Yilarda o’zbekistondagi vaziyat Reja


Mehnat qishloqlarining tashkiliy-xo‘jalik jihatdan bir tizimga solinish



Yüklə 5,79 Mb.
səhifə5/7
tarix27.09.2023
ölçüsü5,79 Mb.
#149350
1   2   3   4   5   6   7
O’zbekistonda sovet

3.Mehnat qishloqlarining tashkiliy-xo‘jalik jihatdan bir tizimga solinish


Ko’pgina mehnat ko‘chkindilari o’tmishda "bosmachilik" harakatida qatnashganlikda, dindor-ruhoniy bo’lganlikda, sovet tuzumiga qarshi aksil-inqilobiy tashviqot olib borganlikda ayblangan. Chunonchi, "uchlik"ning 1937 yil 8 sentabrdagi yigilishida NKVD Andijon sektori tomonidan taqdim etilgan 2716-sonli jinoyat ishi bo’yicha 5 nafar mehnat ko‘chkindisi ustidan hukm chikarilgan. Bu "ayblar"i uchun xibsga olinganlardan Mirzayev Omonqul, Otayorov Qozoq Davlatov Saidning mol-mulki musodara qilinib, otuv jazosiga, Holiqov Annakul, Holiqov Omonqul esa 10 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilingan.
Mehnat ko‘chkindilarining doimiy ravishda mehnat posyolkalarida tutib turilishi, tabiiyki, ularning xuquq va erkinliklarini cheklar edi. Shu bois ularning mehnat posyolkalaridan qochib ketishi odatiy holga aylangan. Zero, posyolkadan krchib ketish qamoq yoki lagerdan qochishga nisbatan yengilroq edi.Aytish mumkinki, qochib ketgan mehnat ko‘chkindilari bo’yicha puxta qidiruv ishlar olib borilmagan. Bu hol mehnat posyolkalarida ishga yaroqli aholining yil sayin kamayib borishiga ta’sir ko’rsatmay qolmagan. Eng achinarlisi esa, mehnat po­syolkalaridan qochib ketganlar "katta terror" davrida qatog‘onning asosiy obyektlaridan biriga aylan­gan. Arxiv xujjatlari to’plamida Ukraina, Shimoliy Kavkaz, Shimoliy Qorzog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondagi "quloqlar surguni"dan qochib kelgan va kolxozlarga kirib olgan yuzlab sobiq quloqlarning qatog‘onga tortilgani haqidagi ma’lumotlar ham keltirilgan.11935-1936 yillarda surgundagi quloqlardan ba’zilarining turmushi izga tushib, ular o’z xujaligini qayta tiklab olgan edi. Bu "unsur"larning yashash sharoitlari va modsiy axvoli yaxshilanib borishi, ya’ni "boyib" borishi SSSR NKVD GULAG Mehnat posyolkalari bulimi xodimlarini tashvishga solgan, albatta. Bu bulim boshligi M. Konradovning 1938 yilning sentabrida N.Yejovga yullagan ma’ruzanomasida ayrim mehnat ko‘chkindilari xo’jalik sharoitiga kura quloqlik darajasiga o’sib yetgani, ulardan aksariyati 2-3 tadan sigir, ot va buzoqlarga ega ekani aytilib, ayrim viloyatlarda mehnat ko‘chkindilarining shaxsiy chorva hayvonlari mehnat posyolkalarining umumiy chorvasidan ham ko’proq ekani qayd qilingan edi.
Bunday."boyib" ketish xollari Mehnat posyolkalari bo’limi xodimlarining siyosiy xatosi sifatida baholangan. Bu esa uz navbatida NKVD organlari ichidan ham "xalq dushmanlari"ni topishga asos bo’lgan. 1937-1938 yillardagi ommaviy qatog‘on NKVDning ko’zga ko’ringan bir qancha raxbarlarini ham o’z komiga tortadi.Biroq aksariyat mehnat ko‘chkindilari nochor ahvolda kun ko’rar, qulog’iga qadar qarzga botib qolgandi. Shu boisdan hokimiyat va NKVD idoralari mehnat ko‘chkindilarining qarzlarini bekor qilish, ssudalar to’lovi muddatini uzaytirish haqidagi takliflar bi­lan yo’qori organlarga murojaat etib turgan. Ayrim hollarda bu takliflar ijobiy hal qilingan ham. Masalan, SSSR XKSning 1937 yil 21 apreldagi SO-1219-sonli qarori bilan mehnat ko‘chkindilari ssudalar bo’yicha qarzdorlikdan ozod qilingan2.1939 yilda qatog‘on ko’lami keskin pasayadi. Shu yili "quloqlar surguni" bo’yicha qatog‘on qilinganlar miqdori o’tgan yillarga nisbatan 9 marta qisqaradi. 1939 yilning 1 yanvar holatiga Ittifoq bo’yicha 987918 nafar mehnat ko‘chkindisi ro’yxatda bo‘lib, bu yilda sudlanganlar 2644 kishini (0,27 foiz) tashkil qildi. O‘zbekistonda esa bu davrda 14312 nafar mehnat ko‘chkindisi bo‘lib, shu yili sudlan­ganlar 17 kishini (0,11 foiz) tashkil etdi.
Xulosa qilib aytganda, ommaviy qatog‘on yil­larida maxsus posyolkalarga surgun qilingan "quloq"lar yana qaytadan qatog‘on komiga tortiladi. Sovet hukumati respublika uchun belgilab bergan qatog‘on meyorlarining ma’lum qismi mehnat ko‘chkindilari hisobidan bajariladi. Jazo muassasalari "yuqori"ning topshirig’ini bajarish uchun har qanday razillikdan qaytmagan. Xibsga olinganlarning "aybini bo’yniga qo’yish" uchun ularni qiynokka solish, ruhiy ta’sir ko’rsatish kabi g‘ayriqonuniy vositalar keng qo’llangani mustabid tuzum huquq idoralari tomonidan ham tan olingan. 1927-28 yillarda birgina Samarqand okrugidagi ko‘chirish fondlarida faoliyatdagi 21 ta kolxoz bo‘lganligi ma’lum. uchun ajratilgan yerlarning aksariyati dehqonchilik uchun yaroqsiz bo’lgan. Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Fargona qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi 102 yoshli Xoliqov Abduraxmon otaning guvoxlik berishicha, usha yerlar vodiyliklar ko‘chirib keltirilgan paytlarda to‘qayzor va botqoqliklardan, odam bo‘yidan baland qamishzor va yantoqzorlardan iborat bo‘lgan. To‘ng‘izlar, tulkilar, chiyabo‘rilar odamlar yaqinida bemalol yuravergan.Bundan tashqari, mehnat faoliyati uchun zarur ish qurollari, ish hayvoni, urug‘lik yetishmovchiligi masalasi keskin bo‘lgan. Agronom xizmati yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan, texnika bilan ham ko‘chirilganlar deyarli ta’minlanmaganlar Shunga qaramay, ko‘chirilganlar yerlarni o‘zlashtirish. uddasidan muayyan darajada chiqa olganlar. Albatta, bunga og‘ir qo‘l mehnati natijasida erishilgan.
Ko‘chirilganlar ajratilgan yerning sifatiga qarab bir yildan 8 yilgacha yagona qishloq xo‘jaligi solig‘idan, sug‘urta solig‘idan, gusht soligidan, davlatga don, kartoshka, sut, jun topshirish majburiyatidan dastlabki yillarda ozod etilganlar. Ular temir yo‘l bo‘ylab manzilgacha yo‘l kiraning faqat 25 foizini to‘laganlar, 10 yoshgacha bolalar esa bepul ketgan. Ko‘chirilganlarga uy-joy, xujalik inshootlari, ko‘chirish fondlarida yo‘l va ko‘priklar, kechuv joylari, hovuz va quduqlar, kanallar qurilishi uchun hamda ish hayvoni, o‘g‘it, yem-xashak, urug‘lik uchun mablag‘ berilishi lozim bo‘lgan. Ammo buni hukumat o‘sha davrda to‘la amalga oshira olmagan. Ko‘chishga ruxsat berilgan oz sonli boy-quloq xo‘jaliklar uchun temir yo‘l buylab imtiyozli asosda ketishdan boshqa xech qanday imtiyozlar belgilanmagan.
Yangi yerlarda turar joy tanqisligi muammosi o‘tkir bo‘lgan. Ko‘chirilganlarning katta qismi uzoq yillar kapalar, chodirlar, qamish chaylalar, yertulalarda yashaganlar.Ko‘chirilganlar uchun bir oyga oila boshlig‘iga: yog‘-1kg, shakar-800g, qo‘ruq choy-75g, sovun-1kg, qaramog‘idagilarga: yog‘-55g. shakar-200g, choy-75g belgilansada, amalda oziq-ovqat vaqtida yetkazilmagan.Ko‘chirish kolxozlarida maktablarning yetishmovchiligi bilan bir qatorda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi ham past bo‘lgan. 1931 yili eski Buxoro rayonida bezgak xuruj qilganida unga qarshi kurash olib borilmaganligi tufayli 430 xo‘jalikdan 270 tasi qochib ketgan.Umuman ko‘chirilganlarning katta qismi qiyinchiliklarga dosh bera olmay avvalgi yashash joylariga qaytganlar. Bunday holatga nisbatan xujjatlarda "orqaga qaytishlar" degan ibora ishlatiladi. Orqaga qaytishlarning sabablari sifatida ko‘chirilganlar tarkibiga sinfiy yot-unsurlarning aralashib qolganligi, tashkiliy ishlarning, oziq-ovqat va sanoat mollari bilan ta’minlanishning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi, kreditlarning yetarli emasligi, ko‘chirish fondlarida tuproq holati hamda iktisodiy shart sharoitlarning noqulayligi va boshqa sabablar ko‘rsatilgan.
Orqaga qaytganlarga qarshi hukumat izchil kurash olib borgan. Ularga nisbatan barcha qarzlarni undirib olish kabi iqtisodiy va ma’muriy hamda inventar-kolxoz mulkini o‘g‘irlaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortish kabi choralar qo‘llanilgan. Lekin qanday usullar bilan kurash olib borilmasin, baribir orqaga qaytishlar surunkali davom etavergan. Birinchi besh yillikning o‘zida ko‘chirilgan 19465 xo‘jalikdan 12176 (65 foizi) tasi avvalgi yashash joylariga qaytganligi, bor-yo‘g‘i 6485 (35 foizi) tasigina o‘rnashib qolgan.1
Orqaga qaytishlarning ko‘lami aholini ko‘chirish siyosatining barbod bo‘lganligidan dalolat bergan. To‘g‘ri, birinchi besh yillikda paxta mustaqil-ligiga erishildi, lekin bunga faqat aholini ko‘chirish siyosati orqali erishilmagan. Usha davrda sovetlarning O‘zbekistonda yuritgan umumiy agrar siyosatining ustuvor yo‘nalishi paxtachilikni tiklash va rivojlantirishga qaratilgan, ko‘chirish fondlaridagina emas, boshqa barcha hududlarda yetakchi ekin paxta, paxta hosilining asosiy qismi qadimiy paxtachilik rayonlarida yetishtirilar, ko‘chirish fondlari paxtaning bir qisminigina berar edi. Bu jarayonda ko‘chirilganlarning yarmidan ortig‘ining orqaga qaytgani, demak demografik muammoning ham hal etilmagani, sovet rejimining ko‘chirish siyosati avvaldan rejalashtirilgan maqsadu qaror to‘g‘ri amalga oshirilmaganidan dalolatdir.Xullas, ko‘chirish fondlaridagi yerli aholining ham, kamsonli millat vakillarining ham mehnat faoliyati murakkabliklarga to‘la bo‘lgan. Ko‘chiril-ganlar dalalarda mislsiz og‘ir mehnat na’munalarini namoyish etganlar. Bepoyon dasht-cho‘l kengliklar, tuqayzorlar asosan ibtidoiy ko‘l mehnatiga asoslanib o‘zlashtirilgan. Lekin ko‘chirilganlarning barchasi ham qiyinchilik-larga dosh bera olmagan. Ko‘chirish fondlarida uy-joy, maktab qurilishi, tibbiy xizmat, oziq-ovqat va sanoat mollari ta’minotining ham yomon ahvolda bo‘lganligi ko‘chirilganlarning katta qismining oldingi yashash joylariga qaytishlariga sabab bo‘lgan. Bu aholini ko‘chirish siyosati natijalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.Umuman, aholini ko‘chirish siyosati barbod bo‘ldi, undan kutilgan natija sarob bo‘lib chiqdi. Sovet hukumati aholini ko‘chirish siyosatini amalga oshirish oldidan o‘zining imkonlarini yetarli baholay olmagan. Aholini ko‘chirish siyosatining ijobiy natijalari sifatida ayrim dasht-cho‘l hududlarning o‘zlashtirilishida, bir qism aholining u yerda o’rnashib qolishida inson uning mehnati, tadbirkorligi, fidokorligi hal qiluvchi omillardan biri ekanligini ko‘rish mumkin. Shu ma’noda aholini ko‘chirish siyosati natijasida barpo etilgan qishloqlarni insonning matonatli, fidokorona mehnati mahsuli deb hisoblash mumkin. Ko‘chirilganlarni joylashtirish arafasidagi mehnat qishloqlari, u joylarda tashkil etilgan sovxozlarning umumiy ahvoli juda ham nochor edi, inson yashashi, mehnat qilishi uchun oddiy shart-sharoitlar ham mavjud emas edi. «Savay», «Uchqo‘rg‘on», «Dalvarzin» sovxozlarining-1930 -yildagi, ya’ni «quloq»lar keltirilgunga qadar holatini tasavvur qilish maqsadga muvofiqdir.
«Savay» sovxozi 5658 gektar maydonda tashkil qilingan. 1930 yili sovxoz 4098 gektarga paxta ekkan, shundan 2007 gektardagi paxta nobud bo‘lgan. Sovxozning 32 gektarli poliz ekinlari, 642 gektarli bedasi bo‘lgan. Nobud bo‘lgan maydonning 103 gektariga soya (loviya), 84 gektariga nasha, 46 gektariga tamaki, 42 gektari­ga makkajo‘xori ekilgan. Paxtaning o‘rtacha hosili 28—38 puddan oshmagan. O‘sha yili paxta mavsumsta 1200 terimchi ishlagan, yana qushimcha 500 terimchi zarur bo‘lgan.Ishchilarning turar-joy sharoitlari «Uchqo‘rg‘on» sovxoziga nisbatan birmuncha durustroq bo‘lgan. Barcha xutor (qo‘rg‘on)larda vaqtincha tipdagi baraklar bo‘lgan, ularda ob-xavo sovugan paytda o‘t yoqib isitiladigan pechkalar mavjud edi.Sanitariya va gigiyena haqida so’z yuritishga o‘rin yo‘q edi. Baraklar juda ham iflos, odamlar tiqilib yashashgan, bola-chaqa juda ko‘p, xutorlarda hammomlar yo‘q borlari ham shunchalar kichikki, ular normal ishlagan chog‘larida ham faqat bitta xutorgagina xizmat ko‘rsata olishi mumkin.1
XULOSA
Tanlangan mavzu bo’yicha to’planganni o‘rganish, tahlil etish asosida qo‘yidagi xulosalarga kelindi.
Sobiq Ittifoqda hukm surgan "adolatli" mehnat taqsimoti ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish siyosatining boshidanoq imperiyacha munosabatlar shaklida olib borildi. Oqibatda O‘zbekiston iqtisodiyoti haddan tashqari bir tomonlama rivojlandi. Tabiiy boyliklar, mehnat resurslaridan ayovsiz foydalanildi.
Respublikada yuzaga kelgan holatni Prezident I.A.Karimov ilmiy tahlil qilib, shunday degan edi: "Bir necha o‘n yillar davomida respublikada ssenariysi uzoq markazda to‘qilgan qarorlar amalga oshirildi, "kampaniya"lar o‘tkazildi. O‘zbekistonning chinakam manfaatlari, o‘ziga xos sharoiti va imkoniyatlari pisand qilinmadi..."
Aholini ko‘chirish siyosati O‘zbekistonda sobiq ittifoq manfaatlaridan kelib chiqib o‘zlashtirilmagan hududlarni xo‘jalik muomalasiga kiritish, mamlakatda paxta mustaqilligini ta’minlash, demografik keskinlikni yum-shatish, ko‘chmanchi xalqlarni o’troqlashtirish, qishloq xo‘jaligini kollektiv-lashtirish maqsadlarini o‘z oldiga qo‘ygan edi.
Sovet davrida qonunga zid tarzda ixtiyoriy-majburiy ravishda amalga oshirilgan aholini ko‘chirishlar yaqqol mustamlakachilik mohiyatiga ega edi. O‘zbekistonning o‘zoq yillar davomida avval Rossiya imperiyasi, so‘ngra sovetlar davlatiga mustamlaka bo‘lishi uni iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy jihatdan butunlay Rossiyaga qaram qilib qo‘ydi.
Aholini kuchirish siyosatiga tortilgan O‘zbekiston xalqining sa’y-harakati bilan o‘zlashtirilmagan yerlar paxta ekinzorlariga aylantirildi.
Aholini ko‘chirish siyosatining asosiy omillari va sabablari sifatida:
a) arzon ishchi kuchi xisobiga yangi yerlarni o‘zlashitirish;
b) O‘zbek xalqining paxtachilik tajribasi, kuch-g‘ayrati va imkoniyat-laridan ustalik bilan ittifoq manfaatlari yo‘lida foydalanish;
v) oz mablag‘ sarflab, yangi hududlar hisobiga Markaz uchun salmoqli iktisodiy foydani qo‘lga kiritishga intilish;
g) O‘zbekiston va boshqa paxta xom ashyo yetkazib beruvchi respublikalar resurslarini to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishga bo‘ysundirish;
d) strategik xom ashyo xisoblangan paxtaga mulkdorlik qilish yo‘lida respublika aholisini ekspluatatsiya qilishning kuchaytirilishi;
e) chekka hududlarga kuchirish orqali chegara rayonlarni mustahkamlash kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Aholini ko’chirish siyosati uch yo’nalishda olib borildi: aholi okrugning ichki hududlariga, okruglararo hamda respublika tashqarisiga ko’chirildi.Yangi tashkil topgan xo’jaliklarni ishchi kuchi bilan ta’minlash maqsadida chorvachilik, lalmikorlik bilan shugullanuvchi dasht va tog’ oldi ko‘chmanchi aholisini, qirg‘iz, qozoq, turkman hamda boshqa elatlarni o‘zlashtirilgan yerlarda o’troqlashtirib, paxtachilik bilan shug‘ullanishga majbur qilindi. Shuningdek, paxtachilik ilmi bilan umuman tanish bo’lmagan ruslar, koreyslar, polyaklar, nemislar, greklar, serblar va boshqa milliy kontingent, hatto tijorat ortidan kun kechirib kelgan yahudiylar ham aholini ko‘chirish siyosatiga tortildi va paxtachilik bilan shug‘ullanishga majbur etildi.
Aholini ko‘chirish siyosati qaysidir darajada obyektiv-tarixiy ma’noda ijobiy ahamiyatga ega bo‘ldi, yangi yerlar xo‘jalik muomalasiga kiritildi, aholini ko‘chirish siyosati orqali mamlakat paxta mustaqilligiga alohida hissa qo‘shildi. Ko‘chiril­ganlarning asosiy qismi markaziy rayonlardagi taraqqiyotda ilg‘orroq utroq xalqlardek bo‘lgani uchun tub aholi ularning paxtachilik tajribasini o‘zlashtirdi, ko‘chirish fondlaridagi mahalliy aholining kelgusidagi ma’naviy-madaniy hayoti ko‘chirilgan xalqlar ta’sirida rivojlandi. Lekin aholini ko‘chirish siyosati qator progressiv vazifalarning hal etilishga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsada. Og‘ir yillarda qahramonona mehnati bilan ulkan tarixiy jasoratni amalga oshirgan O‘zbekiston xalqiga tegishlidir.

Yüklə 5,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin