladi. Oddiy to’pgul gulyon bargchalar 
qo’ltig’ida joylashadi yoki to’pgulning uchki shoxlarida joylashgan bo’ladi. Masalan, oddiy 
boshoq, soyabon va boshqalar. Murakkab to’pgulning gullari qoplag’ich bargchalar qo’ltig’ida 
to’p -to’p bo’lib va to’pgul.1 shoxchalarining uchki qismida joylashadi. Murakkab to’pgulning 
quyidagi xillari bor: murakkab boshoq-monopodial shoxlangan asosiy o’q qismida ko’plab oddiy 
boshoqchalari bor. Masalan arpa, bug’doy, javdarda. Murakkab soyabon -soyabonning har bir 
gul bandi takror soyabonchalarga ega bo’ladi. Masalan, sabzi, kashnich, ukropda. Murakkab 
shingil -ro’vak asosiy o’q qismi uzun: unda ikkilamchi o’qlar hosil qilib, mayda shingilchalari 
bor. Bunga siren, uzum misol bo’ladi. Murakkab qalqoncha -bir tenglikdagi gul bandiga ega 
bo’lmagan aralash to’pgul bo’lib, asosiy o’q qismi oddiy qalqon, yon o’qlari esa savatcha 
ko’rinishida qavariqbo’ladi. Masalan, Marjon daraxt butasi (buzina) va oqboshda. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin