Tabiiy material
– bolalar ijodiyotini rivojlantirish uchun aso siy
tayanch hisoblanadi. O‘quvchilarga o‘yinchoq va buyumlar yasash-
da ulardan qanday foydalanishni o‘rgatish zarur. Shu maq sadda tabiiy
materiallar burchagi tashkil etiladi. Tabiiy materiallar bur chagini sinf-
xonada, uyda tashkil etish mumkin.
Tabiiy materiallardan buyum va o‘yinchoqlarni tayyorlash – qizi-
qar li, oddiy bo‘lmagan va juda yoqimli mehnatdir.
Tabiiy materiallarni to‘plash, saqlash va ularga ishlov berish tabiat-
shu noslik darslarida egallangan bilimlarni qo‘llash hamda ularni mus-
tah kamlash imkonini beradi.
O‘quvchilar tabiatdagi ekskursiyalar vaqtida turli xil tabiiy mate-
riallar, masalan: yong‘oqlar, barglar, shoxchalarni, ko‘l, hovuz qirg‘oq-
laridan – chiroyli toshchalar, chig‘anoqlarni olib kelishadi. O‘quvchilar
tabiiy to‘plash jarayonida turli materiallarni teradilar, ushlab ko‘ra-
dilar, shaklini, rangini, har birining xususiyatini o‘rganadilar. Bu
esa materiallarning nomini eslab qolishga yordam beradi. Masalan,
bola lar yong‘oqning yumaloqligini, jigarrang ekanligini, ustki qismi
g‘a dir-budur ekan ligini bilib oladilar, cho‘chqa yong‘og‘ini esa oval
shakl da, yaltiroq sariq-jigarrang bo‘lishini bilib oladilar.
Tabiat bilan bo‘lgan muloqot bolalarning tasavvurini kengay tiradi,
diqqat bilan kuzatish qobiliyatini shakllantiradi, tabiiy mate riallardan
buyumlar yaratishda idrok va tasavvurning bir butunligini saqlaydi.
Buyumlarni yasashda o‘quvchilar avval qiynalsalar, keyinchalik,
uzluksiz mehnat natijasida bolaning o‘ziga ishonch, aniqlik, qoniqish va
xohish kabi sifatlarga ega bo‘ladi va barmoqlari epchil harakat qila di.
Tabiiy materiallar bilan ishlash bolaning aqliy rivojlanishiga, ta-
fak kuri va fikrlash qobiliyatining rivojlanishiga katta ta’sir qiladi.
103
Tabi iy materialdan buyum tayyorlash jarayonini kuzata di gan bo‘lsak,
boshida bolalar namunani ko‘rib chiqadilar, uning tarkibini, tayyorlash
usulini tahlil qiladilar; bu jarayonni o‘zlash
tirgandan so‘ng ish
murakkablashadi. O‘quvchiga tayyorlanadigan o‘yinchoqning rasmi
yoki foto surati ko‘rsatiladi va ular topshiriq yoki o‘zining o‘ylagan
fikri asosida buyumni yasaydilar.
O‘yinchoqlarni tabiiy materiallardan tayyorlashning qiziqar liligi
bolalarning diqqatini rivojlantiradi, uning mustahkamligini oshiradi.
Erkin diqqat shakllanadi. Masalan, kuchukchani tayyo rlashda bolalar-
ga avval uning oyoqchalarini mahkamlash joylarini diqqat bilan ko‘rib
chiqib (ular simmetrik holda turishi, past ham, baland ham bo‘lmasligi,
haqiqiyga o‘xshashi kerak) teshiklarini belgilash, boshi va boshqa
detallarini mahkamlash joylarini ko‘rib chiqish tavsiya etiladi.
Tabiiy materialdan qilingan buyumlar ko‘pincha bolalarning qi-
zi quvchanligini qoniqtiradi. Bu mehnatda har doim yangilik, ijo diy
izlanish, yanada yuqori natijalarga erishish imkoniyati bor. O‘yinchoq-
larni tayyorlashda bolalarni qulay emotsional yo‘nal tirish, mehnatda
muloqat quvonchi, chiroyli o‘yinchoq yasash jara yonida rohatlanish
hissi umumiy rivojlanishi uchun juda muhimdir. Tabiiy materiallardan
o‘yinchoqlar yasash meh nati bola shaxsining rivojlanishiga yordam
beradi.
O‘yinchoqni yasash oson ish emas. Uni yasashda noaniqlikka duch
kelganda, o‘quvchilarga mustaqil ravishda uni bajarish yo‘llari o‘r ga-
tiladi. Ba’zan biron-bir ishni yasash uchun kerakli o‘lchamda eman
daraxtining g‘uddalarini tanlash, o‘yinchoq qismlarini o‘lchash yo‘l-
larini amalga oshirish va h.k.
Kattalar yordami bilan bola omadsizlik sababini, ularni yengish
yo‘l larini o‘rganadi. Shu asnoda unda maqsadga intilish, qat i’yatlik,
bosh langan ishni oxiriga yetkazish kabi sifatlar shakl lanadi.
Ushbu mehnat turida o‘z faoliyatini baholash va nazorat qilish sifa-
tini shakllantirishning real imkoniyatlari bor.
Tabiiy materialdan o‘yinchoq yasash mehnati individual va jamoa-
viy bo‘lishi mumkin. Kattalar kabi bolalarga ham jamoaviy mehnat
ulkan quvonch olib keladi. Bu yerda shunisi muhimki, bolalar jamoa-
viy mehnatning natijasini, foydasini tushunishlari kerak.
|