Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə18/33
tarix20.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#165515
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
Qiyosiy grammatika UMK

angыsы//angыlarы// andak kim, antag‘ыnnыn uchun. Bu affikslar asosan gagauz, eski o`zbek tillarida uchrab, aniqlovchi, sabab va natija ergash gaplarni bosh gapga bog‘laydi: Bir dadunun kыzы varmush, angыsы dunegin yen gѳzeleymish (bir cholning qizi bor emish, qaysiki dunyoda eng go`zal emish); chechak yaproqlari yerga tushuptur aniңdag‘ kim, aqiqlar qon ichinda kabi;
ani bog‘lovchisi faqat gagauz tilida mavjud bo`lib, aniqlovchi, to`ldiruvchi, kesim va sabab ergash gapli qo`shma gaplarda ergash gapni bosh gapga bog‘laydi: Qiz ѳla gѳzalmish, ani onun gibi xich butun dunneda yokmush;
anың uchun bog‘lovchisi faqat eski o`zbek tilida saqlanib qolgan, sabab ergash gapni bosh gapga bog‘laydi: Sag‘raqlar bolur qulubsiz aniң uchun kim, tutmak hojat bolmaz. (Jomlar quloqsiz (baldoqsiz) bo`ladi, shuning uchun kim ularni tutishga hojat bo`lmas)-A.K.Borovkov, Tafsir;
kuya (go`yo) bog‘lovchisi qiyoslash ergash gapni bosh gapga bog‘laydi: tatar. Urnыnnan kuzgala almay, guya ani nedir tota; o`zb. Bektemirga havo favkulodda yoqimli, rohatbaxsh, sokin tuyuldi, go`yo uni dim, sassiq uradan tortib oldilar kabi.
deye//diye//teyu yordamchi so`zi aniqlovchi, to`ldiruvchi, sabab, maqsad ergash gaplarni keltirib chiqaradi: turk. O gun akshama kadar bir yerlerden uch-besh kurush gelirdiye bekledim, gelmedi; Bu gun ders yoktur diye, mektebe gitmedi;
dep//deyib//teb ravishdosh shakli deyarlik hamma turkiy tillarda aniqlovchi, to`ldiruvchi, payt, sabab, maqsad ergash gaplarni bosh gapga bog‘laydi: qumiq. Olar tangala qayta dep xabar bar; o`zbek. Yovlarni mushtlasin deb, tog‘day og‘ir bilak berdim (X.Olimjon); tatar. Almaag‘achka yaulыk eldem, sandug‘achlar kunsin dep (olma yog‘ochiga rumolimni ildim, bulbullar kelib qo`nsin deb); qoraqalpoq. Adasыp ketnesin dep, ot jag‘ip yedik; shor. Irak cherde altыn tash, kele perzen kara tash-tep, sos kebi par (Yiroq yerda oltin tosh, kelib ko`rsang qora tosh degan, maqol bor);
yeger//eger//eker//ker//agar//gar: turkman. Eger pir sen, eger yash, kыlma sыrың xalka pash kabi.
kayda, kaydan, kayda kim, qaysi: tatar. Kayda berlek, shunda kѳch;
shundыy, shul, shol jer: kim berenchelekne ala, shulni maktab yaza gadate bar;
qanda, qanday, qancha, qachan: uyg‘ur. Kun qandaq yechilidi, biz yolga chiqimiz; o`zbek. Lekin qancha orziqib kutmayin, dadajonim qaytmadi.
ki//kim bog‘lovchisi eng qadimgi, eng faol bog‘lovchilardan bo`lib hamma turkiy tillarda bir necha ergash gaplarni bosh gapga bog‘lash uchun xizmat qiladi.
Misollar: ozarbayjon. Birinchi nesixatim budur ki, ѳzunden bѳyuk adamin sѳzuna bax, nә dese gulәx as; o`zbek. Odam borki, odamlarning naqshidir, odam borki, hayvon undan yaxshidir; qirg‘iz. mыnda turup xatыn aytat ki, menin erimdin tarbiyasi ushunday; tatar. Bu vaqыtta Lәylә shul qadar maturide ki, aң beten keshenen ise kita ide; qumiq. Kim ishlasa, sha ashar; chuvash. Kam ijlemest, val jemest; shor. Kim qancha ishtepcha, ol anchax alcha; ozarbayjon. Xayalыmda budur kim, bolmusham alәmda xilgәt (Fuzuliy); turkman. Ol nedirkim tѳrt yanыnda yuzi bar? Ol nedirkim sinasыnda gѳzi bar (Maxdumkuli); o`zbek. Forsi ash’orda “Foniy”, turkiy ashorda “Navoiy” tahallus qo`llagan bu bola so`z dengiziday duru-gavharlar sochdikim, eng nodir qalamlar taajjubda qoldi. (Oybek). O`g‘lim, xudoga ming qatla shukurkim, baxtimga oyoqqa turib qolding; turkman. Kim bilar kim, neylersen (Maxdumquli) va boshqalar.
Madam ki bog‘lovchisi bajarilgan, yuzaga keladigan shartni anglatadigan shart ergash gapni shakllantiradi: ozarbayjon. Madam ki әksәriyyat bu ishe razыdыr, demali, xәmin әksәriyyat bu ishi kѳrmәyә kѳmәk etejekdir; o`zbek. Madomiki xaloyiq qo`lga tosh olibdir, uning ko`nglida dardi bordir (Oybek).
Ne bog‘lovchisi aniqlovchi, to`ldiruvchi ergash gaplarni bosh gapga bog‘laydi.
Misollar: gagauz. Bakolыm, na o yazar, choktan kabletmedim, ondan kiat (Ko`ramiz, u nima yozadi, undan ko`pdan xat olmagan edim); qozoq. al, ishinde ne jatыr oni bilmeydi (U ichida nimani o`ylamoqda, buni hech kim bilmaydi) kabi.
ne ki, ne uchun deseng, nening uchun deze, nitiklem, ni xetle bog‘lovchi vositalari asosan shart, sabab, natija ergash gaplarni bosh gapga bog‘lash uchun xizmat qiladi.
Misollar: tatar. neki teldin chыktыy, ul bashka kiler; qorachoy-balqar. Soxtala byugyun dersge kechigib keldile, ne uchyun deseng kyopyurnyu suu alg’an edi; boshqird. Ul ni tiklem gene tarыshmahыn barы ber bezze yeңa almanы kabi.
nega, negu, negaki, nege deseң: o`zbek. Pulini ol, senga yarashadi, negaki kambag‘alsan; qoraqalpoq. Men bugun kele almayman, nege desiң bir jumыsыm bar; nog‘ay. Jыyыlga bara almadыm, nege desen avыrыp kaldыm kabi.
ne geder bog‘lovchi vositasi payt, shart ergash gaplarni bosh gapga bog‘laydi: ozarbayjon. istәyirsen lap ket moltani ketir, amma anu da bil ki, ne gәdәr mәn varam, bu yevә Telli-Melli ayagы deymeyejak; Nә gәdәr vurnuxurdular, bir әfәl tapmыrmasinlarki, aldatsыnlar (ular ne qadar urinmasinlarki, aldashga bir axmoq odamni topmadilar) kabi.
sebebi: qozoq. Birazdan keyin izdegenima quang‘anыm joq, sebebi kѳp jerde juru mumkin yemes; qoraqalpoq. Braq qarasatug‘ыn qauenderi bolmau sebepli, kop qarliq kordi; qirg‘iz. Meni polktun charcharashchыsы darыladi, sebebi sepilde andan bashka doktor jok ile (meni polkning sartaroshi davoladi, sababi undan boshqa doktor yo`q edi);
to, toki: Xusningni toki paydo qildi xoliq, xusning birla vafo bo`lmas muvofiq (“Muhabbatnoma”dan);
tak chto: tatar. alarnың harqaysы unaltыnы uzgan inde, tak chto ustav buencha, kыzlardan minimum tiesh;
chu yuklamasi: ozarbayjon. har ishә chu ittifag xoshdur, agachda pardu budag xoshdur; o`zbek. Labing fikri bag‘rimni qon qildilo, chu qon qildi, ko`zdin ravon qildi lo kabi.
chunki: chuvash. Baqsag‘a xыu xuplienem, sonki, kise yamgir yaugan ine (Bog‘chani sug‘ormadim, chunki kecha yomg‘ir yoqqan edi); turkman. Bu jaylara gelen bulsam xem, yene gitjekdirin, chunki men xem senin yali bir perizada ashыkdыrыn; Chunki geldin bu yalanchi jaxana, ayagiң garamay bakdiң asmana (Maxtumkuli);
chugederge: tuva. Kelbes men, chuge deerge chayыm chok (Kelmasman, chunki vaqtim yo`q);
erzere: yoqut. Ochcho og‘olor doox ereeregin saappaktыn daganы! (Sen shuncha bolalarga ega bo`lib turib, hatto uyalmaysan ham!)
Bu bog‘lovchi vosita yoqut tilida asli er fe’lidan hosil bo`lgan aarы sifatdoshi bo`lib, kesimlik affiksini olib bog‘lovchiga aylangan.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin