R.K. Karimov, texnika fanlari nomzodi, dotsent
O’quv qo’llanmada yarimo’tkazgichli elektronika qurilmalarining negiz elementlari ko’rib chiqilgan. Diodlar, tranzistorlarning sinflanishi, volt - amper va boshqa xarakteristikalari, asosiy ulanish sxemalari va ularni turli ishchi rejimlarida aniq bir qurilmalarda qo’llanilish xossalari keltirilgan. Analog va raqamli qurilmalarning yasalish prinsiplariga alohida e’tibor qaratilgan. Ularning ishlashining matematik ifodalash usullari, hamda berilgan texnik ko’rsatgichlarga ega bo’lgan qurilmalarni analiz va sintez asoslari keltirilgan.
Elektron asboblar va analog va raqamli sxemotexnika qurilmalarining ba’zilarining asosiy xarakteristika va parametrlarini aniqlashga imkon beradigan laboratoriya ishlari keltirilgan.
O’quv qo’llanma tegishli yo’nalishlarda ta’lim olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan.