O‘zgarmas tok kuchaytirgichlari, keng polosali va tanlov kuchaytirgichlari analog mikroelektron apparatura negiz elementlari hisoblanadi.
Kuchaytirgich deb kirish signali quvvatini kuchaytirishga mo‘ljallagan qurilmaga aytiladi. Kuchaytirish manbadan energiya iste’mol qilayotgan tranzistorlar hisobiga amalga oshiriladi. Ixtiyoriy kuchaytirgichda kirish signali faqat manbadan energiyani yuklamaga uzatishni boshqaradi.
Kuchaytirgich xossalarini ifodalash maqsadida kuchlanish bo‘yicha , tok bo‘yicha yoki quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsientlari qo‘llaniladi. Kuchaytirgichlar turli kuchaytirish koeffitsienti qiymatlariga ega bo‘lishi mumkin, lekin doim bo‘ladi.
Kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti desibellarda (dB) ga teng. Agar ko‘p bosqichli kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti desibellarda ifodalansa, u holda ko‘p bosqichli kuchaytirgichning umumiy kuchaytirish bosqich kuchaytirish koeffitsientlari yig‘indisiga teng bo‘ladi.
KU, dB
0
1
2
3
10
20
40
60
80
KU
1
1,12
1,26
1,41
3,16
10
102
103
104
Kuchaytirgich o‘zining kirish va chiqish qarshiliklari bilan, kirish signali manbai – EYuK Yeg esa ichki qarshilik bilan xarakterlanadi.
Agar kuchaytirgichda bo‘lsa, kuchaytirgich kirishidagi signal manbai YeG ga yaqin kuchlanish yuzaga keltiradi. Bunday rejim potensial kirish deb, kuchaytirgichning o‘zi esa kuchlanish kuchaytirgichi deb ataladi.
Agar << bo‘lsa, chiqish kuchlanishi va signal manbai quvvati juda kichik. Bunday rejim tok kirishi, kuchaytirgichning o‘zi esa tok kuchaytirgichi deb ataladi.