X. G’ulomova, G. Mamatova,Sh. Yo’ldosheva, H. Boqiyeva, A. Sobirova



Yüklə 251,99 Kb.
səhifə18/36
tarix15.10.2023
ölçüsü251,99 Kb.
#155886
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika-hozir.org

Na’munaga qarab yozish usuli. Husnixatga o’rgatish usullaridan biri
harflarning shaklini namuna qilib ko’rsatish va yozdirishdir.
Har bir harfning namunasi doskada barcha o’quvchilarning diqqatini jalb qilgan
holda yoki ayrim o’quvchilarga daftarda alohida-alohida ko’rsatiladi.O’quvchining
vazifasi doskada eslab qolgan shakllarini o’z daftarlariga to’g’ri aks ettirishdir.
Doskada yozib ko’rsatilgan har bir harf barcha o’quvchilarga aniq ko’rinib
turishi shart.Agar ayrim o’quvchilar uni aniq ko’rmagan bo’lsalar, qaytadan
takrorlab ko’rsatiladi.
O’qituvchi har bir harflarning bog’lanishi, og’zaki yoki doskada tushuntirish
orqali qo’lni qayerga qo’yish kerak,qayerda qol harakati buriladi, harflarning
baland-pastligi qay darajada bo’lishi kerakligi orqali tushuntiriladi.


45
Nusxaga qarab ko’chirish usuli.


Bu usul qadimiy usul bo’lib hozirgi kunda hamqimmatini yo’qotmagan holda
qo’llanilib kelinmoqda.Bu usulda o;quvchilar harflarni “Husnixat” kitobi yoki
“Yozuv daftari”dagi namunalarga qarab ko’chirib yozadilar.
Tayyor holdagi nuqtalar bilan ifodalangan harflar ustidan qo’lni yurgizib mashq
qilish mehanik jarayon bo’lib, o’quvchilar bu topshiriqni oson bajaradilar.
“Husnixat”darsligida berilgan namunaga qarab yozdirish o’qituvchining vaqtini
tejaydi ,unumli ishlashga yordam beradi.
Nusxa ko’chirish usuli 
Bu metod harf shaklini to’g’ri tasavvur qila olmaydigan,yozayotganda daftar
chiziqlaridan pastga yoki yuqoriga chiqib ketadigan o’quvchilar uchun qo’llaniladi.
Ayrim hollarda o’qituvchi chiroyli yozuvga o’rgatishning dastlabki davrida
o’quvchilarni harf, uning elementlari haqida to’g’ri tasavvurga ega qilish uchun
yupqa xitoy qog’ozidan ham foydalanishi mumkin.Lekinbunday mashqlar qo’l
harakatini o’stirish uchun yordam beradi. Bundan uzoq foydalanish yaxshi samara
bermaydi, o;quvchi harf shaklinimustaqil yoki namunaga qarab yozishda
qiynaladi.shuning uchun ham bu usuldan yakka shug’ullanganda foydalanish
maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 251,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin