X. G’ulomova, G. Mamatova,Sh. Yo’ldosheva, H. Boqiyeva, A. Sobirova



Yüklə 251,99 Kb.
səhifə22/36
tarix15.10.2023
ölçüsü251,99 Kb.
#155886
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika-hozir.org

4. Ko’rgazmalilik tamoyili. Chiroyli yozuvga orgatishda ko’rgazmali
vositalar ham katta ahamiyat kasb etadi. KcTrgazmali vositalarga «To’g’ri o’tir!»
plakati, bosma harf shakllari ifodalangan kartonlar, xattaxta, o’quvchilar qo’lidan
ushlab yozdirish kabilar kiradi. Harfning yozma shaklini hosil qilishga o’rgatishda
uning bosma shakli ko’rsatilib farqli jihatlari izohlanadi.
Yaxshi tanlangan va mohirlik bilan foydalanilgan ko’rgazmali qurollar dars
sifati va samaradorligini oshiradi.
5. Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili.
O’quvchining individual xususiyatlarini hisobga olish uning bo’yini hisobga olgan
holda oldingi partalarga o’tkazishdan boshlanadi. Parta o’quvchiga mos bo’lsa, u
yozishda qiynalmaydi, tez charchab qolmaydi, chiroyli yozadi.
O’quvchining individual xususiyatini hisobga olganda. Ko’rish qobiliyati
yaxshi bo’lmagan o’quvchilarni yorug’ tushadigan deraza tmonga, eshitish
a’zolarida nuqsonlar bo’lgan bolani esa oldingi partalarga o’tkazish ham nazarda
tutiladi.
Malumki, ruchkani barmoqlar orasida noto’g’ri ushlaydigan o’quvchilar ham
uchraydi, shu sababli bolaning ruchka ushlashiga ham alohida e’tibor qaratiladi.
Daftarga harflarni 65° gradus qiyalikda yozish asosiy rol o’ynaydi. Buning
uchun daftar - parta ustida to’g’ri turishi lozim. shuning uchun o’qituvchi har bir
o’quvchining daftarlarini kuzatib borishi darkor. Bu qoidaga amal qilish ham
yozuv sifatini oshiradi.


50
O’quvchilarning yozuv tezliklarini kuzatish, kamchiliklarini hisobga olish,


yutuqlarini ko’pchilikka namuna qilib ko’rsatish ham bu tamoyilning asosiy
shartlaridan sanaladi.
6. Yozuvga o’rgatishning o’qishga o’rgatish bilan bir paytda amalga 
oshirish tamoyili. Dastur talablari yozuvga o’rgatishni o’qishga o’rgatish bilan bir
paytda amalga oshirishni nazarda tutadi. Savod o’rgatishning dastlabki bosqichida
o’qish va yozuv bog’lab olib boriladi. Bu usul K.D.Ushinskiy tomondan
qo’llangan bolib, hozirga davr foydalanib kelinmoqda. O’quvchi yaxshi o’qish
sifatlari (togri, ongli, tez va ifodali o’qish)ni egallash bilan bir paytda yozuvga ham
o’rgatilib boriladi. Negaki yozish va o’qish bolaning nutqiy rivojlanishi (lug’at
boyligi, gap tuzish ko’nikmasi, nutqning mantiqiy boglanishi)ni ta’minlaydi.
Yomon o’qigan bola yozuvni egallashi qiyin bo’ladi, chunki bo’g’inlab o’qish
malakasidan so’ng, bo’g’inlab yozish malakasi shakllanadi.

Yüklə 251,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin