X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar


Partiyadagi birinchi detal nazorati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/134
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205903
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   134
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020


Partiyadagi birinchi detal nazorati; 

Partiyadagi barcha detallar bo‘yicha eng mas’uliyatli hisoblangan sirtlar 
nazorati; 

Tashqi nazorat. 
Nazoratning birinchi ikkita turi detal partiyasini yasash jarayoniga kiradi. 
Tashqi nazorat esa ishlov berish siklidan tashqarida o‘tkaziladi. Bu nazorat qo‘l 
orqali yoki koordinatali o‘lchov mashinasida avtomatik ravishda amalga oshirilishi 
mumkin. 


101 
Ko‘pgina hollarda partiyadagi barcha detallarni nazoratdan o‘tkazishning 
zarurati bo‘lmaydi, shuning uchun bunday hollarda tanlov yo‘li bilan nazorat 
o‘tkaziladi [9, ]. 
MIS larning texnik xarakteristikalari ularning turlariga qarab o‘ziga xos 
jihatlarga ega. Masalan, moslashuvchan avtomatik bo‘linmalar uchun jihoz 
samaradorligi, mehnat unumdorligi, bir qismli detallar partiyasini yasash vaqti, 
moslashuvchanlik va avtomatlashtirish darajasi kabi texnik xarakteristikalar xosdir. 
Jihoz samaradorligi MIS lar ishining muhim xarakteristikalaridan biri 
hisoblanadi. Biroq, MIS lar samaradorligi umumiy qabul qilingan unumdorlik 
tushunchasidan anchagina farq qiladi. 
MAB uchun samaradorlik deganda ma’lum vaqt intervalida berilgan 
nomenklaturadagi va sifatga ega detallar partiyasini ishlab chiqarish tushuniladi. 
MAB samaradorligini jihozning takomillashganligi bo‘yicha, uning 
texnologik imkoniyatlari va undan foydalanishni tashkillashtirish jihatlari bo‘yicha 
aniqlanadi. Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarish sharoitlarida jihoz 
samaradorligi ko‘rsatkichi o‘rnida vaqt birligi mobaynida ishlab chiqilgan 
mahsulot miqdori qabul qilinadi. 
Kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitlarida samaradorlik ko‘rsatkichi 
sifatida detallar partiyasini yasab ishlab chiqarish siklining uzunligi qabul qilinadi. 
MIS ning amaldagi samaradorligi uning nominal samaradorligidan kamroq 
hisoblanadi, chunki amalda sikldan tashqari vaqt bo‘yicha texnik va tashkiliy 
sabablarga ko‘ra yo‘qotishlarni e’tiborga olish zarur bo‘ladi. 
Ishlab 
chiqarish 
sistemasining 
moslashuvchanligi 
bu 
bitta 
nomenklaturadagi ishlab chiqarishdan qo‘yilgan yangi talablarni qondirgan holda 
boshqa nomenklaturadagi ishlab chiqarishga o‘tish imkoniyati mavjudligidir. 
MIS lardagi moslashuvchanlik shundayki, detallar partiyasining bittasidan 
ikkinchisiga o‘tish avtomatlashtirilgan qayta sozlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Keyinchalik 
jihozlar 
konstruksiyasini 
takomillashtirish, 
puxtaligini 
va 
ishonchliligini oshirish, boshqaruv sistemasi funksiyalarini kengaytirish jarayoni 


102 
hisobiga qayta sozlash ishlarida personalning maxsus amallarida ishtirok etishi 
talab qilinmaydi. 
Moslashuvchanlik nisbiy tushuncha bo‘lib, uning amal qilishi ishlab 
chiqarish masalalari va uning kelajakdagi rivojiga bo‘g‘liqdir. Moslashuvchan 
avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish sharoitlarida bajarilayotgan operatsiyalarning 
katta universalligi orqali katta unumdorlikka erishiladi, kam odamlilik va yaxshi 
ish sharoitlari taminlanadi, mahsulot sifati oshadi. Biroq, yuqorida sanab o‘tilgan 
afzalliklarga qaramay, MIS lar tannarxi yuqoriligicha qolayotqanligi uchun 
mahsulot tannarxi kamayishi o‘rniga ortib boryapti. 
MIS larni avtomatlashtirish darajasi shunday ko‘rsatkichki, u jihoz 
avtomatik ishlash vaqtining sistemadan foydalanish vaqtining umumiy fondiga 
bo‘lgan nisbatiga tengdir. 
Bu kompleks tushunchaga quyidagilar kiradi: 
-sistema ishining puxtalik darajasi (jihozning o‘zi, boshqarish sistemasi, 
hisoblash texnikasi va boshqa komponentlar ishlamay qolishi tufayli kelib chiqqan 
bekor turib qolishlar e’tiborga olingan holda); 
-MIS lar tomonidan avtomatik rejimda yechiladigan turli masalalarni 
integratsiyalash darajasi; 
-MIS lar yordamida avtomatik ishlab chiqarishni tashkil qilish, shu 
jumladan yordamchi xizmat bo‘limlari bilan o‘zaro ta’sirlarni tashkillashtirish; 
-avtomatlashtirishning 
eng 
yuqori 
darajasi 
moslashuvchan 
avtomatlashtirilgan liniyalar (MAL) larga to‘g‘ri keladi.
Biroq bunday texnologiyalar va transport bazalariga yagona talablar 
qo‘yilishi, detallarga ishlov berishdagi o‘tish texnologik operatsiyalarining 
o‘xshashligini ta’minlash zarur. Konstruksiyadagi va detallarga ishlov berish 
texnologiyalaridagi xilma-xillikka ayrim instrumentlarni va ularning to‘plamlarini 
avtomatik ravishda almashtirish, instrument holati yoki uning ish rejimini 
o‘zgartirish, jihozni qayta sozlash hisobiga erishiladi. MAB larda yangi detal yoki 
buyumni yasashga o‘tilayotganda foydalanilayotgan jihoz strukturasi hamda ishlab 
chiqarishni tashkil etish strukturasi o‘zgartiriladi. 


103 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin