X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015


Mehnat tagidadir, ey oqil, har ganj



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Mehnat tagidadir, ey oqil, har ganj,
Ganj topmas hech kimsa, tortmas ersa ranj.
Firdavsiyga yaqin davrda yashagan shoirlardan yana biri Nosir 
Xisravdir. Uning fikricha, dunyodagi eng oliyjanob va oliyhimmat 
odamlar mehnatkashlar – jamiyat uchun foydali narsalar ishlab 
chiqaruvchi hunarmandlar, kosiblar, binokorlardir.
Kasbdan shod-u hurram yo‘q jahonda,
Hunardin yaxshidur ham yo‘q jahonda.
Butun kun rizqining bog‘boni bo‘lg‘ay,
Kishin o‘z uyining mehmoni bo‘lg‘ay.
Arzir uning bo‘lsa boshi osmonda,
Usiz yashay olmas shoh ham jahonda.
Yuqorida tilga olingan ulug‘ mutafakkirlarning mehnat tarbiya si 
va kasb-hunar tarbiyasi borasida shunday xulosa chiqarishimiz mum-
kinki, inson dunyoga kelar ekan, o‘z hayoti mobaynida insoniy qadr-
qiymat ga ega bo‘lishi kerak. 
Zero, mehnat qilgan, kasb-hunarli inson birovga qaram bo‘l may-
di, ya’ni mehnat qilish orqali inson o‘zining uch ehtiyojini qondiradi. 
Moddiy ehtiyojini, ma’naviy ehtiyojini, mehnat ehti yojini qondiradi. 
Moddiy ehtiyoj qondirilishi natijasida ma’naviy va mehnat ehtiyojlari 
ham qondiriladi.
Xullas, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mehnat va kasb-hunar
tarbiyasida ulug‘ mutafakkirlarimizning asarlaridan keng foyda 
-
lanish maqsadga muvofiq. Mutafakkirlarning merosiga chuqur hur mat 
bilan qarash va ular yaratgan asarlaridan oqilona foydalanish o‘quv-
chilarning ta‘lim-tarbiyasida katta o‘rin egal laydi.
Odam hunarning yaxshi va yomon sifatlarini bilgandagina hunarga 
oid bilimlarni mukammal egallashi, hunarmandlar ahlini qo‘llab-
quvvatlashi mumkin.
Darhaqiqat, Sharq mutafakkir allomalari hunar va hunarmand lar-
ga katta e’tibor berganlar. Jumladan, Alisher Navoiy o‘z zamonasida 
zargarlar, kulollar, tikuvchilar kabi turli-tuman hu nar sohiblarining 
hammasiga zo‘r hafsala, qunt, e’tibor bilan mas lahat lar berib, husniga 
rag‘bat ko‘rsatib, hamda ularga homiy lik qilganlar. Alisher Navoiy: 
“Inson bo‘lib dunyoga keldingmi? Biron-bir kasbni egalla, hunar o‘r-


69
gan, shunda dunyodan ham momga kirib toza yuvinib chiqmagan ki-
shi dek o‘tmaysan”- dey dilar.
Shuningdek, donishmandlarimiz o‘git qilganlarki, vaqtida ilm-hu-
narga muhabbat qo‘ying, o‘rgatilgan narsalarni yodingizda tuting, 
ilm-hunar o‘rganishga chin ixlos bilan kirishing, yoshligingizni be-
korga o‘tkazmang. Hattoki, ulug‘ shayxlarimizning o‘zlari ham bi r or 
hunar egasi bo‘lganlar. Masalan Shayxul Mashoyix Abu Said Xarros 
etikdo‘zlik qilgan. Shayx Muhammad Sakko mashhur pichoqchi, 
Shayx Xoja Bahouddin Naqshbandiy ajoyib naqqosh bo‘l ganlar, 
boshqalarni hunar o‘rganishga da’vat etganlar. Xoja Bahouddin 
Naqshbandiy aytadilar: “Dil ba yoru, dast ba kor”, ya’ni “Diling 
Ollohda, qo‘ling doim mehnatda bo‘lsin”.
Insoniyat qadr-qimmati mehnatda, bilimda, hunarga tayanish da, 
birovga xor bo‘lmaslikda deb bilgan Sa’diy shunday ta’lim beradi.
O‘z mehnatidan non yegan kishi,
Hotam minnatidan ozod yoz-qishi.
Muqaddas kitob Avestoda ham mehnat moddiy boyliklar manbayi 
bo‘lgani uchun emas, balki u mehnatni asosan axloqiy jihat, yaxshilik 
manbayi deb bilganligi uchun insonlarcha mehnat qilishga chaqiradi. 
Xalq pedagogikasida “Yoshlikda egallangan bilim, hunar toshga o‘yib 
yozilgan hikmatdur”, deb ta’kidlanadi.
“Farzandlarga odob-hunar o‘rgatmak merosdur”, – deb nasihat 
qilinadi “Qobusnomada”. – “Sen odob, hunar va donishni o‘zingdan 
meros qilgin, toki uning haqqini bajo kelturmish bo‘lgaysan”. Chunki 
xos kishilarning farzandiga odob va hunardan yaxshiroq meros yo‘qdir. 
Oliy xaloyiqning farzandlariga xirfa (savdo hunari) pesha (kasb) din 
yaxshiroq meros yo‘qdir. Agar xos odamlarning farzandlari yuz hunar 
bilsa va lekin hech kasbni bilmasa ayb emasdur. Hunar esa bir kun 
ishga yaragusidir. Demak, albatta hunar o‘rganmoq zarurdir. Hunarning 
nechog‘lik zarur ekanligi qator rivoyatlar, naqllar, ertak, dostonlarda 
ham o‘z aksini topgan. “Oltin baliqcha”, “Savdogar bilan podachi”, 
“Sirli gilamcha”, “Baliqchi bola”, “Ikki naqqosh ishi” ka bi ertaklar, 
“Hasanxon”, “Rustam”, “Ziyod” kabi dostonlar shular jumlasidandir.
Hunar egallash ham bir fazilat, mahoratdir. Hunar egallashda halol-
lik, poklik, sabr-qanoat, matonat, mehnat madaniyatiga rioya qilish 
muhim rol o‘ynaydi.


70
Ota-bobolarimiz ham hunar o‘rganishni asosiy vazifa ekanligini 
o‘rgatib kelganlar. Nizomiy Ganjaviy shunday degan:
Hunar o‘rgan, chunki hunarda ko‘p sir,
Yopiq eshiklarni ochar birma-bir.
Aburayhon Beruniy mehnat va hunar avloddan avlodga meros 
bo‘lib o‘tishini sinchiklab o‘rgangan va hunarni yuqori baholagan. 
U hunarmandchilikda, mehnatda to‘liq ustozlik sa’natini egallab 
olish kerak, degan fikrni aytadi. Odatda
, o‘sha davrda hunar va tabiiy 
bilimlar maktablarda o‘rgatilmay yakka tartibda berilgan.
1. Ota kasbini egallash, oiladagi kattalardan yakka shogird shaklida.
2. Shogird tushish, tanilgan usta qo‘lida yakka shogird bo‘lish.
3. Ustaxonalarda yakka shogirdlik tartibida o‘rganish.
Xalqimiz bolalarda mehnatsevarlik va mehnatga qiziqishni tar bi-
ya lash, otalarimiz izidan borib turli kasb-hunar egallash, ularda meh-
nat munosabatlarini kamol toptirish, kelajak hayotga tayyorlashni 
o‘zlariga muhim vazifa deb hisoblaganlar. Tanlangan usta-hunarmand-
lar uyida yakka shogirdlikka tushgan bolalar bir necha yil hunarga 
ta’al luqli bo‘lmagan yumushlarni ham bajarib yuraverganlar.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin