X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Asboblar:
1. Ignalarning turli katta-kichiklari.
2. G‘altakli turli rangdagi iplar.
3. Rangli mulina iplar.
4. Turli rangdagi ipakli iplar.
5. Qaychi.
6. Bigiz.
7. Ombir.
8. Dazmol.
9. Angishvona.
10. Qalam.
Ashyolar:
Yumshoq o‘yinchoq uchun iloji boricha yangi yoki avvaldan yuvib, 
dazmollangan satin, barxat, shtapil, paxmoq, chit, junli matolar zarur.
Hayvonlarni o‘yinchoqlarini tayyorlash uchun tukli mato, sun’iy 
va tabiiy jun matolaridan foydalaniladi.
Tana yuz ko‘rinishini tasvirlovchi o‘yinchoqlar uchun shifon, sun’-
iy tolali shoyi matolar, yuz uchun och pushti, och jigarrang ma to-
lar olinadi, kiyimlari uchun rangli matolar, soch uchun sun’iy ip lar, 
viskoza, qismlarni biriktirishda 1-2 mmli yumshoq simlar, o‘yin choq-
larni jihozlashda har xil tugmalar, biser, tasma, lentalar, shunurlar ham-
da eskiz tayyorlash uchun plastilin zarur. O‘yinchoq ichi paxta bilan, 
tiri kotaj chiqindilari, averlo qilishda yog‘ochdan chiqqan qirindilar 
bi lan to‘ldirish mumkin.
Yumshoq o‘yinchoq tayyorlashda ishni nimadan boshlash kerak? 
Dastlab bolalarni ignani ushlashdan, igna to‘g‘nog‘ichdan o‘rinli 
foydalanishdan, so‘ng eng oddiy chok turlarini tikishdan boshlash 
zarur. Chok turlarini o‘rgatish uchun amaliy bir nechta ish tavsiya 
etila di. (Ro‘molcha tikish, xaltacha tikish va boshqalar). Bu esa bola-
lar ni chok turlarini tikish malakasini egallashga sharoit yaratadi. Bola-
lar da igna bilan ishlash malakasi hosil bo‘lgandan keyin oddiy model 
tay yorlashga o‘tiladi. Bolalar qo‘lda tikadilar, kattaroq bolalar tikuv 
ma shi nasidan foydalanishlari mumkin. 
Yumshoq o‘yinchoq tikish izchilligi quyidagi bosqichlardan iborat: 
Mato tanlash, g‘ijim matoni dazmollash, matoga andoza chizish, qis-


113
m larni bichish, tikish, ichini to‘ldirish, ustini jihozlash.
Andoza kartondan tayyorlanadi, bichishga mato ikkiga buklanadi, 
uning chap tomoniga andoza qo‘yib bichiladi. To‘q mato bo‘lsa an-
doza oq yoki sariq rangi qalamdan, och rangi mato bo‘lsa qora rangli
qa lam dan tayyorlanadi.
Chizib olingan mato har tomondan 0,5 sm chok uchun qoldirilib, 
qirqiladi, so‘ng qo‘lda yoki mashinada tikiladi. Burchaklar o‘ng 
tomonga chiqariladi. Tayyor tikilgan forma metal tayoqcha yordamida 
o‘tmas tomoni bilan o‘ngiga ag‘dariladi.
Agar o‘yinchoq tabiiy jundan tayyorlanayotgan bo‘lsa chok haqqi 
qoldiriladi, chetlari qalin ipda tikiladi.
Hayvon va qush o‘yinchoqlarini tikish quyidagi qoida bo‘yicha 
amal ga oshiriladi: avval tana va qorin qismlari bir-biriga tikiladi. 
Ayi q cha shaklining ikki yarmi tayyor bo‘lgandan so‘ng ularni birga 
tikiladi. Tikilgan shakl o‘ngiga ag‘darilib qoldirilgan joydan ichi to‘l-
diriladi, qismlari bir-biriga ko‘rinmas chok bilan birlashtirib tikiladi. 
O‘yinchoq ichi paxta yoki mayda mato qiyqimlari bilan to‘ldiriladi.
O‘yinchoq tayyorlashni qiyinlik bosqichiga qarab ikki guruhga 
ajratiladi:

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin