1. Katta jomega qarashli 2ta kutubxona bolib, biri Sulton Sanjar
2. Al-Kamoliya kutubxonasi (kimga nisbat berilganligi ma’lum emas).
27
8. Madrasa Xotuniyadagi kutubxona.
9.Yana u erda Az-Zamiriya kutubxonasi. Bularning hammasi 1221
yilda
mo’g’’ullar tomonidan xarob etilgan».
Axmad Tayibshoh Movarounnahriy bir necha xatga, ayniqsa,
suls xatiga
ravshanlik kiritgan. 1215 yilda vafot etgan. Ba’zilar bu xattotni Ibrohim shoh
Tayib Axmad deydilar.
Mavlono Yusuf Xurosoniy xattot Yoqutning mashx ur shogirdlaridandir.
Ustozi bilan bir vaqtda vafot etgan. Yoqut xat bilan 1210 yilda ko’chirilgan
«Kalimoti murtazaviyya» asari Ayoso’fiya kutubxonasida saqlanadi. «Kalimot»
bilan birga Ali binni Hilol xatida Salomat ibn Jandal ismli arab shoirning
qasidasini ko’chirgan. Bu qasidani 1218 yilda ko’chirib tamomlagan. 1269 yilda
vafot etgan.
Ibroqim Mirzo Shohrux o’g’li Temur nabiralaridan bo’lib, Sharafiddin Ali
Yazdiy shogirdlaridandir. Ulug‘ tarixchi o’zining «Zafarnomaiy Temuriy» asarini
Temurga bag’ishlab yozgan. Mirzo Ibrohim olti xil xatda tengi yo’q xattot edi.
Yoqut
uslubiga taqlid qilib, xat san’atida undan o’tib ketgan. U yozgan xat
qoldiqlarining ba’zilari hozir ham Sheroz qadimiy binolarida saqlanib qolgan.
Xattot 1431 yilda vafot etgan.
Ahmad Rumiy Sulton Boysunqor kitobxonasining xattotlaridan bo’lib, ko’p
vaqtlar ulug’ kishilar bilan suhbatlashgan.
Sulton Boysunqor Temuriy shahzodalaridandir. U 35 yoshida -1427 yilda
vafot etgan. «Davlatshox tazkira»da ko’rsatilishicha, uning kitobxonasida 40 nafar
mashhur xattotlar tun kun kitobat bilan shug’ullanar edilar. Xattotlik, zarafshonlik,
oltin xalash, naqsh, lavxa, rasm, miniatyura va boshqa badiiy san’atlar
ishlash
Boysunqor davrida ravnaq topgan. Istanbulning xar bir kutubxonasida hech
bo’lmaganda bir nusxa uning davrida ko’chirylgan asar mavjud. Sulton buyrug’i
bilan ko’chirilgan qolyozmalardan «Faraj ba’da shiddat»ning tarjimasi va «Nusxat
ul-arvox» kitobi diqqatga sazovordir.
Mirzo Ulug’bek astronomiya va xandasada o’z davrida yagona bo’lgani kabi