X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Savollar:
1. Kasb-hunar deganda nimani tushunasiz?
2. Qanday kasb-hunar turlarini bilasiz?
3. O‘rta Osiyolik mutafakkirlardan kimlarni bilasiz? 
4. Mutafakkirlarning kasb-hunar h
aqidagi qanday fikrlar
ini bilasiz?
5. Mutafakkirlar merosi mehnat tarbiyasiga qanday ta’sir etadi?
Mavzu: Boshlang‘ich mehnat ta’limi 
va tarbiyasida o

quvchilarni kasb-hunarga yo

naltirishga 
innovatsion yondashuv
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligiga erishganidan so‘ng 
ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida asosiy 
bo‘ g‘in hisoblangan umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatida o‘quv-
chilarni hayotga tayyorlash va kasb tanlashga yo‘naltirish muhim 
vazifalardan biri hisoblanadi.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish o‘qituvchi rahbar ligida 


71
o‘quvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy hara kat jara-
yonlaridan iborat bo‘lib, buning natijasida ular meh nat predmetlari, 
vosita va jarayonlari haqidagi bilimlarni ham da ma’lum sohadagi 
ishlab chiqarish mehnati va kasbga yo‘naltirish amaliy ko‘nikma va 
malakalarini egallaydilar, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat 
va shaxs farovonligi yo‘lida mehnat faoliyatiga tezda qo‘shilishlariga 
imkon beruvchi shaxsiy sifatlari hamda tafakkurlarini rivojlantiradilar. 
Yangi iqtisodiy munosabatlar kasb-hunarga yo‘naltirishning yangicha 
munosabati sharoitida mehnat ko‘nikmalari va malakalarini maqsadli 
shakllantirishdan iborat bo‘lib, ongli va har tomonlama rivojlangan 
fuqoroni tarbiyalashning tarkibiy qismi hisoblanadi.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘llash ishlari maqsadli mehnat 
ta’limining maqsad va vazifalari bilan uyg‘unlikda namoyon bo‘ladi.
Kasbga yo‘naltirishdan asosiy maqsad o‘sib kelayotgan yosh 
avlodni ongli va mustaqil ravishda kasb tanlashga tayyorlashdan 
iborat bo‘lib, bu jarayon shaxsning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat subyekti 
sifatida shakllanishini nazarda tutadi hamda uning bozor iqtisodiyoti 
munosabatlariga moslashib borishiga ko‘maklashadi.
Shu munosabat bilan o‘quvchilarga ilm-fan asoslarining mustah-
kam bilimlarini singdirish, ularda yuksak onglilikni tar biya lash, 
umum insoniy qadriyatni shakllantirish, yosh avlodni turmushga va 
meh natga, ijtimoiy zarur kasblarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash 
meh nat ta’lim va tarbiyasining vazifalaridir.
Hozirgi vaqtda ijtimoiy va ilmiy texnikaviy taraqqiyot sharoiti da 
maktab o‘quvchilarini kasb va hunarga yo‘naltirishning muhim ligi 
ancha oshdi. O‘quvchilarni to‘g‘ri va erkin kasb tanlashga yo‘naltirish 
bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. To‘g‘ri kasb tanlash 
insonning kelajagini, hayot tarzini belgilashda katta ahamiyat ega. 
Har bir shaxs kasbni o‘z qiziqishi, qobiliyati va ijtimoiy muhit nuqtayi 
nazaridan tanlaydi.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini olib borishda 
“Kasb o‘zi nima?” degan savol tug‘iladi. Kasb to‘g‘risida bir qancha 
ta’riflar berilgan.
• Kasb bu – insonga ma’lum bir talablar qo‘yuvchi faoliyat turidir.
• Kasb – insonni jamiyat tomonidan tan olinishidir.


72
• Kasb – tiriklik va tirikchilik manbayi.
O‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirishning asosiy yosh bosqich-
la ri mazmuni quyidagilardan iborat:
1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi – I bosqich;
2. Boshlang‘ich kichik yoshdagi (1–
4 sinflar) – II bosqich
;
3. O‘rta yoshdagi (5–
7 sinflar) 
–III bosqich;
4. Katta yoshdagi (8–
9 sinflar) – IV bosqich
.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin