X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015


Ishni bajarilish tartibini aniqlash



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Ishni bajarilish tartibini aniqlash:
1. predmetning qismlari 
joylashishini grafik tasvirlash
;
2. predmetning qismlari uchun shakli hamda o‘lchamlari bir xil 
bo‘lgan barglarni topish;
3. ularni qog‘ozga joylashtirish;
4. ishning bajarilish texnologiyasi haqida tushuntirib berish;
5. ishni amaliy bajarish.
Applikatsiy
ani 
bajarish bo‘yicha mustaqil ish
:
1. shaklni, o‘lcham va bo‘yoqlarni to‘g‘ri tanlash;
2. yelimlash ishlarini tartibli bajarish;
3. detallarning joylashishini to‘g‘ri tasvirlash;
4. ish bajarilgan qog‘ozning orqasiga barglaridan foydalanilgan 
daraxt yoki o‘simliklarini ngnomlarini yozish.
Bajarilgan ishning
 tahlili va baholash
:
1. ish bajarilishida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni aniq lash;
2. xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida to‘g‘rilash;
3. namunali, sifatli va chiroyli bajarilgan ishlarni rag‘bat lantirish.
Bargning xususiyatlari va shakllari shunday xilma-xilki, ap-
plikat siyalar yasashda ulardan asosiy material sifatida ham, yasalgan 
narsalarga bezak berish materiali sifatida ham foyda lanish mumkin. 
Bu ishlarni bajarish o‘quvchilarni estetik didi ni, tasavvurini oshiradi 
va ijodiy izlanishi va ijodiy fikrlash qobi liyatlarini o‘stirishga yordam 
beradi.


100
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, o‘quvchilarni barkamol shaxs 
sifatida tarbiyalash, ijodkorlik qobiliyatlari, ko‘nikma va shaxs 
xislatlarining shakllanishida muhim bosqich bo‘lib, o‘quv fanlari va 
darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ijodiy yondashish, ta’lim jarayonini 
integratsiyalash asosida tashkil etishga zamin bo‘ladi.
Urug‘lar
. O‘yinchoq uchun tabiiy materiallarga qimmatli qo‘ shim-
cha bo‘lib daraxtlar, gullar, sabzavotlar urug‘lari xizmat qiladi. Masa-
lan: zarang, shumtol urug‘lari. Bolalarga ular qanotchalar sifatida 
ta nish tiriladi. Ulardan ninachi qanotlarini, quyon quloqlarini, baliq 
suz gichlari, tarvuz, qovun, kungaboqar urug‘laridan ko‘zlar yasash 
mum kin. Urug‘larni kuzda yig‘ish yaxshiroq.
•Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi;

ochiq tondagi qog‘oz va fon tanlanadi;

applikatsiyaga mo‘ljallangan tasvir uchun urug‘lar tanlanadi;

tasvir ustida ishlanganda asosiy e’tibor tanlangan mavzuning 
mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o‘lchamlari, ranglarini tan-
lashga qaratiladi;

tasvirlash lozim bo‘lgan predmetlarning holati aniqlanadi;

tasvirlanadigan urug‘ ranglari va hodisalarning uyg‘unligiga eri-
shiladi;

tasvirning barcha detallari, hatto eng kichiklari ham urug‘dan tay-
yorlanadi, ularni chizmaslik kerak;

urug‘lar qog‘oz sathiga joylashtiriladi va o‘ylangan tasvir hosil 
qi linadi;

agar bu tasvir ma’qul bo‘lmasa, urug‘lar boshqacha joylash tiriladi;

urug‘larni yelimlashda PVA yelimidan foydalaniladi;

tasvirning kerakli qismi yelimlanadi va urug‘lar yopishtiriladi;


101

urug‘larni yelimlashda qisqichlardan foydalaniladi;

urug‘larni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun ularning 
o‘rnini qalam bilan belgilab qo‘yiladi;

urug‘lar yelimlab bo‘lgandan so‘ng quritish uchun qo‘yiladi. Qu-
ritishda yelvizak bo‘lmasligi kerak.
Somon 
texnikasi yangi yo‘nalish bo‘lganligi uchun asta-sekin 
yoshlar tomonidan o‘rganilmoqda. Ayniqsa bu sohani imkoniyati 
chek langan bolalarga o‘rgatish quvonarli hol. Chunki ular ish jara-
yo nida o‘zlarining nogiron ekanliklarini unutib, yaratayotgan namu-
nalaridan zavq olishadi va hunar egasi bo‘lishadi.
1. Avvalo xomashyo sifatida somon kerak bo‘ladi. Aynan bug‘ doy 
yig‘ini boshlangan vaqtda somonning kerakli, ya’ni tepa va pastki 
bandlari alohida yumshoq hamda qattiqligiga qarab, qirqib olinadi. 
Chunki, tepa qismi quyosh nuriga yaqinligi uchun qizarib, to‘qroq, 
pastkisi esa salqinlikda ochroq rangda bo‘ladi. Ushbu qalamchalarni 
bunday ajratishning boisi, ular asar tayyorlash jarayonida o‘z o‘rniga 
moslab qo‘llaniladi.
2. Yig‘ib olingan qalamchalar 1 kun davomida suvga solib qo‘-
yiladi va ular ho‘l nam holicha olinib, qattiq bosib, birma-bir dazmol 
qilinadi. Ushbu sohani tanlagan hunarmand nafaqat o‘z ishini bilishi, 
balki tasviriy san’at yo‘nalishini ham puxta egallashi lozim. Asar 
uchun eskiz tayyorlashda bu juda asqotadi.
3. Endigi navbat chizmaga. Qog‘ozga o‘ylangan kompozitsiya chi-
zib olinadi va ushbu eskiz oddiy qog‘ozga ko‘chiriladi. Eskiz ning har 
bir qismi alohida-alohida qirqib olinadi.
4. Dazmollangan somon qalamchalari kompozitsiyaning kerakli, 
ya’ ni issiq, sovuq, soya, nur kabi joylariga moslab qog‘oz ustidan 
yelim yordamida yopishtirib chiqiladi.
5. Yaratilgan asar janriga ko‘ra, unga ishlov beriladi. Masalan, 
bola kay obrazi bo‘lsa, uning yuziga ifoda berish maqsadida maxsus 
kuy dirish uskunasidan foydalaniladi. Bu uskuna yordamida asar xuddi 
rassom chizgandek tasvirlanadi.
Alohida ishlangan kompozitsiya o‘zaro birlashtiriladi va qora mato 
yoki somon qalamchalaridan tayyorlangan tag qismiga yopishtiriladi. 
Hajmiga qarab, ramkaga solinadi. Asosiysi, ular hech bir ranglarsiz 
ustaning mahorati ila asar sifatida yaratiladi.


102
Rangsiz kompozitsiyalar ranglilaridan farqli ravishda yarati lishi, 
kuydirilishiga ko‘ra ancha murakkab hisoblanadi. Rangli qi lish mum-
kin, ya’ni somon ustidan bo‘yoq beriladi. Latviya, Belorussiya, Litva 
va Rossiyaning turli shaharlarida somonchilik na’munalaridan aynan 
rangli qilib tayyorlanadi. 
Tabiiy materiallar bilan ishlash jarayonida o‘quvchilar ona tabiat 
bilan yaqinlashishga, unga tejamkorlik va mehribonlik, ehtiyotkorlik 
bilan munosabatda bo‘lishga o‘rganadi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin