1. Onglilik tamoyili. Chiroyli yozuvga o’rgatishda, o’quvchilarning
husnixat malakalarini takomillashtirib borishda bu tamoyilga qat’iy rioya qilish
muhimdir. Bu tamoyilga ko’ra o’quvchi harf shaklini qanday va qay tartibda
yozishni bilishi, harfning qiyaligi, bo’yi va enini to’g’ri mo’ljallay olish lozim.
harflarni harflarga ulashda qol uzmaslikka erishish nazarda tutiladi. Ruchka
ushlashda ruchka uchi bilan barmoq oraligldagi masofa 1,5-2 sm bo’lishi e’tiborda
tutiladi. Shuningdek, partada o’tirish qoidalariga (ko’z va daftar oralig’ining 30
sm, daftarning parta ustida ma’lum qiyalikda bolishiga, partada engashmasdan,
boshni to’g’ri tutib, tirsaklarni partaga engil qo’yish, oyoqlarni parta ostiga to’g’ri
qo’yish, kcfkrak bilan parta oralig’i masofasining bir kaft sig’adigan masofada
bolishi) amal qilishga ongli ravishda erishiladi.
2. Genetik tamoyil. Chiroyli yozuv malakalarining shakllanishida genetik
tamoyil katta o’rin tutadi. O’quvchi bu tamoyilga asosan awal shakli osn, sodda
harflarni yozdirishga o’rgatiladi. Ma’lumki, ba’zi bir harflar sodda ko’rinishga ega
bo’lib, ularni yozishda qiyinchilik tug’ilmaydi. Shuning uchurf chiroyli yozuvga
o’rgatishda, dastawal bosh va kichik harflar guruhlab olinadi, hamda shu guruhlash
asosida shakli oson harflardan asta-sekin shakli murakkab, yozish birmuncha
murakkabroq harflarga o’tiladi. Masalan, kichik harflarning 1-guruhiga i, n, m, r
kabilar kiradi. Bu harflar ilmoq shakllaridan iborat bo’lganligi sababli yozishda
qiyinchilik bo’lmaydi. Shuningdek, genetik tamoyil asosida harf, bo’gln, so’z, gap,
matn tartibida osondan murakkabga qarab yozuv mashqlari o’tkaziladi.
3. Takrorlash tamoyili. Chiroyli yozuv mashqlarini esdan chiqmaslik uchun
sistemali ravishda takrorlash juda muhimdir. Takrorlash tamoyili yozish jarayonini
49
avtomatlashtirish asosidir. Chiroyli yozuvda gigienik qoidalarga amal qilish eslatib
turilishi yaxshi natija beradi. Yozuv qiyaligiga amal qilish, harflarni qo’1 uzmay
yozish, harflar, so’zlar orasidagi masofani to’g’ri chamalash va yozishga oid
qoidalarga amal qilishni takrorlash, yozuvni tahlil qilish, ularni taqqoslash kabi
ishlar takrorlash tamoyili asosida olib boriladi.
Xatolarni tuzatish tarzida olib borilishi, uning samarasiz mashqqa aylanib
qolmasligiga amal qilinadi.