Jihozlar guruhiga xizmat ko‘rsatish jihozni chiziqli, chiziqli – parallel
yoki aylana bo‘ylab joylashtirilganda bitta SR tomonidan amalga oshiriladi. Bunda
SR yuqorida aytib o‘tilgan operatsiyalardan tashqari stanoklar orasida detallarni
88
tashish operatsiyalarini ham bajaradi. Xuddi shu bilan birgalikda SR yordamida
RTK tarkibiga kiruvchi jihozlar ishini dispetcherlash masalalari hal qilinadi.
Ushbu sxemalarning yana bir boshqa xili ma’lumki, unda bir guruh
(dastgoh) stanoklarga bir nechta sanoat robotlari tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.
Bunday sxemalarda stanoklar soni SR sonidan ortiq bo‘ladi. Bu esa nafaqat
detallarga operatsiyalarning turli ketma-ketligi orqali ishlov berishni ta’minlashi
mumkin, balki sanoat roboti tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘p stanokli xizmat
ko‘rsatish bilan bog‘langan asosiy texnologik jihozning bekor turib qolish vaqtini
qisqartirish imkoniyatini ham beradi.
Ishlab chiqarishning seriyali turiga qarab, bunday ishlab chiqarishlarda
foydalanilayotgan va jihozlarga guruhli xizmat ko‘rsatuvchi RTKlar uchun asosiy
texnologik jihozni yuklashning: har bir stanokning mustaqil ishlashidan tortib,
bunday komplekslardan potok liniyalar uchun foydalanishgacha bo‘lgan turli
tashkiliy forma (shakl)lari qo‘llanilishi mumkin. Biroq, SRlari guruhli xizmat
ko‘rsatadigan RTKlarda ishlab chiqarishning kerakli moslashuvchanligini
ta’minlash uchun operatsiyalararo bo‘shliqlar hosil qilish, detallarning ba’zi
turlarida ayrim operatsiyalarning bajarmay o‘tkazib yuborish imkoniyatini
ta’minlash, qayta ishlov berish tartibini o‘zgartirish kabilarni oldindan nazarda
tutish zarur.
SRlari yordamida detallarni stanoklarga mustaqil eltib berish va ularni
stanoklararo yetkazib berish (transportlash) masalalari ham hal etilishi kerak.
Payvandlash, bo‘yash, yig‘ish va shunga o‘xshash asosiy operatsiyalarni
individual bajarish texnologik yoki universal SRlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunday SRlari bazasida turli xildagi yordamchi, transport, yo‘naltiruvchi qurilma
va mexanizmlarni o‘z ichiga oladigan RTK tashkil qilinadi.
Bu qurilma va mexanizmlar ishchi robotning dasturiy (programmaviy)
boshqarish sistemasi tomonidan nazorat qilinadi.
Asosiy texnologik operatsiyalarini bajarishda SRlarining guruhidan
foydalanish deganda tugallangan texnologik jarayonni ta’minlovchi va turli xildagi
89
(yordamchi, texnologik va universal) robotlarning bir-biri bilan bog‘langan yagona
kompleksining qo‘llanilishiga aytiladi.