93
Bunday komplekslar robotlarni boshqarishning markazlashgan yoki
markazlashmagan sistemasiga ega bo‘lishlari mumkin. Kompleksning barcha uya
(yacheyka)lari ishchi operatsiyalar va salt yurishlar ketma-ketligining berilgan
programmasini ta’minlab, yagona ritmda, sinxron tarzda ishlaydilar. Bunday
sistemalar eng arzon qiymatli hisoblanadi. Biroq, o‘z navbatida, ular asosiy
texnologik jihoz-uskunalarni bir-biriga nisbatan o‘zaro qat’iy aniqlangan darajada
joylashtirishni talab qiladi.
Yana ham murakkabroq RTKlarga shunday komplekslarni kiritish
mumkinki, ularda uyalararo transport aloqalari maxsus transport qurilmalari -
transportyorlar, ba’zida esa sanoat robotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mexanik ishlov beruvchi va qo‘zg‘aluvchi sanoat robotli robotlashtirilgan
texnologik liniya sxemasi quyida 6.12-rasmda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: