X. G’ulomova, G. Mamatova,Sh. Yo’ldosheva, H. Boqiyeva, A. Sobirova


partaning ustki qavatining ozodaligiga va yozayotganda daftarning tagiga toza



Yüklə 251,99 Kb.
səhifə14/36
tarix15.10.2023
ölçüsü251,99 Kb.
#155886
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika-hozir.org


partaning ustki qavatining ozodaligiga va yozayotganda daftarning tagiga toza
qog’oz varag’ini qo’yishga o’rgatib boorish kerak. Ularning hammasi
o’quvchining daftarni tashqi tomondan ozoda tutishini nazorat qilib borishga
o’rgatadi.
Daftarning tashqi ko’rinishining ozodaligi va tartibliligi hamma tomondan
tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Daftar varag’iga yozishda bolalarga quyidagilarni: tushuntirib o’tish lozim.
1. Sana yoki tartib raqami qayerga yozilishini:
2. Qatorning qayeridan so’z yozishni boshlash lozimligini;
3. Qatordagi so’zlaning oraliq masofasi qanday bo’lishi kerakligini;
4. Avvalgi va keyingi ishlar orasida qancha qator tashlanishi haqida;
5. Betni qanday yakunlash haqida tushuntirib o’tish lozim.

Savol va topshiriqlar 
1.

Husnixat darslariga qanday metodik talablar qo’yiladi?


2.

Yozuvning gigeyenik talablariga nimalar kiradi?


3.

Yozuv mebellari qanday talabga javob berishi zarur? Partada o’tirish


qoidalarini aytib bering?
4.

Yorug’likning tushushi haqidagi ko’rsatmalarni so’zlab bering.


5.

Yozuv jarayonida ruchka ushlash qoidalari va uni o’quvchilarga o’rgatish


usulini ayting.
6.

Daftardan foydalanish qoidalariga nimalr kiradi?


7.

Husnixat bilan yozish ko’nikmalarini shaklantirish nimalarga bog’liq?



6-§
§
§
§.Husnixatga o’rgatishning metodik shartlari. 


33
1.



O’qituvchining namunaviy yozuvi – bolalarda to’g’ri yozuvni
shakllantirishning asosiy omili hisoblanadi. Yozishga o’rgatish ko’pincha
taqlid qilish orqali amalgam oshadi. O’qituvchining birinchi o’quv yilida sinf
taxtasi yoki o’quvchi daftariga yozganlari asl nusxa sifatida ko’riladi, chunki
o’quvchilar undan o’z daftariga ko’chirib oladilar. Shuning uchun
o’qituvchining husnixati to’g’ri va chiroyli bo’lishi lozim. Sinf taxtasiga
yozilgan yozuvi esa o’quvchining daftaridagi harflarning joylashishiga mos
xolda bo’lishi kerak. Amaliyotning ko’satishicha, agar o’qituvchi qatorning
oxirigacha yozmasa (to’ldirmasa), bolalar ha undan namuna olib qatorning
oxirigacha yozishmaydi, qog’ozni bekorga sarf etishadi va so’zlarni keyingi
qatorga to’g’ri ko’chirish yo’llani o’rgana olmaydilar, shubhali hollarda
qator oxirigacha ko’chirmaydigan bo’lishadi.
O’qituvchi o’z yozuvini yanada chiroyli va mukammal bo’lishi uchun
uzluksiz shug’ullanib borishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yishi shart.
Shunday fikrlar bor, agar muntazam yozib borilsa, yozuv yaxshilanib
boradi.Lekin buning aksi ham bo’lishi mumkin:inson qanchalik ko’p yozsa, uning
yozuvi shunchalik tushunarsiz bo’lib borar ekan.
O’qituvchi to’g’ri husnixatda yozishni o’rganib olishi lozim.O’qituvchi faqat
nazariy jihatdangina emas,balki har bir harf uchun yo’lga qo’yilgan amaliy
proporsional bog’liqlikni ham bilishi darkor.
Shu bilan bir vaqtda lozim bo’lgan mashqlar orqali qo’lning kaftiniva
barmoqlar harakatini yengillatish va rivojlantirish kerak bo’ladi.
O’qituvchi sinf taxtasida yozish usullarini ham egallab olishi lozim.Sinf
taxtasidayozish jarayonida xatolarga yo’l qo’ymasligi kerak..Masalan , harflarni
grafik yozish,uning uzoqdan qandayko’rinishini hisobga olmasdan yozish, barcha
asosiy va birlashtiruvchi unsurlarni bir hil qolipda yozish kabi .
Faqatgina yaxshi yozuvga ega bo’lgan holdagina o’qituvchi bolalarga
namuna bo’la oladi va ulardan yaxshi natijalar olishi mumkin.O’quvchilar
harflarning tuzilishini ,uni chizishdagi ketma ketligini yaxshi o’zlashtirib olishlari


34
uchun o’qituvchi bularning hammasini sinf taxtasida ko’rgazmali tarzda ko’rsatishi


lozim.
Tajribalarning ko’rsatishicha ,o’quvchi chiroyli va to’g’ri yozuvda
sinftaxtasiga bo’rda aniq va chiroyli yozadigan o’qituvchining o’quvchilari
chiroyli va to’g’ri yozadilar.
Sinf taxtasida yozish malakalariga quyidagilar kiradi:1-navbatda qo’l
harakatini rivojlantirish, simmetriyani xis qilish va taxtaning qaysi qismida
yozilgan harf, so’z va fraza yozilganini tezda topishni ,bir qarashda topa
bilishlikni o’rgatish lozim.
Bundan so’ng bo’r bilan yozishni u bilan ishlash texnikasini o’rganib olish
lozim.Bo’r bilan yozishda ingichka va qalin shtrixlarni yozishni ,shuningdek
ingichka chiziqdan bosib yozishga o’tish va h.zo malakalarni egallash
lozim.Yozuvda sinf taxtasi va bo’rning sifati katta ahamiyatga ega.
1.O’qituvchi bolalarning daftaridagi xato-kamchiliklarni o’z o’rnida aniq
ko’rsatmasligi natijasida bolaning yozishiga nisbatan e’tiborsizlik yuzaga keladi.
2.Aniq va to’g’ri husnixatda yozishga nafaqathusnixat darsida, balki barcha
dars turlarida va sinfdan tashqari yozuv ishlarida,yozma ariza, ular tomonidan
tayyorlanadigan ko’rgazmalar (devoriy gazetalar, jadvallar, shiorlar va h.zo) amal
qilish kerak.
Orfografik - to’g’ri, aniq va tushunarli qilib yozishni talab etish jarayonida
o’qituvchi o’quvchining pala - partish yozuvini va ikki varaq qog’ozga yozgan
yozma ishini ham nazorat qilib borishi lozim. Har bir o’quvchining daftari tartibli
bo’lishiga erishish kerak.
Harflarning yozilishi sodda va to’g’ri bo’lishi kerak. Pedagogik amaliyotda,
boshlang’ich 1-2- sinflarda o’rganiladigan shriftlarning namunasi ishlab chiqilgan.
3 va 4- sinflar amaliyotida qo’llanadigan tez yozuv malakasining boshlang’ich
sinflaridagi yozuvdan anchagina farq qiladi. Xarakterli jiharlaridan biri shundaki,
tez yoziladigan yozuvda ayrim so’zlar qog’ozdan qo’l uzmasdan yoziladi.


35
3. Husnixatga o’rgatish izchil va ketma-ketlik xarakteriga ega bo’lishi


lozim. O’rgatish jarayonida o’qituvchining dastur materialini, o’quvchini soddaroq
shakliy ko’rinishga ega bo’lgan harflardan, murakkabroq ko’rinishga ega harflarga
o’tkazishga va yirik hamda sekin yozuvdan, mayda va tez yozuvga o’tkazishda
e’tibor beriladi.Husnixat mashqlarini o’zaro bog’liqlikda muntazam uyushtiriladi.
Shuni yodda tutishi kerakki, bolani sekin yozuvda harfni to’g’ri yozishni
o’rganib olmaguncha tez yozuvga o’tkazish mumkin e-mas. Shuning uchun ham
dasturda tez yozish ko’nikmalari 3-4-sinflarda shakllantiriladi.
4. Ayrim o’quvchilarning yozuvidagi individual farqlikni kuzatib boorish
mumkin. Bu farq o’ta qiya yozilishda va hokazolarda kuzatiladi.
Dastlabki yozuvga o’rgatish paytida individual ko’p ko’zga tashlanmaydi, bu
hol ko’proq yuqori sinflarda tez yozuvga o’tgan paytda kuzatiladi.
Yozuvdagi individuallik o’ziga xoslikni 4- sinflarda o’tkaziladigan
mashg’ulotlar jarayonida aniqlash mumkin, chunki bu davrda o’quvchilar mustaqil
ravishda bir chiziqli daftarga yozishga o’tgani bo’ladi.
O’quvchida aniq va ravon yozuv hosil bo’lishi uchun o’qituvchi
o’quvchining butun diqqatini harfning grafik shakliga, boshqa harf bilan qo’shilib
ketmasligiga, har biri bir - biridan o’ziga ko’rsatilgan o’lchamga e’tiborini
qaratishi lozim.
5. O’quvchilarning husnihat bilan to’g’ri yozish ko’nikmalarini rivojlantirib
boorish, husnixatga o’rgatish ishlarini sistematik tarzda olib borish talab etiladi.
Buning uchun ham o’quvchilar to’g’ri yozuvning har kungi ko’nikmasi bilan
cheklanib qolmay, uzluksiz ravishda nazorat tekshiruv ishlarini yoki yozuvning
sifatini ‘ko’rish’ ishlarini olib borishlari zarur bo’ladi.
O’quvchilar nazorat vaqtini oldindan bilganlari ma’qul, chunki bungacha
ruchkadagi kamchilikni va daftarni tayyorlab qo’yishga vaqt ajratadilar. Yozib
bo’lgach, bolalar o’z ishlarini o’rtoqlari bilan almashadilar va o’qituvchi bilan
birgalikda tahlil qiladilar. Eng yaxshi ishlar ‘o’quvchi burchagiga ilib qo’yiladi.


36
Nazorat paytida husnixat qoidalariga rioya etgan holda yozilganiga,


harflarning to’g’ri yozilganligiga, matnning oson o’qilishiga, yozuv bir tekisligiga,
matnni o’qish uchun va qog’ozni tejashni rejalay olishga va h. zolarga e’tibor
berish lozim. Muntazam ravishda nafaqat ona tili darslaridagi yozma ishlarini,
balki o’quvchining boshqa o’quv fanlaridagi yozuvini ham tekshirib borish lozim.
Nazorat - tekshiruv ishlarini bir - biri bilan solishtira olishi uchun
o’quvchilarning ishlarini maxsus joyga ilib qo’yiladi. Buning uchun nazorat -
tekshiruv ishlarini alohida qog’ozga yozish kerak va u uncha katta bo’lmagan matn
asaosida bo’lishi kerak. Yozuv malakasini yaxshilanganligini solishtirib borish
uchun har bir o’quvchining nazorat - tekshiruv ishlarini saqlab qo’yish lozim.


Yüklə 251,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin