74
turiga oid tikuvchilik, kashtachilik, do‘ppido‘zlik, ipakchilik, to‘quv-
chilik, dizaynerlik, “Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash” ish turiga
oid dehqonchilik, gulchilik, bog‘bonchilik, tadbirkorlik kasb-hunarlari
to‘g‘risida ma’lumotlar berish, darslarni xalq milliy qadriyatlari
asosida o‘qitishni tashkil qilish lozim bo‘ladi.
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning
asosiy maqsadi har bir
o‘quvchiga individual ravishda kasb yoki mehnat faoli yati sohasini
asosan va to‘g‘ri tanlashda yordamlashishdir. O‘quv chilarni kasbga
yo‘naltirish umumta’lim maktabi ishining tar kibiy qismidir. Ma’lumki,
agar kasb to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, in son uchun mehnat quvonch, ijodiy
ilhom manbayiga aylanadi. Kasb tanlashga yo‘llash butun pedagoglar
jamoasi tomonidan hal etila digan umum maktab vazifasi hisoblanadi.
Shu
bilan birga, bu ishda mehnat ta’limi alohida o‘rinni egallaydi.
O‘quvchilarni kasb tanlashdagi asosiy omillar ota-ona, muhit va
ta’lim-tarbiyadir. Kasb tanlashning asosiy vazifasi o‘quvchilarni poli-
tex nik mehnat va malakalari bilan qurollantirishdan, ularni mehnat
va ijtimoiy faoliyatga, kasblarni
ongli ravishda tanlashga, moddiy va
ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarishda ishtirok etishga tayyorlashdan
iboratdir. Maktabda kasb tanlash ishlari quyidagi maqsadlardan iborat:
1.
O‘quvchilarni kichik sinflardan boshlab
xalq xo‘jaligining turli
tarmoqlari bilan tanishtirib borish.
2. O‘quvchilarni xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari bilan tani shtirib,
ommaviy kasblarning mazmuni, sinfdan tashqari o‘tka
ziladigan
tadbirlarni amalga oshirish.
3. Kasb tanlashga yo‘llash ishlarini olib borishda o‘quvchilarni aso-
san maktab
joylashgan hududning korxona, tashkilotlarining ehtiyoji
uchun zarur bo‘lgan kasb va mutaxassislarga yo‘llash.
Kasb tanlash juda muhim masala bo‘lib, ko‘pincha o‘quvchilar uni
mustaqil hal qila olmaydilar. O‘qituvchilarning ish tajribasi o‘quv-
chilarni kasb tanlashga yo‘llashning farq va metodlarini belgilab bera-
di. Ulardan asosiylari quyidagilardan iborat:
Dostları ilə paylaş: