X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar


 Robototexnik komplekslarni joylashtirish. RTKlarni joylashtirishning



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/134
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205903
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   134
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020

6.2. Robototexnik komplekslarni joylashtirish. RTKlarni joylashtirishning 
asosiy turlari 
RTKlarning qanday tarzda joylashtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Robotlar bilan jihozlangan texnologik yacheykalar, bo‘linma (uchastka)lar, qatorlar 
(liniyalar) robotlashtirilgan texnologik komplekslar (RTK)lar deyiladi. 
Mashinasozlikdagi va asbobsozlikdagi ishlab chiqarish jarayonlarining 
xilma-xilligi RTKlarning turlarini aniqlaydi. 
RTKlarning asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz: 
Robotlashtirilgan texnologik uya (yacheyka) (RTYa) RTKlarning eng sodda 
turiga kiradi. Bunday kompleksda texnologik operatsiyalarning mumkin bo‘lgan 
minimumi bajariladi. Bunda texnik jihoz bilan sanoat robotlari donalari soni unchalik 
katta emas. RTYa larning ba’zilarida texnologik jihoz - uskuna butunlay ishtirok 
etmasligi, asosiy
 
operatsiyani esa sanoat
 
robotining o‘zi bevosita bajarishi mumkin. 
Robotlashtirilgan texnologik bo‘linma (RTB).
Bunday kompleks bir 
nechta asosiy texnologik operatsiyalarni bajara olishi bilan xarakterlanadi. Bu 
operatsiyalar bo‘linma tomonidan texnologik, jihoz – uskuna tomonidan konstruktiv 
va boshqarish orqali tashkiliy jihatlaridan birlashtirilgan va o‘zaro bog‘langan. 
Operatsiyalar bir turda yoki bir nechta turdagi bo‘lishi mumkin. 
Agar turli xildagi operatsiyalar texnologik jihatdan bog‘langan bo‘lsa, 
bunday kompleks robotlashtirilgan texnologik liniya (RTL) deb ataladi. 
1.
Eng sodda RTB bitta qo‘zg‘almas sanoat roboti tomonidan xizmat 
ko‘rsatilayotgan bir nechta birlik (dona) texnologik jihoz – uskunalarni o‘z ichiga 
olishi mumkin; texnologik jihoz – uskuna sanoat roboti atrofida joylashtirilishi 
mumkin; yoki sanoat roboti qo‘zg‘aluvchan, harakatchan bo‘lishi va texnologik jihoz 
– uskunalar bo‘ylab harakat qilishi mumkin. 


90 
2.
RTB ning murakkabroq turida u texnologik jihozlarning bir nechta 
donasini va xizmat ko‘rsatayotgan bir xildagi sanoat robotlarining bir nechta donasini 
o‘z ichiga olishi mumkin [8]. 
3.
RTB ning yana ham murakkabroq turida turli xildagi sanoat robotlarining 
birgalikda ishlashi ko‘zda tutilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin