X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

7. Fakultativ mashg‘ulotlar. 
Ayrim maktablarda fakultativ mash-
g‘u lotlarga ajratilgan soatlarning ma’lum qismidan kasb tanlashga 
yo‘llash ishi uchun foydalaniladi.
Kasb to‘g‘ri tanlanganda ular o‘z qobiliyatlarini va qiziqishlarini 
yaxshiroq ro‘yobga chiqarishlari hamda jamiyatga ko‘proq foyda 
keltirishi mumkin.
Kasbga yo‘llash, qiziqtirish hamda malaka va ko‘nikmalarini shakl-
lantirishda o‘quv jarayonidagi ta’lim-tarbiya ishlari muhim ahamiyat 
kasb etadi. Binobarin mehnat ta’limi fanlari bo‘yi cha tarbiyaviy ish-
lar ning o‘ziga xos xususiyatlari, maqsadi, vazifal arining beqiyos 
ahamiyati mavjud.


76
Kasbni to‘g‘ri tanlash
– inson turmushida muhim qadamdir, yosh 
avlodning butun hayotidagi muvofaqqiyati ko‘p jihatdan kasbning 
qanchalik to‘g‘ri tanlashiga bog‘liq.
Kasblar haqida ma’lumot
O‘qituvchi kasbi
O‘qituvchi kasbi sharafli kasb. O‘qituvchi bizga bilim beruvchi 
inson. O‘qituvchidan olgan bilimi bilan inson kelajakda komillik yo‘-
li ni topadi. Buning uchun, albatta, o‘qituvchi berayotgan bilimni chu-
qur egallash lozim.
Bilim olib chinakam,
O‘rganamiz harf, raqam.
Hammaga berar ta’lim,
O‘qituvchi-muallim.
Haydovchi kasbi
Haydovchi erta tongdan kun botgunga qadar odamlarni o‘z 
manzillariga bexatar yetib olishlari uchun xizmat qiladi. Haydovchi 
kasbi doim ziyraklik, hushyorlikni talab etadi. Haydovchi mashina, 
avtobus, tramvay, yuk mashinalarini boshqaradi.
Mashinada, poezdda,
Tramvayda – temir izda
Ziyrak, mohir haydovchi,
Tashir yuk va yo‘lovchi.
Quruvchi kasbi
Quruvchi – uy va binolar quradi. Quruvchi qurgan uylarda 
yashaymiz, binolarda o‘qiymiz, mehnat qilamiz. Quruvchilar qurgan 
uylar mustahkamligi, shinamligi bilan shahrimiz ko‘rkiga ko‘rk 
qo‘shadi. Demak, quruvchilik sharafli kasb.
Suvoqchi, g‘isht teruvchi,
Tomni yorib beruvchi.
Ko‘p ishlarni biluvchi,
Ular bari –quruvchi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin