99
1.
Detallarni tashish, yig‘uv birliklarini
yuklash va tushirish uchun
qo‘llaniladigan yordamchi robotlar. Robotlarning bunday operatsiyalar uchun
qo‘llanilishi uzatib turuvchi qurilma konstruksiyasini soddalashtiradi;
2.
Izolyatsiyalangan yig‘uv mashinasi. Odatda sodda robotlar qo‘llaniladi
va ular murakkab bo‘lmagan yig‘uv operatsiyalari (pozitsionirlash,
detallarni
o‘tkazish va shunga o‘xshash) ni bajaradilar;
3.
Yig‘uv markazi – kichkina seriyali ishlab chiqarishda detallarni yig‘ish
uchun qo‘llaniladi. Bunday yig‘uv markazi detallarni operatsiyalararo tashish
vazifasini bajarmaydi. Murakkab operatsiyalar bir joyda
ikkita yoki undan ortiq
sanoat robotlari tomonidan bajariladi. Bunday robotlar qisqichni va asbobni
avtomatik tarzda almashtira oladilar;
4.
Robotli moslashuvchan yig‘uv liniyalari. Ular o‘rta
seriyali buyumlar
modifikatsiyasi soni talaygina bo‘lgan ishlab chiqarishdagi yig‘uv ishlarini
(masalan, pechat platalarini yig‘ish,
magnitofon, elektroustara va boshqa shunga
o‘xshashlarni yig‘ish) avtomatlashtirish uchun qo‘llaniladi.
Foydalaniladigan turli yig‘uv robotlari qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas va
shunga o‘xshash turlariga bo‘linadi. Ularga Tur – 10, Tur - 2,5 (Rossiya), UEM –
5 (Rossiya), IBMRTI (AQSh), DEA PRAGMA (Italiya) va boshqalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: