88
yuqori qismidagi uchlari esa orqaga qaytarib buklanadi. Natijada
“Lola” shakli hosil bo‘ladi. Lolaning bandini boshqa qog‘ozni silindir
shaklida o‘rab, uni lolaning pastki puflangan qismiga kiritib qo‘yish
bilan tugallash mumkin. Bu bandga lolaning bar gini, g‘unchasini ham
yopishtirib qo‘yish mumkin.
Maktabda muqovalash ishlari.
Kitobni qo‘lda muqovalashga
aloqador barcha amaliy ishlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
qo‘lidan bemalol keladi. Muqova ishlarini bajarishda o‘quvchilar
qog‘oz va kartonga ishlov berish (egish, qirqish), kartonga qog‘oz
yopishtirish, ayrim-ayrim varaqlarni yopishtirish kabi malakalarini
mustahkamlaydilar. Ular kitobga muqova qilish usullarini o‘rganib,
egal lab borar ekanlar, poligrafiya sanoatining tarmoqlaridan biri ha-
qi da bilim olib, muqovasozlik ishining asoslari bilan tanishadilar.
Mu qo va ishlash ishiga aloqador kasblar bilan tanishadilar. Bundan
tashqari bolalarga kitobga muhabbat, unga nisbatan tartiblilik bilan
muno sabatda bo‘lish singdiriladi. Muqova yasash ishlarini bajarish
jarayonidagi muqovani bezashda bolalardagi badiiy did, o‘lcham olish,
qirqish va egish ishlarida aniqlik va tartiblilik rivojlanadi. Kitoblarni
tuzatishda ularni ijtimoiy foydali mehnatga o‘rgatiladi.
Dostları ilə paylaş: