203
(taqlidli yuritmali sanoat robotlari uchun); kontaktli yoki kontaksiz uzib ulagichlar
(ochiq boshqarish sistemali sanoat robotlari uchun).
Robot ishchi zonasida odam holatini aniqlash uchun turli xil yorug‘lik
lokatsiyasi datchiklari asosida RTKning himoyasi tashkil etiladi. Bunday himoya
sistemasi tarkibiga yorug‘lik tarqatgichlar va yorug‘lik qabul qiluvchilar
(fotopriyomniklar) juft holda kiradilar, hamda mantiqiy o‘zgartirgichlar blogi
(Mo‘B) ham sistema tarkibida bo‘ladi.
MO‘B fotopriyomniklar signalini va robotning holatini harakterlovchi
signallarni mantiqiy o‘zgartirib, robotning harakatlarini avariyaviy to‘xtatish
komandasi ishlab beradi. Robotning holati bo‘yicha informatsiya Mo‘B ga robot
ishchi fazosida joylashgan kontaksiz mikro – uzib ulagichlardan yuboriladi.
14.2 a- rasmda robototexnik komplekslarning namunaviy konfiguratsiyalari
va yorug‘lik lokatsiyasi qurilmalarning joylashishi keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: