9.2 - rasm. MRT larning umumlashgan alomatlariga ko‘ra sinflanishi.
Operatsion
Xizmat ko‘rsatish
Minipulyatsion
Transport
Boshqaruv
Kombinirlashgan
Sanoat
Nosanoaт
Qishloq
xo‘jalik
Kosmik
Yer osti
Atom
energetikasi
Suv osti
Havo
Universal
Ixtisoslashgan
Maxsus
Masofaviy
Avtomatik
Buyruqli
Hatti-harakatlarni takrorlovchi
Yarimavtomatik
Supervizorli
Dialogli (Interaktiv)
Kombinirlangan
Programmali
Adaptiv
Intellektual
117
Avtomatik boshqariluvchi MRT lar: programmaviy, moslashuvchan va
intelektual MRT larga ajraladilar.
Programmaviy MRT lar oldindan tuzilgan va boshqarish jarayoni
davomida o‘zgarmaydigan boshqarish programmasi asosida boshqariladi.
Amaldagi barcha hozirgi kunda ishlab chiqarishda ishlayotgan MRT lar
programmaviy MRT lardir. Ularning qo‘llanish doirasi nihoyatda keng:
stanoklarga, pechlarga, texnologik liniyalarga xizmat ko‘rsatish payvandlash va
yuklash hamda yuk tushirish operatsiyalarini bajarish va hokazolar. Programmaviy
MRT lar qo‘llanish doirasining cheklanishlari MRT larning konstruksiyalari,
aynan informatsion -o‘lchov datchiklarining kam assortimenti hamda boshqarish
sistemasining nomukammalligi bilan aniqlanadi. Programmaviy boshqarishli MRT
lar mustaqil ravishda o‘z funksiyalarini bajara olmaydilar. Berilgan programmadan
xar qanday chetlanish MRT ning to‘xtab qolishi, ba’zi xollarda ishdan chiqishiga
olib keladi. Bunday cheklanishlar ma’lum darajada ikkinchi avlod MRT larida
yoki moslashuvchan MRT larda engib o‘tilgan.
Ular ma’lum darajada o‘z tarkibida ichki va tashqi axborot datchiklarining
katta to‘plamiga va EHM yordamida amalga oshirilgan murakkab boshqarish
sistemasiga egadirlar.
Sezish datchiklari sun’iy sezgi organlaridir. Ular, haqiqiy mavjud muhit
holatini e’tiborga olgan holda, MRT ijro mexanizmlarini boshqarish qonunlarini
shakllantiruvchi boshqaruv sistemasi uchun qayta aloqa siqnallarining manba’lari
hisoblanadi.
Intellektual MRT lar uchinchi avlodga mansub, sezgisi ko‘proq boyitilgan
va informatsiyani mikroprotsessorli qayta ishlaydi, mavjud holatni payqab
fahmlaydi, noaniq yoki o‘zgarib turadigan sharoitlarda kerakli operatsiyalarni
bajarish uchun o‘zining keyingi hatti-harakatlari yuzasidan avtomatik tarzda
qarorlar qabul qila oladigan sezgiga egadirlar.
|