111
Savollar:
1.Qanday gazlama turlari mavjud?
2. Gazlamaga ishlov berish usullari qanday?
3. Gazlama bilan ishlashda ish joyi qanday tashkil qilinadi?
Mavzu: Yumshoq o‘yinchoqlar yasash
darslarini tashkil etish metodikasi
O‘yinchoqlar
– bolalar o‘yinlari uchun
yaratilgan maxsus pred -
metdir. Biroq bu aniq predmetning kichiklashtirilgan nusxasi emas,
bal ki uning shartli tasviri, o‘ta umumlashtirilgan badiiy obrazdir. Ifo-
dali shakl va harakatlilik, ravshanlik va rangning shartliligi bularning
bar chasi bolani o‘yinchoqqa jalb qiladi. U bilan o‘ynash
ishtiyoqini
tug‘ diradi. O‘yinchoq bola quvonchining manbayidir.
Yumshoq o‘yinchoqlar bilan turli yoshdagi bolalar shug‘ul lanishlari
mumkin. Aytishlaricha, yumshoq o‘yinchoqlarni yasab o‘ynash faqat-
gi na
kichik bolalarga xos, lekin tajribalar shuni ko‘rsatadiki, yumshoq
o‘yin choqlar bilan faqat bolalar emas, bal ki katta yoshdagi bolalar
ham qiziqadilar.
Kichik o‘quvchilar o‘yinchoqlarning eng
oddiy turlari, kat taroqlari
esa qo‘g‘irchoq teatri qo‘g‘irchoqlarini, turli holat dagi o‘yinchoqlarni
tay yor laydilar. O‘quvchilarga o‘yin choqlar yasashni o‘rgatish uchun
avvalo o‘qituvchi o‘zi bu san’atni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak.
O‘zi tayyorlagan chiroyli o‘yinchoqlarni o‘quvchilarga ko‘rsatar ekan,
ularda ham o‘yin choqlar yasash qiziqishi paydo bo‘ladi.
Yumshoq o‘yinchoq yasashni uning yasash texnologiyasi uslubi,
tayyor shablon asosida boshlash mumkin. O‘yinchoq
an doza asosida
tayyorlanishiga qarab, bolalarni intilishlariga, o‘zlari o‘ylab qo‘ygan
g‘oyalariga qarab rag‘batlantirish kerak.
Ishni tashkil qilishdan oldin quyidagi ashyolar va asboblarni tayy-
orlash kerak: