71
o‘quvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy hara kat jara-
yonlaridan iborat bo‘lib, buning natijasida ular
meh nat predmetlari,
vosita va jarayonlari haqidagi bilimlarni ham da ma’lum sohadagi
ishlab chiqarish mehnati va kasbga yo‘naltirish amaliy ko‘nikma va
malakalarini egallaydilar, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat
va shaxs farovonligi yo‘lida mehnat faoliyatiga tezda qo‘shilishlariga
imkon beruvchi shaxsiy sifatlari hamda tafakkurlarini rivojlantiradilar.
Yangi iqtisodiy munosabatlar kasb-hunarga yo‘naltirishning yangicha
munosabati sharoitida mehnat ko‘nikmalari va malakalarini maqsadli
shakllantirishdan iborat bo‘lib, ongli va har tomonlama rivojlangan
fuqoroni tarbiyalashning tarkibiy qismi hisoblanadi.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘llash ishlari maqsadli mehnat
ta’limining maqsad va vazifalari bilan uyg‘unlikda namoyon bo‘ladi.
Kasbga yo‘naltirishdan asosiy maqsad o‘sib
kelayotgan yosh
avlodni ongli va mustaqil ravishda kasb tanlashga tayyorlashdan
iborat bo‘lib, bu jarayon shaxsning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat subyekti
sifatida shakllanishini nazarda tutadi hamda
uning bozor iqtisodiyoti
munosabatlariga moslashib borishiga ko‘maklashadi.
Shu munosabat bilan o‘quvchilarga ilm-fan asoslarining mustah-
kam bilimlarini singdirish, ularda yuksak
onglilikni tar biya lash,
umum insoniy qadriyatni shakllantirish, yosh avlodni turmushga va
meh natga, ijtimoiy zarur kasblarni ongli ravishda
tanlashga tayyorlash
meh nat ta’lim va tarbiyasining vazifalaridir.
Hozirgi vaqtda ijtimoiy va ilmiy texnikaviy taraqqiyot sharoiti da
maktab o‘quvchilarini kasb va hunarga yo‘naltirishning muhim ligi
ancha oshdi. O‘quvchilarni to‘g‘ri va erkin kasb tanlashga yo‘naltirish
bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. To‘g‘ri kasb tanlash
insonning kelajagini, hayot tarzini belgilashda katta ahamiyat ega.
Har bir shaxs kasbni o‘z
qiziqishi, qobiliyati va ijtimoiy muhit nuqtayi
nazaridan tanlaydi.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini olib borishda
“Kasb o‘zi nima?” degan savol tug‘iladi. Kasb to‘g‘risida
bir qancha
ta’riflar berilgan.
• Kasb bu – insonga ma’lum bir talablar qo‘yuvchi faoliyat turidir.
• Kasb – insonni jamiyat tomonidan tan olinishidir.
72
• Kasb – tiriklik va tirikchilik manbayi.
O‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirishning asosiy yosh bosqich-
la ri mazmuni quyidagilardan iborat:
1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi – I bosqich;
2. Boshlang‘ich kichik yoshdagi (1–
4 sinflar) – II bosqich
;
3. O‘rta yoshdagi (5–
7 sinflar)
–III bosqich;
4. Katta yoshdagi (8–
9 sinflar) –
IV bosqich
.
Dostları ilə paylaş: