X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Stol va stul modelini yasash. 
Ish uchun qalin qog‘oz yoki in-
gi ch ka karton ishlatiladi, bu buyumlarni tayyorlash jarayoni oddiy. 
Aso siy shart – konstruktsiya mustahkam bo‘lishi kerak. Shu maq-
sad d a stol va stullarning oyoqchalari bukilgan, qopqoqli quticha ko‘-
ri nishda tayyorlangan bo‘ladi.
Rejalashni, yaxshisi, parallel gorizontal chiziqlar chizishdan 
boshlagan ma’qul. Bu chiziqlarda kerakli o‘lchamlar topiladi, olin-
gan nuqtalar birlashtiriladi. Bunday izchillik buyumni tay yorlashga 
ke ta digan vaqtni qisqartirish imkonini beradi. Taburetka ham xuddi 
stol ga o‘xshab tayyorlanadi. Lekin uning o‘l chamlari stolga nisbatan 
sal kam bir necha marta kichik bo‘ladi.
Divan va kreslo modelini yasash. 
Ish uchun turli rangdagi qalin 
qo g‘oz yoki yupqa karton ishlatiladi. Buyumlarning tayyorlanishi 
mu rakkab emas, ularni uncha-muncha ish tajribasiga ega bo‘lgan 
bolalar yasashi mumkin. 90 × 160 mm o‘lchamda to‘g‘ri to‘rtburchakli
qog‘oz tayyorlanadi. Listning o‘rta chizig‘iga har ikki tomondan 10 
mm chuqurlikda kesik qilinadi, usti va osti chetidan 10 mm oraliqda 
shunday ikkita kesik qilinadi, tomonlari bukiladi. Klapanlarga yelim 
surtiladi va tayyorlanma yopishtiriladi, shundan keyin juda qattiq 
materialdan ikkita yon qismlari tayyorlanadi, divan tomonlariga 
yelim surtiladi va ularga detallar qotiriladi. Buyum konstruksiyasi 
qat tiq chiqadi. 
Shkaf va karavot modelini yasash. 
Buyum bitta 
yoyilma va to‘rtta oyoqchadan tayyorlanadi. 240×300 mm o‘lchamda 
to‘g‘ri to‘rtburchakli, jigarrang qalin qog‘oz tayyorlanadi. Rejalash 
qulay bo‘lishi uchun ko‘rsatilgan o‘lchamlar bo‘yicha gorizontal 
chiziqlar tortiladi va kerakli nuqtalar topilib, vertikal chiziqlar 
o‘tkaziladi, klapanlar qoldiriladi. Eshiklari yelimlanib yopishtiriladi. 
Oyoq chalar uchun qalin qog‘oz bo‘lakchalari olinadi. Ularni kesik 


116
qilinadi, klapanlar qaytariladi va asosga qotiriladi. Eshikchalarga flo -
master yoki qalamda dastalar rasmi chiziladi.
Karavotning konstruksiyasi sodda, uni biroz ish tajribasiga ega 
bo‘l gan o‘quvchi ham bajarishi mumkin. Buyum uchun turli rang -
da gi qalin qog‘oz yoki yupqa karton ishlatiladi. Model uchta detal-
dan iborat. Gorizontal detal to‘g‘ri to‘rtburchakli listdan quticha ko‘-
rinishida, ustini ostiga qilib bajariladi. Su yan chiq uchun juda qalin 
material tanlanadi. Suyanchiqning past ki qismida kesiklar qili nadi va 
detallar to‘rga yelimlab yopishtiriladi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin