X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar


 Robototexnik komplekslarning sinflanishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/134
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205903
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   134
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020

5.2. Robototexnik komplekslarning sinflanishi 
Robotlar bilan jihozlangan texnologik uyalar (yacheykalar), texnologik 
bo‘linmalar (uchastkalar) va texnologik liniyalar robotlashtirilgan texnologik 
komplekslar (RTK) deb ataladi. 
RTKlarning turlari mashinasozlik va asbobsozlikdagi ishlab chiqarish 
jarayonlarining xilma-xilligi bilan belgilanadi (5.1-jadval). 
RTKlarning asosiy turlari 
a) Robotlashtirilgan texnologik uya (RTU). RTU RTKning eng 
soddalashgan turi hisoblanadi. Unda asosiy texnologik operatsiyalarning 
minimumi bajariladi. RTK tarkibidagi SR va texnologik jihoz birliklari soni 
unchalik katta emas. RTUda texnologik jihoz butunlay bo‘lmasligi mumkin, 
bunday holda asosiy operatsiyalarni SRning o‘zi bevosita bajaradi. 
b) Robotlashtirilgan texnologik bo‘linma (RTB). Ular texnologik jihozlar 
bilan konstruktiv va tartiblangan tashkiliy jihatdan shu bo‘linma doirasida 
birlashtirilgan bir necha asosiy texnologik operatsiyalarni bajarishlari bilan 
xarakterlanadi. Bu operatsiyalar bir turdagi operatsiyalar yoki har xil turdagi 
operatsiyalar bo‘lishi mumkin. 
v) Agar ular faqat texnologik jihatdan bog‘langan bo‘lsa, bunday 
komplekslar robotlashtirilgan texnologik liniya deb ataladi. 
Eng sodda RTB bitta sanoat roboti xizmat ko‘rsatadigan bir necha 
texnologik jihozlardan tashkil topishi mumkin. 
Sanoat roboti bo‘linma doirasida: a) qo‘zg‘almas bo‘lishi mumkin, bunda 
texnologik jihozlar qo‘zg‘almas robot atrofida joylashtiriladi. b) qo‘zg‘aluvchan 
bo‘lishi mumkin, bunda robot texnologik jihozlar bo‘ylab harakatlanib, ularga 
xizmat ko‘rsatadi. 


81 
RTB larning yana ham murakkabroq turiga bir necha texnologik 
jihozlardan iborat va ularning har biriga bir xildagi SR lari xizmat ko‘rsatadigan 
turlari kiradi. 
Turli turdagi SR larining bo‘linmada birgalikdagi ishlashi ko‘zda tutilgan 
RTB lar ham mavjuddir. 
5.1-jadval 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin