Yuridik atamalar lug‘ati advokat — yuridik va jismoniy shaxslarga professional huquqiy yordam ko‘rsatuvchi fuqaro. Affekt


HARBIY QADRIYAT QOIDASI VA HARBIY XIZMATCHILARNING XUSHMUOMALALIGI



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə22/32
tarix03.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#106581
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
Guruh qo\'llanman

HARBIY QADRIYAT QOIDASI VA HARBIY XIZMATCHILARNING XUSHMUOMALALIGI
Harbiy xizmatchilar bir-birlariga murojaat qilishlarida doimo og‘ir, vazmin va xushmuomalada bo‘lishga majburdirlar. Xizmat masalalari yuzasidan bir-biriga «Siz», deb murojaat etishlari lozim. Shaxsiy muomala chog‘ida harbiy unvon qo‘shin yoki xizmat turini ko‘rsatmasdan aytadi.
Boshliq yoki kattaning bergan savollariga tasdiqjavobi bo‘lsa, harbiy xizmatchi «Xuddi shunday», agar tasdiqsiz «Yo‘q edi» iboralarini aytadi. Safdan tashqari paytlarda bir-birlariga murojaat etishda, harbiy xizmatchi «Rostlan» holatiga o‘tadi, bosh kiyimiga qo‘lini qadaydi.
Jamoatjoylarida, shuningdek, tramvayda, trolleybusda, avto- busda, metro va shaharoldi poyezdlarining vagonlarida bo‘sh turgan o‘rinlar bo‘lmagan paytda harbiy xizmatchi boshliqqa (kattaga) o‘z o‘mini taklif etadi. Agar boshliqqa (kattaga) duch kelganda, bemalol o‘tib ketish mumkin bo‘lmasa, undan bo‘ysu- nuvchi (kichik) unga yo‘l berishi va salom berganicha o‘tkazib yuborishi, boshliq (katta)ning yonidan o‘tib ketish zarur bo‘lib qolganda bo‘ysunuvchi (kichik) bunga undan ijozat so‘rashi lozim.
Harbiy xizmatchilar noharbiy aholiga nisbatan odob qoidalariga rioya qilishlari, yoshi o‘tgan kishilar, ayollar va bolalarga alohida e’tibor ko‘rsatishlari, fuqarolar or-nomusi va qadr-qimmatini muhofaza qilishga yordam berishlari, shuningdek, baxtsiz hodisalar, yong‘inlar va tabiiy ofatlar chog‘ida ularga madad ko‘rsatishlari lozim. Harbiy xizmatchi qo‘lini kiyim-kechak cho‘ntaklariga tiqib yurishi, boshliq (katta)ning ishtirokida uning ruxsatisiz o‘tirishi yoki chekishi, shuningdek, ko‘chada yurib kelayotganda va bu maqsad uchun ajratilmaganjoylarda chekishi man etiladi.


HARBIYCHA SALOM BERISH
Harbiycha salomlashish harbiy xizmatchilaming birodarlarcha jipsligining ifodasi, o‘zaro hurmat va mushtarak madaniyatning namoyon bo‘lishi belgisi sanaladi. Barcha harbiy xizmatchilar bir- biriga duch kelganda (quvib o‘tishda) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf Nizomi bilan belgilangan qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda bir-biriga salom berishga majburdir.
Harbiy unvonga ko‘ra, bo‘ysunuvchilar va kichiklar birinchi bo‘lib salom beradilar. Maqomlari teng bo‘lgan paytda esa, kim o‘zini ko‘proq xushmuomala, tarbiya ko‘rgan, deb hisoblasa, o‘sha birinchi bo‘lib salom beradi. Harbiy xizmatchilar bundan tashqari, noma’lum askar qabriga; Vatan ozodligi va mustaqilligi uchun janglarda shahid bo‘lgan jangchilarning birodarlik qab- ristoniga; harbiy qismning Jangovar Bayrog‘iga, shuningdek, harbiy kemaga kelganda va undan jo‘nab ketayotganda Harbiy Dengiz bayrog‘iga; harbiy bo‘linmalar kuzatib borayotgan dafn marosimlariga salom berishga majburdirlar.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi ijro etilayotganda, safda turgan askarlar komanda berilmasdan «Rostlan» holatiga o‘tadilar. Vzvod komandiri va undan yuqori bo‘lganlar bundan tashqari, qo‘llarini bosh kiyimlariga qadaydilar. Safdan tashqari bo‘lgan harbiy xizmatchi Davlat Madhiyasi ijro etilayotgan paytda «Rostlan» holatiga kiradi, agar bosh kiyimi bo‘lsa, qo‘lini unga qadaydi.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin