Yuridik atamalar lug‘ati advokat — yuridik va jismoniy shaxslarga professional huquqiy yordam ko‘rsatuvchi fuqaro. Affekt


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI QURUQLIKDAGI QO‘SHINLAR



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə25/32
tarix03.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#106581
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
Guruh qo\'llanman

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI QURUQLIKDAGI QO‘SHINLAR
Quruqlikdagi qd'shinlar — Qurolli Kuchlaming eng ko‘p sonli xillaridan biri bo‘lib, boshqa qo‘shin xillari va turlari bilan o‘zaro harakatda O‘zbekistonga nisbatan qilingan, qayerdan bo‘lishidan qat’i nazar, tajovuzni qaytarishga oid vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan.
Quruqlikdagi qo‘shinlar tarkibiga motoo‘qchi, tank va artilleriya qismlari, havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari, tezkor harakat qiluvchi (desant) kuchlar qismlari, ta’minot qism va bo‘linmalari kiradi.
Motoo‘qchi qismlar — quruqlikdagi qo‘shinlarning asosi, jangovar tarkibining negizi hisoblanadi. Ular yerdagi va havodagi nishonlami yakson qilish uchun qudratli qurol-aslahalar, tank- lar, to‘plar va minomyotlar, tankka qarshi boshqariluvchi rake- talar, zenit komplekslari va qurilmalari, razvedka va boshqaruvning samarali vositalari bilan ta’minlangan.
Tank qismlari — quruqlikda qo‘shinlarning zamonaviy jang olib borish sharoitlarida muhim vazifalami bajarishga qaratilgan bosh zarba beruvchi kuchi va qurolli jangning qudratli vositasi. O‘zbekistonlik jangchilar boshqarayotgan zamonaviy tanklar yuksakjangovarlik xususiyatlariga, ishonchli zirhli himoyaga ega bo‘lib, tog‘-adirlik, notekis, yo‘lsiz hudud, sharoitlarida ham olis masofalami bosib o‘tishga qodirdir. Ular hatto, yadro quroli qo‘l- lanilgan sharoitlarda hamjang olib borishga moslashgan.
Artilleriya qismlari — jangovar vazifalarni bajarishda bosh (olovli) kuch hamda muhim tezkor-taktik vosita. Ular arsenalida mavjud zamonaviy to‘plar, reaktiv qurilmalar, gaubitsalar, minomyotlar, artilleriya qismlarining o‘t ochish imkoniyatlari, jangovar harakatlar samaradorligini yanada oshiradi.
Tezkor harakat qiluvchi (desant) kuchlar qismlarning roli — hozirgi kunda sezilarli darajada ortgan. Desantchilar jangovar mashinalari, o‘ziyurar artilleriya qurilmalari, tanklar, zirhli trans- portyorlar, yuksak samarali tankka qarshi va zenit vositalari, stvolli va reaktiv artilleriya, kuchli avtomatik qurollar, aloqa va boshqa- ruvning zamonaviy uskunalari bilan ta’minlangan. Mamlakatimiz desantchilari armiyaning yuqori darajada tayyorlangan va tezkor (mobil) qismidir. Zamonaviy harbiy transport aviatsiyasining yordamida ular dushman istehkomlarining yaqin vajuda ichkari marralarida mustaqil ravishda, shuningdek, boshqa qism va bo‘linmalar bilan o‘zaro harakatlar orqali oldilariga qo‘yilgan vazifalami muvaffaqiyatli bajara oladilar.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin