X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015


Turli asboblardan foydalanishda texnika xavfsizligi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Turli asboblardan foydalanishda texnika xavfsizligi 
qoidalari:
Qaychidan foydalanish qoidalari
1. Qaychini belgilangan joyda, belgilangan holatda saqlang. 
2. Qaychini uchini yuqoriga qilib ushlamang. 
3. Qaychini ochiq holda qoldirmang. 
4. Qaychini yurib turganingizda ishlatmang.
5. Qaychini faqat yopilgan holda uchidan ushlab o‘rtog‘ingizga 
uzating. 
6. Qaychini ishlatayotganda kesilishning yo‘nalishini va materialni 
ushlab turgan chap qo‘l barmoqlarini kuzatib turing. 
7. Yaroqsiz qaychini ishlatmang, uni o‘qituvchiga topshiring.
Bigizdan foydalanish qoidalari
1. Bigizni o‘rinsiz ishlatmang. 
2. Sirti silliq, sirg‘anchiq qattiq predmetlarni bigiz bilan tesh mang.
3. Teshiladigan predmetni qo‘lingizda ushlamang, uni stol, tag lik 
us ti ga qo‘yib teshing.


121
Pichoq bilan ishlash qoidalari
1. Uchi yumaloq pichoqdan foydalaning. 
2. Pichoqni o‘qituvchi ko‘rsatganidek ishlating, kesganda qattiq 
bos mang. 
Nina bilan ishlash qoidalari.
1. Ninani ishlatib bo‘lgach, maxsus nina yostiqchaga sanchib qo‘-
ying. 
2. Ninanni hech qachon og‘zingizga olmang.
3. Ortiqcha ninalarni ignadonda quruq holatda saqlang. 
4. Ishdan oldin va ishdan keyin ninalarni sanab ko‘ring, yetishmagan 
ninalarni albatta toping. 
5. Qog‘oz va kartondan narsalarni yasaganda birinchi teshikni 
albatta bigiz bilan teshib oling. 
Ko‘rilgan choralarga qaramay sinfda baxtsiz hodisa ro‘y bersa, 
o‘qituvchi birinchi yordamni ko‘rsatishi va maktab shifokorini chaqi-
rishi lozim. Ish xonasida yod, bint solingan aptechka bo‘lishi shart.
Savollar:
1. Ish joyini tashkil etishda nimalarga e’tibor berish kerak?
2. Mashg‘ulotga kerakli ish asboblari va materiallari qanday joy-
lash tiriladi?
3. Qanday asboblar bilan ishlaganda texnika xafvsizligi qoida lari-
dan foydalaniladi?
4. Sanitarik-gigienik talablar nimalardan iborat?
5. Mehnat xonalarini jihozlashdagi talablar?

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin