X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015


Tagi uchburchak qayiq modelini yasash



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Tagi uchburchak qayiq modelini yasash. 
Ish uchun qalin 
chizma rasm yoki rasm chizishga mo‘ljallangan qog‘oz ishlatiladi. 
O‘lchamlar taxminiy berilgan, zarur bo‘lsa, ularni o‘zgartirish lozim. 
120×190 mm o‘lchamda to‘rt burchaklisi tayyorlanadi, qayiqning 
quruq qismi chizib olinadi va ko‘rsatilgan o‘lchamlarda uchburchak 
quriladi. Tayyorlanma qirqib olinadi va bukiladi. Qog‘oz cheti 
yelimlanib, tumshuq qismi yopishtiriladi. Amalda qayiq tayyor 
bo‘ladi.
Uchuvchi transport modellari
,
samolyotchalar modelini 
yasash. 
Tavsiya qilinadigan modellar – erkin uchuvchi uchish appa-
rat laridir. Qog‘ozdan bir necha xil samolyotchalar yasash mumkin.
Modellarni hamma yosh bolalar ham yasashi mumkin, chunki ularni 
yasashning konstruktiv imkoniyatlari juda ko‘p va xilma-xildir. 
Qo‘l ostida doimo zarur material bo‘ladi. Ular ni yasashga ketadigan 
vaqt ham unchalik ko‘p emas. Samolyotchalarni modellashtirish 
mashg‘ulotlarini darslarda, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda, yosh 
texniklar uyushmalarida, to‘garaklarda o‘tkazish mumkin. Bu kichik 
maktab yoshidagi bolalarning ijodiy qobilyatlarini o‘stirish imkonini 
beradigan mehnat faoliyatining qiziqarli turidir. Tavsiya qilingan 
modellar yasash tasviri bo‘yicha, ya’ni qog‘ozdan tayyorlanadi. Ish 
uchun qattiq rasm yoki chizma qog‘ozdan foydalaniladi. 
Savollar
1. Texnik modellash nima?
2. Modellash ishlarining o‘quvchilar tarbiyasidagi ahamiyati.
3. Texnik modellar qanday materiallardan tayyorlaniladi?


118
III bob. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MEHNAT 
TA’LIMIDAN AMALIY ISHLAR
I BO‘LIM. QOG‘OZ VA KARTON BILAN ISHLASH
Amaliy mashg‘ulot mehnat ta’limining asosiy shakli hisob lanadi. 
Tashkiliy shakl deganda o‘qituvchining qo‘yilgan maqsad ga erishishi 
uchun o‘quvchilarnining amaliy ish faoliyatini tashkil etish va unga 
rahbarlik qilish usulini tushunmoq kerak.
Mehnat ta’limining asosiy tashkiliy shakllaridan biri – amaliy 
mash g‘ulotdir. Amaliy mashg‘ulot jarayonida dastur mavzusining ma-
zmuni ochib beriladi, mehnat ta’limi va tarbiyasining maqsad lari, va-
zifalari amalga oshiriladi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin