24
Vaqt o‗tishi bilan insoniyat yuqori aniqlik talab etadigan va og‗ir
ishlarni
kompyuter algoritmlari yordamida bajaradi. Bugungi kunda zamonaviy dunyoda
robotlarning qo‗llanilishi hech kimni hayron qoldirmaydi.
Bunda insonning mexanik do‗stlari yelkasida ko‗plab xilma-xil vazifalar
yotibdi.
Tibbiyot, bank xizmati, sanoat, xatto ko‗ngilochar – robotlarni
qo‗llanilishining asosiy sohalari hisoblanadi. Biroq yml sayin ko‗plab
yangi
25
robotlar paydo bo‗lmoqdaki, ular borgan sari sun‘iy intellekt bilan qurollanib
bormoqda.
Faoliyatning turli jabhalarida robotlarning qo‘llanilishiga misollar.
Tibbiyot.
Sog‗liqni saqlash – robotlar mehnati qo‗llanilishi ortib borayotgan soha
hisoblanadi. Ayni paytda robotlashtirilgan xirurgiya faol rivojlanib bormoqda.
2017 yilning bahorida Moskva klinik ilmiy
markazida Janubiy Koreyalik
doktor Yang Vu Kim rahbarligida 77-yoshli bemorning oshqozonida operatsiya
muvaffaqiyatli o‗tkazildi. Voqeaning noyobligi shundaki, manipulyatsiyaning
asosiy qismini tibbiyot roboti amalga oshirdi. Biroq kelajak kirib kelib bo‗ldi.
Kibernetik texnologiyalar tufayli inson yo‗qotilgan
tanasi qismini qaytarishi
mumkin.
Tibbiyotda bionik protezlarni qo‗llash imkoni paydo bo‗ldiki, ulardan
foydalanib inson o‗zining shaxsiy nerv tizimi orqali inson boshqarish imkoniyatini
qo‗lga kiritadi.
26
Oyoqning amputatsiyasidan so'ng, harakat nervlari tanada qoladi va jarroh
ularning qoldiqlarini katta mushakning kichik qismiga biriktiradi. masalan;
Keyin esa eng qizigi rui beradi: odam qo'lini cho'zmoqchi bo'ladi, miya
biriktirilgan nerv bilan mushakka signal yuboradi. Elektrodlar signalni qabul qiladi
va simlar orqali protez qo'l ichidagi protsessorga impuls yuboradi.
Bundan
tashqari, protez yordamida odam teginish, issiqlik va bosimni his
qilishi mumkin.
2017-yil iyun oyida kar-ko‗r 59 yoshli rossiyalikga kibernetik to‗r
parda
muvaffaqiyatli implantatsiya qilindi. Qurilma piksellar rasmini ko'rsatadi va bemor
atrofdagi narsalarni qora va oq konturlar shaklida ko'radi va maxsus mashqlar
miyaga ularni tanib olish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: