X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015


O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda pedagoglarning



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda pedagoglarning 
oldida turgan muhim vazifalar quyidagilar: 
- o‘quvchilarni kasbga bo‘lgan qiziqishlarini yanada takomil-
lashtirish; 
- uni kasb tanlash darajasiga yetkazish; 
-ko‘p qirrali qiziqishga ega bo‘lgan o‘quvchilarda o‘ziga ko‘proq 
yoqqan sohani, kasbni tanlashga amaliy yordam berish;
- o‘quvchilarda mehnat qiluvchi kishilarga nisbatan hurmat 
xislatlarini tarbiyalab borish; 
- o‘quvchilarning o‘ziga xos qiziqishlarini e’tiborga olgan holda 
ularni asta-sekin jamiyat ijtimoiy mehnatiga jalb qilib borish; 
- kasblar to‘g‘risida ma’lumotlarni yetarlicha berib borish;
- inson mehnati bilan yaratilgan moddiy boyliklarni har tomonlama 
tejash xislatlarni tarbiyalash;
- o‘quvchilarning o‘zi qiziqadigan kasb yo‘nalishiga jalb qilish va 
egallangan bilimlarni amalda qo‘llashlariga erishish;
- o‘quvchilarda mehnat va kasb tanlashga qiziqish uyg‘otish. Bu 
jarayon to‘g‘ri tashkil etilganda shaxsning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat 
subeykti sifatida shakllanishini ta’minlaydi. 
Kasbga yo‘naltirish uzoq muddatli yalpi dasturlar asosida va 
milliy xalq hunarmandchilik kasblarini hisobga olgan holda amalga 
oshiriladi. Ayrim turdagi kasblarga yo‘naltirish bilan chek 
lanib 
qolmasdan, balki aniq iqtisodiy hududning turli sohalaridagi kadrlarga 
bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda yoshlarni sanoat, qishloq 
xo‘jaligining boshqa tarmoqlaridagi kasblar va milliy hunarmandchilik 
kasblariga umumta’lim maktablarining mehnat ta’limi darslarida 
yo‘naltirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Jumladan, boshlang‘ich 
sinf o‘quvchilarini mehnat ta’limi va tarbiyasi jarayonida o‘qitiladigan 
«Loy va plastillin bilan ishlash» ish turiga oid, haykaltaroshlik, 
kulolchilik, rassomchilik, «Gazlama va ip turlari bilan ishlash” ish 


74
turiga oid tikuvchilik, kashtachilik, do‘ppido‘zlik, ipakchilik, to‘quv-
chilik, dizaynerlik, “Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash” ish turiga 
oid dehqonchilik, gulchilik, bog‘bonchilik, tadbirkorlik kasb-hunarlari 
to‘g‘risida ma’lumotlar berish, darslarni xalq milliy qadriyatlari 
asosida o‘qitishni tashkil qilish lozim bo‘ladi.
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning asosiy maqsadi har bir 
o‘quvchiga individual ravishda kasb yoki mehnat faoli yati sohasini 
asosan va to‘g‘ri tanlashda yordamlashishdir. O‘quv chilarni kasbga 
yo‘naltirish umumta’lim maktabi ishining tar kibiy qismidir. Ma’lumki, 
agar kasb to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, in son uchun mehnat quvonch, ijodiy 
ilhom manbayiga aylanadi. Kasb tanlashga yo‘llash butun pedagoglar 
jamoasi tomonidan hal etila digan umum maktab vazifasi hisoblanadi. 
Shu bilan birga, bu ishda mehnat ta’limi alohida o‘rinni egallaydi. 
O‘quvchilarni kasb tanlashdagi asosiy omillar ota-ona, muhit va 
ta’lim-tarbiyadir. Kasb tanlashning asosiy vazifasi o‘quvchilarni poli-
tex nik mehnat va malakalari bilan qurollantirishdan, ularni mehnat 
va ijtimoiy faoliyatga, kasblarni ongli ravishda tanlashga, moddiy va 
ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarishda ishtirok etishga tayyorlashdan 
iboratdir. Maktabda kasb tanlash ishlari quyidagi maqsadlardan iborat:
1. 
O‘quvchilarni kichik sinflardan boshlab
xalq xo‘jaligining turli 
tarmoqlari bilan tanishtirib borish. 
2. O‘quvchilarni xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari bilan tani shtirib, 
ommaviy kasblarning mazmuni, sinfdan tashqari o‘tka 
ziladigan 
tadbirlarni amalga oshirish.
3. Kasb tanlashga yo‘llash ishlarini olib borishda o‘quvchilarni aso-
san maktab joylashgan hududning korxona, tashkilotlarining ehtiyoji 
uchun zarur bo‘lgan kasb va mutaxassislarga yo‘llash.
Kasb tanlash juda muhim masala bo‘lib, ko‘pincha o‘quvchilar uni 
mustaqil hal qila olmaydilar. O‘qituvchilarning ish tajribasi o‘quv-
chilarni kasb tanlashga yo‘llashning farq va metodlarini belgilab bera-
di. Ulardan asosiylari quyidagilardan iborat:

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin