X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015


Mavzu: Plastilin bilan ishlash darslari tashkil etish metodikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Mavzu: Plastilin bilan ishlash darslari tashkil etish metodikasi
Boshlang‘ich sinflarda plastilin bilan ishlash mashg‘ulotlarining 
maqsadi va vazifasi bolalarning haykaltaroshlikning elementar asoslari 
bilan tanishtirish va amaliy ishlashga o‘rgatishni nazarda tutadi. Bun-
day mashg‘ulotlarni yuksak saviyada tashkil etish va o‘tkazish har 
bir o‘qituvchidan mazkur soha bo‘yicha ma’lum tayyorgarlikka ega 
bo‘lishni talab etadi. Buning uchun o‘qituvchilar o‘z ustilarida ko‘p-
roq ishlashlari, haykaltoroshlik va sopolchilik asoslarini yaxshi bilib 
olishlari kerak bo‘ladi.
Mehnat darslarida loy, plastilin, mum kabi materiallardan foy-
dalanib, ulardan turli o‘yinchoqlar, jonivorlar, qushlar, ertak qahra-
monlari yasaladi. O‘yinchoq –dekorativ san’atning eng qadimgi 
turlaridan biri bo‘lib, qadim asarlarda loydan yasalgan narsalar 
bizgacha yetib kelgan. Mamlakatimizda san’at va madaniyatning 
rivojlanib borishiga ko‘ra o‘yinchoqlarning assortimenti, ularning 
obrazlari yildan-yilga boyib bormoqda. O‘yinchoqlar yasaladigan 
materiallar xilma-xildir. Biroq afzallik loyga beriladi. Loy narsalar 
yasashda asosiy material hisoblanadi.
Loy –
narsalar yasashdagi asosiy material hisoblanadi, chunki u 
istalgan joyda topiladi, arzon va qayishqoqdir. Narsalar yasaladigan 


106
loyda boshqa narsalar – tosh, qum va shu kabilar bo‘lmasligi kerak. 
Chunki ish qo‘lda bajariladi. Shuning uchun ish boshlashdan oldin 
loyni tekshirib ko‘rish kerak.
 
Loy shirali va shirasiz bo‘ladi. Shirasiz 
loyning tarkibida ko‘p qum bo‘lib, unda yopishqoqlik xususiyati 
yomon bo‘ladi. Loyni aralashmalardan tozalab, ustiga suv qo‘yib, 5-6 
soat saqlanadi. So‘ngra suvi to‘kib, qo‘lga yopishmaydigan quyuqroq 
xamir holatiga kelguncha yaxshilab ishlanadi. 
Loy va plastilin ham turli narsalar yasash uchun juda qulay bo‘lib, 
ayrim xususiyatlariga ko‘ra, bir-biridan ajralib turadi. Masalan, 
plastilin rang-barangligi va doimo ishga tayyor holda ekanligi bilan 
ajralib turadi. Lekin asosiy kamchilik shundaki, plastilin issiqda tez 
erib ketadi va o‘zining qayishqoqlik xususiyatini yo‘qotadi. Bundan 
tashqari plastilindan ishlangan haykalchalarni ochiq joyda saqlash 
juda qiyin. Undan asosan kichik modellarni yasashda foydalaniladi. 
U sun’iy plastik massa bo‘lib, loydan hech qachon qurimasligi bilan 
farqlanadi. Plastilinning har xil: oddiy va murakkab turlari bo‘lib, 
ularni tayyorlashning bir nechta variantlari bor. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin