X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Baliqchi kasbi
Baliqchi – baliq mahsulotlarini dasturxonimizga yetkazib beradi. 
Baliq inson salomatligi uchun zarur oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi.
Baliqchi fursat kutar,


77
Baliqchi baliq tutar. 
Baliq tutish vaqti bor,
Bunga berar e’tibor.
Tashlar qarmoq yoki to‘r, 
Ov bo‘lishi uchun zo‘r. 
Bank xodimi 
Bank xodimlari, davlat va nodavlat banklarining faoliyatini yo‘lga 
qo‘yadilar. Bankda davlatning pul mablag‘lari aylanishi, fuqarolar 
mablag‘ining saqlanishi tashkil etiladi.
Bankir bankda ishlaydi
U hisobni xushlaydi. 
Kredit, lizing va foiz, 
Joyida bo‘lmoq joiz. 
Jurnalist kasbi
Jurnalist – biz sevib tomosha qiladigan televideniya ko‘rsa tuv larini 
tayyorlab olib boradigan, qiziqib o‘qiydigan gazeta-jurnallarimizga 
lavhalar tayyorlab beradigan kasb egalaridir. Jurnalistlarning 
tayyorlagan ma’lumotlari tanlangan mavzu mazmunini yoritib berishi 
maqola yoki ko‘rsatuvning dolzarbligini belgilaydi. Jurnalist o‘z 
kasbining ustasi bo‘lsa, xalqning ongi, bilimi oshadi. 
Yurtimizda jurnalistlarning faoliyat yuritishi uchun barcha shart-
sharoitlar hamda imkoniyatlar yaratilgan. 
Mahoratli jurnalist
Ma’lumotni juda tez –
Qilar bizga havola, 
Yozar qiziq maqola. 
O‘quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash 
masalalarini muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni 
shakllantirish, o‘zlashtirish va bilim sifatini oshirish ko‘p jihatdan 
kuni uzaytirilgan guruhlarning samarali ishlashiga bog‘liqdir. Sinfdan 
tashqari tashkil qilingan ishlar o‘quvchilar hayotidagi tarbiyaviy 
faoliyatini to‘ldiradi. Ularning dunyoqarashi to‘g‘ri shakllanishiga, 
kasb-hunar tanlashiga, axloqiy kamol topishiga ko‘ maklashadi. 


78

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin