109
1. Gazlama haqidagi umumiy tushunchalar bilan tanishtirish.
O‘sim lik (paxta, zig‘ir)dan tayyorlanadigan gazlamalar haqida dast-
labki ma’lumotlar beriladi. Gazlamaning tuzilishi, ulardagi iplarning
to‘ qilishi haqidagi ilk ma’lumotlar beriladi.
2. Gazlamalar asosan nimalarga mo‘ljallanganligi bilan tanish-
tirish: ki yim-kechak, turmush narsalariga va shu kabilar.
3. Ishlatilishi (tikish, yamash, to‘qish iplari) va yo‘g‘on-ingich kali-
giga ko‘ra farqlanadigan iplar bilan tanishtirish.
4.Tikish va to‘qishda ishlatiladigan asosiy asboblar hamda mos la-
malar (nina, qaychi, angishvona, to‘g‘nog‘ich) va ularni saq lash ning
asosiy qoidalari bilan tanishtirish.
5. Sanchiluvchan asbob va moslamalarni ishlatganda texnika
xav fsizligi qoidalari bilan tanishtirish. Tikish vaqtida to‘g‘ri o‘tirish
qoida lari, gigiyena talablari.
6. Kerakli uzunlikdagi ipni o‘lchash, uni qirqish yo‘llari
bilan ta-
nishtirish (ularni tishlab, tortib uzishga yo‘l qo‘ymaslik), lentani o‘l-
chash va qirqish.
7. Ip va tolaga ishlov berish usullari bilan tanishtirish.
8. Yo‘g‘on ip va toladan to‘qishga o‘rgatish.
9. Ignaga ip o‘tkazish, tugun solish, ipni mustahkamlashni o‘rgatish.
10. “Bahya chok” (biriktiruvchi va bezovchi) tushunchalari bilan
tu s huntirish.
11. Oddiy andоzalar tayyorlash. O‘qituvchi chizmasiga muvofiq
to‘g‘ ri burchak shaklidagi andоzalar qilish.
12.
Gazlamani andоzaga ko‘ra chamalash.
13. Gazlamani qaychi bilan qirqish usullarini tanishtirish.
14. Gazlamani qalam yoki bo‘r bilan belgilangan to‘g‘ri yoki egri
chiziq bo‘ylab qaychida qirqishni o‘rgatish.
15. Gazlamadan narsalar tikishni o‘rgatish.
16. Tugma qadash usullarini o‘rgatish.
Bu mashg‘ulotda o‘quvchilar natural ipak
va jun tolali materiallari,
to‘qimachilik sanoati mahsulotlari bilan tanishadilar. Namuna, rasm,
chizma va berilgan o‘lchamlar bo‘yicha andоza olishni va gazlamaning
xususiyatlarini (pishiqligi, egiluvchanligi, tuzilishi) ni o‘rganadilar.